O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə2/131
tarix02.01.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#40052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131
MORFEMIKA MAJMUA

Mualliflar: f.f.n.J. Abdullayev, G. Dushayeva


Taqrizchilar: f.f.n. I. Pardayeva

p.f.n., dots. A. Bolibekov

O‘quv-uslubiy majmua Guliston davlat universiteti o‘quv-uslubiy kengashi tomonidan 2020 yil “___”_______dagi __-sonli qarori bilan nashrga tavsiya etilgan.

Kirish

Ushbu o‘quv-uslubiy majmua “Ona tili” fanidan Pedagogika fakultetining boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish ta’lim yo‘nalishi bakalavriat bosqichi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, zamonaviy pedagogik texnologiya asosida tayyorlangan.

Majmua Ona tili fanidan bo‘yicha: a) ma’ruza matnlari; b) amaliy mashg‘ulotlar: (mashqlar va ularni bajarish tartibi); d) mustaqil ta’lim bo‘yicha materiallar; f) glossariy; z) test savollari, asosiy mavzu, masalalar bo‘yicha yakuniy xulosalar; i)mavzularni o‘rganish bo‘yicha tavsiya etilgan asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan.

“Ona tili” fanini o‘qitishdan maqsad milliy tilimiz boyliklarini, boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalarga bag‘ishlab e’lon qilingan badiiy adabiyot namunalarini tavsiflab berish, ulardan har birining o‘xshash va farqli jihatlarini ko‘rsatish,til birliklarini amaliy nutq sharoitida o‘rinli, maqsadli foydalana bilish mahorati va ko‘nikmasini hosil qilishga odatlantirish, o‘zbekona fikrlab, o‘zbekona yozma bayonga o‘rgatishdir.

O‘quv-uslubiy majmua 5111700 - boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish ta’lim yo‘nalishi bakalavriat bosqichi uchun Namunaviy o‘quv dasturi (tuzuvchilar: filologiya fanlari nomzodlari, professorlar D. SHODMONQULOVA, D. A. MUHAMEDOVA, filologiya fanlari nomzodi, dotsent M. A. HAMROYEV) asosida tayyorlangan bo‘lib, unda hozirgi o‘zbek adabiy tili tizimi hamda bu tizimning nutqiy voqelanishi va ular yordamida yaratilgan bolalar adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari yoritildi.

O‘quv uslubiy majmuaning tayyorlanishida M.Hamroyev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X.G‘ulomova, Sh.Yo‘ldoshevalar tomonidan yaratilgan “Ona tili” darsligi, filologiya fanlari nomzodi, professor H. A. Jamolxonovning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” o‘quv qollanmasi,shuningdek, o‘zbek an’anaviy tilshunosligining nodir ilmiy va o‘quv manbalaridagi materiallar, daliliy misollardan keng foydalanildi. Ayrim mavzularning yoritilishida sistem tilshunoslik yo‘nalishida yaratilgan o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy-metodik adabiyotlarga murojaat qilindi.

Mualliflar majmuani mukammallashtirishga ko‘maklashadigan barcha fikr-mulohazalarni mamnuniyat bilan qabul qiladilar.

Guliston shahri, 4-mavze, GulDU bosh binosi, “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi“ kafedrasi.




Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin