2-savol bayoni:Bog‘lovchilarning ma’no vazifalari.
Va bog`lovchisi uyushik bo`laklar orasidagi tenglik munosabatini qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplar orasidagi voqea-hodisalarning bir vaqtda sodir bo`lganligi (Gamxonada kashshoklik kuldi va shu onda tutday to`qildi), ish-harakatning ketma-ket bo`lganligini (Choyxonadagi govur bosildi va eshik oldida bir necha iljaygan siymo paydo bo`ldi) bildiradi. Ba'zan va urnida – u(yu) yuklamasi ishlatiladi. Kir-adirda utlar mening kuyu ko`zim. (Islom shoir). Ham, hamda bolovchilari gapning uyushik bo`laklarini va qo`shma gap qismlarini boglashda qo`llanadi. Sultonmurod ham dusti Zayniddin ham cheksiz kuvondilar.(O).
Zidlov bog`lovchilari. Ma'no jihatidan zid, karama karshi bo`lgan uyushik bo`laklarni yoki gaplarni boglaydi. M: Butun kuchimni ikki ko`zimga yigdim-da, uning bevafo, birok gamgin, shux, lekin ma'yus ko`zlariga tikildim.(G.G). Jonli tilda ammo, lekin bog`lovchilari qator qo`llanishi mumkin: Ammo lekin butun vodiyga tarkasa yomon bo`ladi. (Askad M). Zidlik ma'nosi –u(yu), -da yuklamalari orqali ham ifodalanishi mumkin. Bir nima demokchi bo`ldi-yu, tili ogziga tiqilib koldi. (O).
Ayruv bog`lovchilar. Bu bog`lovchilar gapning uyushik bo`laklari yoki qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplarni boglashga hamda ularning navbatini va galma galligini ko`rsatishga xizmat qiladi. Ulardan: yo, yoki, goh, dan kabilar faol ishlatiladi: Yo`lchi dam u eshikda,dam bu eshikda ishlaydi.
Ergashtiruvchi bog`lovchilari. Ergashtiruv bog`lovchilari asosan ergash gapli qo`shma gaplar tarkibidagi ergash gaplarni bosh gapga boglash uchun xizmat qiladi: Ular:-ki, chunki, shuning uchun, go`yo, go`yoki, toki, agar, garchi, basharti va boshqalardir. Ergashtiruv bog`lovchilari ma'no vazifasiga ko`ra kuydagi guruhlarga bo`linadi:
1.Aniqlov bog`lovchilari: -ki, kim, ya'ni.
2.Sabab bog`lovchilari: chunki, shuning uchun.
3.Shart bog`lovchilari: agar, basharti, agarchi.
4.Chog`ishtiruv bog`lovchilari: go`yo, go`yoki.
Aniqlov bog`lovchilari qo`shma gap tarkibidagi gaplarni izohlash ta'kidlash,aniqlash yo`li bilan bog`laydi: Cho`lda bir Guliston yarataylik-ki hamma xayron qolsin.
Sabab bog`lovchilari qo`shma gap tarkibidagi gaplarni sabab yoki natija ma'nosi orqali boglaydi: Hayot go`zal, hayot maroqli, shuning uchun erka ko`ngil shod(U)
Shart bog`lovchilari qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplarni shart, ma'nosi orqali boglaydi: Aniq, toj, garchi, yoxud, garchi zardir, xaloiq boshiga bitgan zarardir.(U)
Chog‘ishtiruv bog`lovchilari sodda gaplarni qiyoslash, o`xshatish orqali bog`laydi: oppoqqina nozik yuzi quyoshda shunday tiniq ko`rindiki, go`yo u nurdan yaratilganday.(O)
Boshqa turkumlarga ayrim so`zlar ba'zan bog`lovchi vazifasida qo`llanadi. M-n: bordi-yu, deb kabilar: Majlis bo`ladi deb, vaqtli kelgan edim.
Bog`lovchi quydagicha tahlil qilinadi:
1.So`z turkumiga ko`ra(bog`lovchi)
2.Qo`llanishiga ko`ra(yakka,takror)
3.Ma'nosiga ko`ra(teng ergashtiruvchi)
4.Til bog`lovchilarining turi(biriktiruv, zidlov, ayiruv)
5.Ergashtiruvchi bog`lovchi turi (aniqlov, sabab, shart, chog‘ishtiruv)
Dostları ilə paylaş: |