O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə78/131
tarix02.01.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#40052
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   131
MORFEMIKA MAJMUA

3. Shart (istak) mayli

Bu mayldagi fe’l birinchidan, ma’lum ish-harakatning yuzaga chiqishi uchun undan oldin bajarilishi shart bo‘lgan ish-harakatni ifodalaydi. Bunda shart maylidagi fe’l ergash gapning kesimi vazifasida keladi. Masalan: Bolalaring senga qanday munosabatda bo‘lishini istasang, ota-onangga ham shunday munosabatda bo‘l (Tafakkur gulshani). Ikkinchidan, bu shakldagi fe’lning o‘zi orzu-istak, xohish, maslahat, iltimos kabi ma’nolarni ifodalaydi va sodda gapning yoki qo‘shma gaplarda bosh gapning kesimi vazifasida qo‘llanadi: Qani endi inqilob bo‘lsa-yu, mehnatkash xalq xonni ag‘ darib mamlakatni o‘zi idora qilsa, hamma erkin nafas olsa (N.SHaripov). Qani endi bu qirlarga ko‘klamda chiqsang. Onajon, shu suratni menga bersangiz (A.Q.)

Ko‘rinadiki, shart maylidagi fe’l kelasi zamon tushunchasini anglatib, shart-istak ma’nosi fe’lning buyruq-istak maylidan bosh shaklga –sa qo‘shimchasini qo‘shish va tuslash orqali shakllanadi: o‘qisam, o‘qisang, o‘qisa; o‘qisak, o‘qisangiz, o‘qisalar kabi.

SHart mayli formasidagi fe’l edi, ekan to‘liqsiz fe’llar bilan; kerak, bo‘lmoq, ehtimol kabi modal ma’noli so‘zlar bilan birga qo‘llanishi mumkin: o‘qisa edi, o‘qisa ekan; o‘qisa kerak, o‘qisa bo‘ladi kabi. Bunday shaklda kelgan fe’llar tilak, orzu, gumon, noaniqlik kabi ma’nolarni bildiradi: Nahotki Muqaddas shu yotoqxonada tursa? (O.YO.). bu erda sho‘r imoratning ofati bo‘lsa kerak (A.Q.). Xo‘sh, endi sizlarga nima sovg‘a bersam ekan (O.).

SHuningdek, shart maylidagi fe’l qo‘shma gapning bir necha turlarida ergash gapni bosh gapga bog‘lash uchun xizmat qiladi: Ertalab derazadan qarasam, hamma yoq oppoq... (O.). To‘tiqiz... dugonasini o‘ylasa, xolasi o‘z ko‘ksida panoh topgandek bag‘ riga kirib olgan jiyanini o‘ylar edi (M. Ismoiliy).


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin