Affiksal polisemiya
So‘z yasovchi affiksal morfemalarning bir turkumga xos bo‘lgan turli ma’noli so‘zlar yasay olish hodisasi affiksal polisemiya hisoblanadi. Masalan, suzma, qatlama, qovurma (taom nomlari), surma, ko‘chirma, qaytarma (em, davolash otlari), tortma, bo‘lma, bostirma (o‘rin-joy otlari) isitma, terlama, qichima (kasallik otlari) kabi so‘zlarda –ma qo‘shimchasi bir turkumga tegishli har-xil ma’noli so‘zlar (fe’ldan ot yasayapti) yasashga xizmat qilmoqda. Shuningdek, -chilik qo‘shimchasi ham polisemantik tabiatga ega: 1) asosdan anglashilgan narsa etishtiriladigan soha otini yasaydi: paxtachilik, uzumchilik, chorvachilik, urug‘chilik kabi; 2) asosdan anglashilgan tushuncha bilan bog‘liq ish (holat) oti yasaydi: ulfatchilik, qiziqchilik kabi; 3) asosdan anglashilgan narsa-hodisaning borligi oti yasaydi: pishiqchilik, mo‘lchilik, arzonchilik, qimmatchilik kabi.
Dostları ilə paylaş: |