Suyuqlik sarfini va tezligini o’lchashning eng oson usuli hajmiy va og’irlik usullaridir. Hajmiy usulda suyuqlik tekshirilayotgan oqimdan maxsus darajalangan idish (menzurka)ga tushadi. Idishning to’lish vaqti sekundomer yordamida o’lchanadi. Agar idishning hajmi V, o’lchangan vaqt T bo’lsa, hajmiy sarf quyidagiga teng bo’ladi:
(22)
Oqimning harakat kesimi ma`lum bo’lsa, uning tezligi (22) formula bilan aniqlanadi.
Og’irlik usulida biror idishga oqimdan suyuqlik tushuriladi. Uni tarozida tortib, idishdagi suyuqlikning og’irligi G topiladi. Idishning to’lish vaqti T bo’lsa, og’irlik sarfi quyidagiga teng:
(23)
Suyuqlikning hajmiy sarfi og’irlik sarfini solishtirma og’irligiga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi:
Bu usullar, albatta, kichik miqdordagi sarflarni o’lchash uchun qo’llaniladi. Katta sarflarni o’lchash uchun esa katta o’lchov idishlari kerak bo’ladi. Ikkinchidan, truboprovod va kanallarga sarfni yuqoridagi usul bilan o’lchashda oqimning tuzilishi o’zgaradi va natija katta xatolar bilan chiqadi. Shuning uchun, ko’pincha, truba va kanallardagi sarf boshqa usullar bilan o’lchanadi.
Venturi suv o’lchagichi maxsus trubadan suv o’tishiga asoslangan bo’lib, tuzilishi sodda va harakatlanuvchi qismlari yo’q (10- rasm). Venturi suv o’lchagichi talabga qarab vertikal yoki gorizontal joylashtiriladi. Uning gorizontal holdagisini ko’ramiz.
Dostları ilə paylaş: |