18- mavzu. Qovoqdoshlar, karamdoshlar, gulhayridoshlar oilalari Qovoqdoshlar oilasi. Qovoq, qovun, bodring, tarvuz avlodlari vakillari. Karamguldoshlar oilasiga tasnif. Ularning xalq ho’jaligidagi va tibbiyotdagi ahamiyati. Gulhayridoshlar oilasi vakillarining sanoatdagi va tibbiyotdagi ahamiyati.
19- mavzu. Atirguldoshlar, selderdoshlar, dukkakdoshlar. Atirguldoshlar oilasiga tasnif, klassifikatsiyasi, asosiy vakillari. Selderguldoshlar oilasi, asosiy vakillari, ahamiyati. Dukkakdoshlar oilasi klassifikatsiyasi. Asosiy vakillari, ularning ho’jalikdagi va tibbiyotdagi ahamiyati.
20- mavzu. Ituzumdoshlar, yasnotkadoshlar va astradoshlar oilalari Ituzumdoshlar, yasnotkadoshlar va astradoshlar oilalariga tasnif, asosiy vakillari.
21- mavzu. Mirtadoshlar va jo‘kadoshlar oilalari. Mirtadoshlar va jo‘kadoshlar oilalarining umumiy xarakterli belgilari, o‘simliklarning xayotiy shakllari, tarqalishi, vakillari. Tibbiyotda va xo‘jalikdagi ahamiyati.
22- mavzu. Bir pallalilar sinfi. Liliyagullilar va qo’ng’irboshlilar tartibi. Bir pallalilar oilasiga tasnif, klassifikatsiyasi. Liliyaguldoshlar tartibi, oilalari. Loladoshlar oilasi, piyozdoshlar oilasi, vakillari. Qo’ng’irboshlilar tartibi, oilalari. Boshoqdoshlar vakillari. Tariqsimonlilar, qo’ng’irboshlilarga tasnif, vakillari.
23-mavzu. Ekologiya, fitotsenologiya va o’simliklar geografiyasi O’simliklar ekologiyasi. Ekologiya fani, vazifalari, tarixi. O’zbekistonda ekologiya fanining rivojlanishi. Ekolgik omillar. O’simliklar olamini muhofaza qilish. O’zbekiston Qizil kitobi. Fitotsenologiya. O’simliklar geografiyasi.
III. Amaliy (laboratoriya) mashg‘ulotlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar: Amaliy mashg‘ulotlar uchun quydagi mavzular tavsiya etiladi:
4-semestrlar: 1- mavzu: Mikroskopning tuzilishi. Hujayra tuzilishi. Osmotik bosim. Plastidlar. Etioplastlar va geronoplastlar.