3-savol bayoni: Undov so`zlarning morfologik tuzilishi.
Undov so`zlar morfologik tarkibiga ko`ra uch xil – sodda, takroriy, juft bo`ladi.
Sodda undovlar morfologik jihatdan ma'noli qismlarga bo`linmaydi: E, xmm. tsss, exa, uxu, oh, uf, obbo, xov, ey kabilar. E, bu erning kaeri kam Krimdan! Nima dedinglar. (A.Muqimov).
Takroriy undovlar tarkibida hech qanday tovush o`zgarishi yuz bermaydi. Ular emotsiyani, ekspressivlikni kuchaytirish uchun ishlatiladi. Oh-oh, mening malikalarim. Takroriy undovlarning qismlari ikkitadan ortiq bo`lishi ham mumkin: E-e-e, -koshini chimrib tana'omo`z tikildi. Manzura.(O).
Juft undovlarga : Oh-xo, ux-xu, ex-xa, voy-bu, voy-vuy, voy-dod, ex-voh, kabilar kiradi.E-xa! Mirtojiboyning kiziman deng, uxshamaysiz! Yo.Shukurov.
Undov so`zlarning sintaktik xususiyatlariga ularning gapning boshqa bo`laklari bilan biror grammatik aloqaga kirishmasligini, faqat mazmunan gapga umumiy aloqali bo`lib, ular ba'zan asosiy gapning ekvivalenti, ba'zan esa shu gapning yakuni sifatida qo`llanadi. Undov so`z asosiy gap ichida kelganida shu gapdan ifodalangan umumiy ma'noga so`zlovchining munosabatini bildiradi, unga emotsional buyok beradi.
Gapda undovlar undalma, prepozitiv yuklama vazifasida ham keladi.Gapdan tashqarida undovlar o`ziga xos ohangdagi so`z-gap tarzida shakllanadi. Undov sof xolda biror savolga javob bera olmaydi va gap bo`lagi vazifasini bajara olmaydi ham. Undov so`zlar gapda ifodalangan umumiy mazmunga nisbatan so`zlovchining ijobiy yoki salbiy emotsiyasini bildirishi bilan modal so`zlar va yuklamalarga uxshaydi.
Dostları ilə paylaş: |