3.3.Steroidli gormonlar
Bu sinfga mansub gormonlar lipid tabiatli politsiklik birikmalar
bo`lib, ularning strukturasining asosida kondensatga (suyuq holga
o`tgan) aylangan, bir-biri bilan o`zaro uchta to`yingan olti a`zoli
halqalar (A, B, C) va bitta to`yingan besh a`zoli (D) halqadan iborat
bo`lgan siklopentanpergidrofenantrenli (steranli) yadro yotadi.
Steroidli molekulalarning birlamchi strukturasi va muhim
joylanish konfiguratsiyasi quyidagicha: e –ekvatorialli bog`lar,
siklogeksan halqasining asosiy manziliga (tekisligiga) parallel yotadi; a
–aksialli bog`lar, tsiklogeksan halqasining asosiy tekisligiga
perpendikulyar holda yotadi; α –(punktir chiziq) va β –orientatsiyalar
(to`la chiziq) bilan tutashgan bo`ladi. Steranli yadro steroidli
gormonlar sinfini tuzilish va funktsiyalar bo`yicha polimorfli
birligini ta`min etadi. Shu bilan birga, agar steran skleti ushbu
sinfga mansub gormonlarni umumiyligini aniqlasa, ularning
xususiyatlaridagi farqlarni esa sklet strukturasida nisbatan uncha
katta bo`lmagan modifikatsiyalarni qo`shish bilan aniqlanadi.
Steroidli birikmalar suvda nisbatan yomon eriydi, organik
erituvchilar, moy va oqsilli eritmalarda yaxshi eriydi. Gormonal
steroidlar o`zlarining lipofilligi va juda ko`plab oqsilli eritmalarga
yuqori o`hshashligi tufayli plazmatik membranalar orqali yetarlicha
engil o`tadi va steroid-gen hujayralar tomonidan erkin sekretsiya
qilinadi hamda qondan reaktsiya qiluvchi hujayra ichiga tushadi. Tekis
(planar) strukturaga ega bo`lgan ko`plab boshqa tsiklik birikmalardan
farqli ravishda, steroidlar, ularning biologik faolligiga o`z
xususiyatlari bilan jiddiy ta`sir ko`rsatuvchi uch o`lchamli mahalliy
konfiguratsiya bilan xarakterlanadi. Steroid molekulasining geometrik
shakli doimiy va halqalarning konformatsiyasi bilan hamda steranli
yadroga birikkan vodorod atomlari, radikallar va funktsionalli
guruhlarni joylanishi bilan aniqlanadi. Shuni qayd qilish kerakki,
steroidlar optik jihatdan faol birikmalardir. Barcha tabiiy gormonlar
D –qator hosilalaridir. Steroid gormonlar kompakt shu bilan birga
murakkab o`ralgan strukturaga ega bo`lganligi sababli, uning ayrim
qismlarini funktsional rolini aniqlash ancha mushkul. Steroid
gormonlar sinfi o`ziga to`rtta gipotetik steroidlarni, turli miqdorda
uglerod atomlari saqlovchi peregnan (C
21
), androstan (C
19
), estran
(C
18
) va xolestan (C
27
) singari hosilalar oilasini qamrab olgan.
Dostları ilə paylaş: |