O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə22/131
tarix02.01.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#40052
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   131
MORFEMIKA MAJMUA

Nazorat topshiriqlari:

1.So`zning biror turkumga mansubligini ko`rsatuvchi, ma'lum bir grammatik kategoriyaga xosligini ifodalovchi ma'noni izohlang

2.So`z turkumlarini ikkiga umumiy kategorial ma'noga ega va

umumiy kategorial ma'no ifodalaydigan so`z turkumiga ajrating.

Ot, sifat, son, olmosh, fe'l, ravish, ko`makchi, bog`lovchi, yuklama, undov, taqlid va madal so`zlar.

3.So`z turkumlari ichki kategorial grammatik ma'nolarini ifodalovchi paradigmalarni sanab ko`rsating.

Ot; Yordamchi so`zlar;

Sifat; Undov so`zlar;

Son; Madal so`zlar;

Olmosh; Taqlid so`zlar;

Fe'l;

Ravish;


2-reja bayoni

So`z turkumlari tildagi so`zlar ma'nolari, morfologik bilgilari va gapda bajaradigan vazifalariga ko`ra ma'lum to`dalarga guruhlanadi. So`zlarning ma'lum grammatik ma'no, morfologik belgi va sintaktik vazifasiga qarab guruhlarga bo`linishi so`z turkumi deyiladi.

Har bir turkum o`ziga xos grammatik ma'no anglatadi va shu grammatik ma'nolarni ifodalovchi grammatik shakllarga ega bo`ladi. Jumladan, ot turkumi "predmetlik" ma'nosini (uy, bino, inson, do`stlik, sevgi, istiqlol kabi) fe'l turkumi "harakat"ni (yoz, o`qi, ishla, boshla, ichir kabi), sifat "belgi"ni (qizil, oq, yaxshi, odobli kabi), ravish holatni (tez, sekin, mo`l, oz kabi) anglatadi. So`z turkumlari ifodalayotgan bunday mavhum grammatik ma'nolar so`zlarni turkumlarga ajratishda asosiy belgi hisoblanadi.

Hozirgi o`zbek tilida so`zlar umumiy kategorial ma'nosidan tashqari konkret narsa, belgi, harakat kabilarni ataydi, ya'ni mustaqil leksik ma'no tashiydi va gapda mustaqil gap bo`lagi vazifasida kela oladi. Bunday so`zlar mustaqil so`zlar deyiladi. Mustaqil so`zlarga xos bosh belgi biror voqea- hodisa (predmet, belgi, harakat, miqdor) haqidagi tushunchalarni ifodalaydi, demak, lug`aviy ma'no anglatadi. Ikkinchi, umumiy belgi gap bo`lagi vazifasida kelishdir. Uchinchi juz'iy, lekin muhim belgi - so`z yasash va shakl yasash va forma o`zgartish xususiyatining mavjudligidir. Morfologik belgi (kategoriya)ga ega bo`lishi barcha so`z turkumlari uchun birdek xos emas. Masalan, ot va fe'l turkumidagi so`zlar uchun har uchala hodisa - so`z yasash, shakl yasash va so`z o`zgartish (turlanish va tuslanish) mavjud bo`lsa, sifatlar uchun esa ikkitasi so`z yasash va shakl yasash xos, ravishda asosan so`z yasash qisman shakl yasash (daraja yasalishi) bor.

Xullas, mustaqil so`zlar umumiy kategorial ma'nolariga ko`ra quyidagi turkumlarga bo`linadi: ot, sifat, son, olmosh, fe'l va ravish.

O`zbek tilida umumiy kategorial ma'noga ega bo`lmagan so`zlarga ko`makchi, bog`lovchi va yuklamalar kiradi. Bu guruhdagi so`zlar mustaqil lug`aviy ma'noga ega emasligi, gapda mustaqil gap bo`lagi vazifasida kela olmasligi bilan xarakterlanadi. Ular gapda turli xil grammatik ma'nolarni ifodalaydi, xolos. Shunga ko`ra bu so`zlar yordamchi so`zlar deb yuritiladi.

Yordamchi so`zlarni umumiy vazifalariga ko`ra 3 ga: ko`makchi, bog`lovchi, yuklamalarga bo`lib qaraladi.

Ko`makchi - maqsad, sabab, vaqt, makon, vosita kabi modal ma'nolarni anglatadi: uchun tomon, orqali, maqsadida kabilar.

Bog`lovchi - gaplar va gap bo`laklarini bog`lovchi, ular orasidagi turli grammatik aloqa_munosabatlarini ifodalashga xizmat qiladi: va chunki, shuning uchun kabilar.

Yuklama - so`zga va gapga qo`shimcha ma'no beruvchi so`zlardir: axir, xuddi, -u, -yu, -ku, -mi, -chi kabilar.

Tilimizda so`zlovchining gapda ifodalnayotgan fikrga, fikrning borliqqa munosabatini ko`rsatadigan: balki, albatta, so`zsiz, chamamda kabi so`zlar guruhi borki, ularni bir guruhga jamlab modal so`zlar deb yuritamiz. Modal so`zlar tasdiq, ishonch, gumon, taxmin kabi modal ottenkalarni ifodalaydi.

Shuningdek, o`zbek tilida turli - tuman xis-tuyg`ularni, xitob, chaqiriq, undash kabi ma'nolarni ifodalovchi so`zlar guruhi ham bor bo`lib, ular undov so`zlar deb yuritiladi. Undov so`zlar lug`aviy ma'no (nominativ ma'no)ga ega emasligi va yordamchi so`zlarga xos vazifada kelmasligi bilan alohida guruh tashkil qiladi: ofarin, barakallo, eh, oh kabilar.

Borliqdagi jonli va jonsiz predmetlarning ixtiyoriy_ixtiyorsiz ravishda chiqargan tovushlari va ularning ko`rinishi hamda holatiga taqlidni bildirgan taq -tuq, yilt - yilt, lov -lov, lip-lip kabi so`zlar guruhi borki, ular taqlid so`zlar deb yuritiladi. Shunday qilib tilimizda quyidagi so`z turkumlari : ot, sifat, son, olmosh, fe'l va ravish (mustaqil so`zlar), ko`makchi, bog`lovchi, yuklama (yordamchi so`zlar), modal, undov, taqlid so`zlar (alohida so`zlar)ga bo`linadi.

Quyida ularning har biri haqida alohida - alohida to`xtalamiz.

So`zlarni turkumlarga ajratishning boshqa me'zonlari ham bor. Bunda so`zlar ma'nosiga ko`ra quyidagilarga :nomlovchi (atovchi) so`zlar,yordamchi so`zlar,

3) ifodalovchi so`zlar,4) ko`rsatuvchi so`zlarga bo`linadi. Nomlovchi so`zlarga mustaqilso`zlar; yordamchi so`zlarga bog`lovchi, ko`makchi, yuklamalar kiradi; ifodalovchiso`zlarga undov, taqlid va modal so`zlar kiradi. Ko`rsatuvchi so`zlarga olmoshlar kiradi.

2. Morfologik jihatdan o`zgaradigan va o`zgarmaydigan so`zlarga bo`lish mumkin. O`zgaradigan so`zlarga: ot, sifat, son, olmosh, fe'l so`zlar, o`zgarmaydigan so`zlarga ravishlar kiradi.

3. Sintaktik jihatdan gapda vazifa boshqaradigan va vazifa boshqarmaydiganso`zlarga bo`lish mumkin: vazifa bajaruvchilarga ot, sifat, olmosh, fe'l, ravish,taqlid va modal so`zlar kirsa, bajarmaydiganlarga ko`makchi, bog`lovchi, yuklamava undov so`zlar kiradi. Demak, so`zlarni turkumlarga ajratishda ularning turli tomonlari, xususiyatlari hisobga olinmog`i lozim.




Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin