Affiksal antonimiya
Qarama-qarshi ma’no anglatuvchi affikslar affiksal antonimiyani keltirib chiqaradi. Tilimizda affiksal antonimiya, asosan, so‘z yasovchi affikslar doirasida uchraydi: -li - siz: aqlli-aqlsiz; -li - be-: sabrli - besabr; be- ba-: bedavlat - badavlat. Keltirilgan affiksal juftliklar har doim ham, barcha holatlarda antonim bo‘lib kelavermaydi. M: boshli - bebosh deb ishlatmaymiz.
Forma yasovchi affiksal morfemalar so‘zlarning umumkategorial va kategorial belgi-xususiyatlariga munosabatlariga ko‘ra ikki turga bo‘linadi:
1) kategorial forma yasovchi affiksal morfemalar;
2) nokategorial forma yasovchi affiksal morfemalar.
Kategorial forma yasovchi affiksal morfemalar ma’lum so‘z turkumining biror grammatik kategoriyasiga xos formadir. M: ot turku-
mining egalik, ko‘plik, kelishik kategoriyalari formasini yasovchi affikslar.
Biror grammatik kategoriyaga qarashli bo‘lmagan ma’noni ifodalovchi, ma’lum sintaktik vazifa bajarishga xoslangan so‘z formasini hosil qiluvchi affiksal morfemalar nokategorial (funktsional) forma yasovchi affiksal morfemalar deb yuritiladi. Bunday affiksal morfemalarga ot turkumining funktsional (kichraytish, erkalash, o‘xshatish, xoslik, hurmat, qarashlilik, o‘rin belgisi, chegara) formalari; fe’lning harakat takroriyligi (turtkila, tepkila), kuchsizligi (kulimsira) formalari, shuningdek, sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi kabi funktsional formalari ko‘rsatkichlari nokategorial forma yasovchi affiksal morfemalardir (m: -gan, -ar, -agan; -v,-uv, -moq, -sh, -ish; -b, -ib, -a, -y kabilar).
Dostları ilə paylaş: |