O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə33/131
tarix02.01.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#40052
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   131
MORFEMIKA MAJMUA

Shaxs

Birlik

Ko`plik


1

- m

- miz

11

- ing

- ingiz

111

- i

- i

Egalikqo`shimchalariningIvaIIshaxsqo`shimchalariunlibilantugaganso`zlarga, IIIshaxsko`rsatgichiundoshbilantugaganso`zlargaqo`shilgandafonetikvarianthosilqilmaydi: onaQm, tog`aQng, jiyanQikabi. Boshqaholatlardaesafonetikvariantlargaegabo`ladi: ya'niIvaIIshaxsdaundoshbilantuguganso`zlargaegalikqo`shimchalariqo`shilganda «I» tovushi, unlibilantugaganso`zlargaIIIshaxsegalikqo`shimchalariqo`shilganda «S» tovushiorttiriladi: uyQiQm, uy-i-miz, uka-s-i, aka-s-ikabi. Bunda «i» va «s» tovushlari fonetik talabga ko`ra orttirilgan bo`lib, ular tutashtiruvchilik vazifasini bajaradi.

Demak, egalik ko`rsatgichlarining adabiy nutqdagi fonetik variantlanishi bunda affiks qo`shiladigan negizning unli yoki undosh tovush bilan tugashiga bog`liq xolda yuzaga keladi. Bunda tutashtiruvchi tovush vazifasini undoshlar orasida «I» unlisi, unlilar orasida esa «S» undoshi bajaradi. Demak, bu ikki tovush egalik ko`rsatgichlarining fonematik tarkibiga kirmaydi.

Egalik qo`shimchalarining qo`shilishidan tug`ilgan yana bir qator fonetik hodisalar ham mavjud:

Ikkinchi bo`g`inda I va U tor unlisi qatnashadigan ikki bo`g`inli so`zlarga egalik qo`shimchasi qo`shilsa, ikkinchi bo`g`indagi tor unli reduktsiyaga uchraydi(tushib qoladi): ogg`z-og`zim, og`zing, og`zi; burun- burnim, burning, burni kabi.

Egalik qo`shimchasi qo`shilishi ta'sirida so`z ohiridagi Q,K jarangsiz undosh tovushlar jaranglashadi: o`rtoq-o`rtog`im, istak-istagim, maslak-maslagimiz kabi.

I va II shaxs egalik qo`shimchalarining semantik jihatdan ham o`ziga xos xususiyatlari bor: I va II shaxsning birligi monosemantik xarakterli: ukam, ukang kabi. Ularning adabiy tildaigi ko`plik formasi polisemantik xarakterga ega: uyimiz-bizning uyimiz; uyimiz-mening uyim; uyingiz-sizning uyingiz; uyingiz-sening uying kabi. Bu misollardan birinchisi ko`plik ma'noli, ikkinchisi modal ma'noli ko`rinishdir.

Egalik qo`shimchalarining joylashishida ham ma'lum tartib bor: avvalo, egalik qo`shimchalarining tartibi haqida gapiradigan bo`lsak, odatda, shaxs ko`rsatgich, -ngiz kabi.

Hozirgi o`zbek adabiy tilida egalik qo`shimchalarining morfologik variantlari deyarli yo`q. Egalik qo`shimchalari ichida II shaxsning ko`plik formasigina variantlarga ega: kitobingiz-kitoblaring.




Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin