Alfraganus university



Yüklə 42,38 Kb.
səhifə1/11
tarix26.08.2023
ölçüsü42,38 Kb.
#140677
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Fan dastur Farmasevtik botanika


ALFRAGANUS UNIVERSITY
NODAVLAT OLIY TA’LIM TASHKILOTI

TASDIQLAYMAN”
Alfraganus university nodavlat
oliy ta’lim tashkiloti rektori
____________________F.T. Egamberdiyev

“___”____________2023-yil



Farmasevtik botanika” fanidan


FAN DASTURI


Bilim sohasi: 900000 – Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot
Ta’lim sohasi : 910000 – Sog‘liqni saqlash
Ta’lim yo’nalishi: 60910700-Farmatsiya








































Toshkent-2023



Fan/modul kodi
FB48MBK



O‘quv yili
2022-2023

Semestr
4

ECTS - Kreditlar
8

Fan/modul turi
Majburiy

Ta’lim tili
O‘zbek

Haftadagi dars soatlari



1.

Fanning nomi

Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim
(soat)

Jami yuklama
(soat)

Farmasevtik botanika



96

144

240

2.



  1. Fanning mazmuni

Farmasevtik botanika moduli o’quv rejaning umum kasbiy modullar blokiga taaluqli bo’lib, 2 kursda o’qitiladi. Dorivor moddalarning ko‘pchiligi o‘simliklar mahsuli ekanligini hisobga olib, farmatsevtlar ularni makro va mikroskopik tuzilishini tekshirib aniqlaydilar, o’simliklar anatomiyasi, morfologiyasi, sistematikadan bilimga ega bo‘ladilar. Bu amaliy tajriba turli o‘simliklarni qismlari to‘g‘risida aniq tasavvur hosil qilishga, makroskopik va mikroskopik tomondan aniqlashda farmakognoziya moduliga o’tishga asos bo‘ladi.
Modulni o‘qitishdan maqsad – Modulni o’qitishning asosiy maqsadi - talabalarga dorivor o’simlik mahsulotlarini chinligini va sifatini aniqlash uchun zaruriy ko’nikmalarni singdirish, ya'ni makroskopik, mikroskopik va mikrokimyoviy rеaktsiyalar o’tkaza bilish, hamda dorivor o’simlik va mahsulotlarni izlab topish, zahirasini aniqlash, tayyorlash, ulardan dorilar tayyorlash va ishlatishni bilishga o’rgatish.


Modulning vazifasi Modulni o’qitishning asosiy vazifalari - talabalarga o’simlik mahsulotlarini asosiy ta'sir qiluvchi biofaol moddalarni biogеnеzi, o’simlik organlarida to’planishi va to’planishga ta'sir qiluvchi omillar, dorivor o’simlik mahsulotlarida biofaol moddalarni to’planishi dinamikasi, shu tufayli tayyorlash vaqtini hamda usulini va saqlash bo’yicha ko’nikmalarni o’rgatishdan iborat.
Modul bo’yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar:
Talaba:

  • o‘simlik hujayralari;

  • o‘simlik to‘qimalari va qismlari to’g’risida tasavvurga ega bo‘lishi;

  • o‘simlik organlarining anatomik tuzilishi va ularning xilma-xil ko‘rinishlarini ajratish;

  • o‘simlik to‘qima va hujayralarining elementar tuzilishini bilish va mustaqil ravishda hujayra qobig‘i, sitoplazma, yadro, vakuola (hujayra shirasi), hujayra xosilasi bo‘lgan kraxmal, yog‘, oqsilga mikroreaksiyalar olib borish, o‘simlik xom-ashyosini diagnostik ko‘rsatkichlari bo‘lgan kristallarning bor yo‘qligini aniqlash;

  • o‘simlik to‘qimalarida reaktivlar yordamida tirik va o‘lik hujayra elementlarini, hujayraning yog‘ochlangan va sellyulozali qobig‘ini, probkalanishini, qoplovchi to‘qimalarning kutinlashganini, tukchalarning har-xil turlarini va ular tuzilishini xilma-xilligini aniqlashni bilish;

  • efir moyi, smola bo‘shliqlarning bor yo‘qligini va ularning tuzilishini aniqlash;

  • hosil qiluvchi, qoplovchi, mexanik, o‘tkazuvchi, asosiy va ajratuvchi to‘qimalarning tuzilishini bilish;

  • o‘simlikning morfologiyasini bilishi va ulardan foydalana olishi;

  • tashqi morfologik xususiyatlari bo‘yicha gerbariy na’munalari asosida o‘simliklarni aniqlash;

  • o‘simliklarni oilasi bo‘yicha ajrata bilish;

  • o‘simliklarni morfologik tuzilishi bo‘yicha ajrata bilish;

  • tuban va yuqori tipdagi o‘simliklarning tashqi morfologik tuzilishini tasniflab berish;

  • kattalashtirib ko‘rsatadigan asboblardan foydalanish;

  • doimiy va vaqtincha kesiklar tayyorlash va ularni bo‘yash;

  • hujayradagi moddalarni aniqlashdagi kimiyoviy reaksiyalarni bajara olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;


Yüklə 42,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin