O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi


-savol bayoni:Taqlid so`zlarning turlari:tovushga va obrazga taqlid so`zlar



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə127/131
tarix02.01.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#40052
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   131
MORFEMIKA MAJMUA

1-savol bayoni:Taqlid so`zlarning turlari:tovushga va obrazga taqlid so`zlar.

Kishilar, boshqa jonli va jonsiz predmetlar va hodisalar chikargan tovushlar taqlidini - ularning turli xil ko`rinishi, holat, harakatlari tasavvo`rini ifodalovchi so`zlar taqlid so`zlar deyiladi.

Taqlid so`zlarning bir xili tovushga taqlidni ko`rsatsa, ikkinchi bir xili esa harakat-holat va hodisa obraziga taqlidni ko`rsatadi. Shunga ko`ra ular ikki xil bo`ladi:

1) tovushga taqlid so`zlar;

2) obrazga taqlid so`zlar.

Tovushga taqlid so`zlar. Bo`lar kishilar, jonivorlar, narsa va hodisalarning chikargan tovushlariga shartli ravishda taqlid qilish natijasida paydo bo`ladi: tars-tars, tik, tuk-tuk, kars-kurs kabi.

Tovushga taqlid so`zlarni kay holatda, nimaning tovushiga yoki taqlid kilayotgan bir jinsdagi narsalarning o`zaro farqlariga qarab yana bir necha turlarga bo`lish mumkin. Ya'ni ularning bir qismi jonli (inson, xayvon va x.k) ikkinchi bir qismi esa jonsiz predmetlarning tovushlariga taqlid natijasida paydo bo`ladi.

1. Jonli predmetlar tovushiga taqlid so`zlar.

a) Kishilarning harakatlaridan paydo bo`lgan tovushlarga taqlid

so`zlar: Xusayn Boykaro tovoqni kutarib, qatiqni chinakam ishtaxa...,

"xur-xur" ichar ekan, darvish g`or og`zida chuqqayib, javray boshladi.

(Oybek). Shux juvon ekan shekilli, cholni mashara qilib, piq-piq kulibdi. (X.G)

b) turli xayvon va jonivorlar tovushiga taqlid so`zlar. Mo-o-o!

Bexosdan Ko`rashtepa tomonidan sigir ma'radi.(S. Anorboev).

2. Jonsiz predmetlar tovushiga taqlid so`zlar .

Jonsiz predmetlar tovushiga taqlid qilish asosida paydo bo`lgan so`zlar bir necha mayda gruppalarga bo`linadi:

a) qattiq predmetlar tovushiga taqlid so`zlar. Zanjir tak etib tushib, darvozaning bir tavakasi ochildi. (X.G) b) Har xil mexanizmlar, motorlar, transport kabilarning harakatlaridan va qurollardan o`q uzish paytida paydo bo`lgan tovushlarga taqlid so`zlar: Mashina hademay to`ldi, guldiradi, qars-qars qildi-yu, yurib ketdi. (M. Sholohov) v) gazsimon predmetlar va suyuqliklar harakatidan paydo bo`lgan tovushga taqlid so`zlar: Shamol yuzga gir-gir urar.(Sh.Sa'dulla)G`uv-g`uv shamol derazaga, eshikka urildi. (X.G)

Tovushga taqlid so`zlarinig bu klassifikatsiyasi ularning hamma semantik gruppalarini va xususiyatlarini o`z ichiga bekamu kust qamrab olmaydi. Bu o`rinda tovushga taqlid so`zlarning kishilar xayotida tez-tez uchrab turadigan gruppalari keltirilgan.Haqiqatdan esa, hayotda bu klassifikatsiyasidan chetda qoladigan taqlidiy

so`zlar ham uchraydi: Amirkon kovushning g`arch-g`urch bosishdan va uzum donalarini tishlari orasida chars-churs ezishidan qandaydir bir tajanglik, betoqatlik bor edi. (M. Ism). Ko`zlarini og`irgina harakatlantirib, kema-ket chip-chip to`kilmoqchi bo`lgan xazonlarga qaradi va har bir yaproqni yuqoridan kuzatib, erga qo`yaberdi. (A. Kaxxor)

Yuqoridagi misollarning birinchisi biror narsaning ezilishidan hosil bo`lgan tovushni ko`rsatsa, ikkinchisi bargning erga tushishidan hosil bo`lgan tovushni ko`rsatmokda. quyidagi misollar esa yana boshqacha harakterga ega: Ugillarni jiz-biz va dimoklarni kitiklagan yokimli xid kuchok ochib karshi oldi. (M.Ism) Karnayning vaka-vako, vaku-vaka degan tovushi eshitildi. (A.Kaxxor).

Obrazga taqlid so`zlar. Tovushga taqlid so`zlar eshitish bilan boglangan hodisalarni ifodalasa, obrazga taqlid so`zlar ko`rish bilan boglangan hodisalarni ifodalaydi. Predmetlarning holat, harakat, tashki ko`rinishining hamda yoruglik tasvirining obrazli ifodasi sifatida maydonga kelib, tilda keng qo`llanuvchi lip-lip, yalt-yalt, pildir-pildir, xang-mang tipidagi so`zlar obrazga taqlid so`zlar hisoblanadi.

Turmushda harakat va holat formalari kanchalik ko`p bo`lsa, til ham ularni ifodalovchi so`zlarga shuncha boydir. M, alang-jalang - kishining biror narsadan xadiksirab yoki xayron bo`lib, turli tomonga karashini ifodalovchi obrazga taqlid so`z, jilpang-jilpang- ba'zi kishilarnig boshqa shaxslarga o`zini yaxshi ko`rsatish uchun qilgan noo`rin harakatining obrazli ifodasi, mult-mult- ma'lum holatdagi (zorlanib, madad surab) karashni ifodalovchi obrazga taqlid so`zlardir.

Obrazga taqlid so`zlar semantikasidagi bu har xilliklarga ko`ra bir necha gruppaga bo`linadi:

a) harakatni , uning xarakteristikasini bildiruvchi obrazli so`zlar. Bu so`zlar ko`proq kishilarning , narsa va jonivorlarning yurishi va boshqa xil harakatlaridan turli holatlarning obrazli ifodalanishi sifatida maydonga keladi: lip-lip, lop, likang-likang, ship-ship, kilpang-kilpang, salang-salang, jildir-jildir kabilar:

Saidiy lip etib kattakon butaning tagiga kirib ketdi. Nigoraning lablari uchdi, kipriklari pir-pir kilar, ko`zlaridan duv-duv yosh to`kildi.

b) kishi va boshqa predmetlarning holatini, tashki ko`rinishi tasvirini ifodalovchi obrazga taqlid so`zlar. Bo`lar asosan, narsalarning tinchlik, muvozanat holatini tasvirlaydi: Qudrat qanotlari lang ochiq kattakon temir darvoza oldida tuxtadi-yu, birdan G`ulomjonning ikki bilagidan ushlab, yuziga tiqilib turib suradi.(M.I)

Uning qog`ozida chizilgan bog`larda mevalar xil-xil pishar edi.(M.I)

v) yorug`lik tasvirini ifodalovchi taqlid so`zlar. Bu gruppaga obrazli so`zlarning asosiy qismi tusatdan bo`lganlikni, keskinlikni, laxzalikni bildiradi.

Bundan tashqari obrazli so`zlarning yukoridagi gruppalari kishi va boshqa narsalarning harakat va holatini ifodalasa, bu gruppa eruglik obrazini ifodalovchi so`zlar sifatida maydonga keladi: U tinik ko`kda so`zaetgan tulin oyga, jivir-jivir nukra yuldo`zlarga, kor bosib etgan chukkiga, soy buyidagi korongi olchazorga tikildi.


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin