Affiksal sinonimiya
Affikslarning shaklan har xil, umumiy ma’nosi bir xil bo‘lish hodisasi affiksal sinonimiyadir. Affiksal sinonimiya asosan, bir so‘z turkumi doirasida yuz beradi. Ayni choqda, u vazifasi bir xil affikslar doirasida, ya’ni so‘z yasovchilararo, forma yasovchilararo yuz beradi: o‘rin-siz va no-o‘rin, g‘ayrat-li va ser-g‘ayrat (so‘z yasovchilararo) ; o‘zgar-t va o‘zgar-tir kabi (forma yasovchilararo).
Sinonimik affikslarning turli asoslarga qo‘shilib, yangi so‘zlar yasash darajasi ma’no ottenkalariga ko‘ra ham, qo‘llanish doirasining keng - torligiga ko‘ra ham farqlanadi. Masalan, mahsuldor sanalgan shaxs oti yasovchi -chi affiksi bilan shunday ma’noli shaxs oti yasovchi -shunos qo‘shimchasini qiyoslaganimizda bu yaqqol ko‘zga tashlanadi: adabiyotchi - adabiyotshunos, tilchi - tilshunos tarzida qo‘llansa-da, lekin xizmatchi, bo‘yoqchi so‘zlarini "xizmatshunos", "bo‘yoqshunos" deb, sharqshunos,
tuproqshunos so‘zlarini "sharqchi", "tuproqchi" deb ham qo‘llab bo‘lmaydi.
Dostları ilə paylaş: |