rangsizlanishiga olib keluvchi melanoforlar yadrolari atrofidagi
darajadagi umurtqalilarda pigmentlar almashinuvining boshqarilishida
yaxshigina namoyon bo`ladi. Melatonin pigmentlar almashinuviga
ta`sir ko`rsatish bilan bir qatorda, ma`lum konsentratsiyalarda turli
turdagi umurtqalilarda antigonadatropli samara chaqirsa, yana
gipofizning boshqa funktsiyalarini ham tormozlash qobiliyatiga ega.
U sedativ ta`sir ham ko`rsatadi.
Epifizda melatonindan tashqari, strukturasi bo`yicha melatoninga
yaqin va biosintez jarayonida uning eng yaqin o`tmishdoshlaridan
biri boshqa bir biologik faol, lekin triptofanning gormonal
bo`lmagan hosilasi –serotonin hosil bo`ladi va jamlanadi.
Yuqoridagiga asosan melatoninni triptofanni, aniqrog`i triptaminning
hosilasi deb emas, balki serotoninning hosilasi deb qarash mumkin.
Demak, serotoninning faolligidan farq qiluvchi melatoninning
spetsifik, biologik faolligini namoyon qilishi uchun indolli halqadagi
5-oksi guruhning metillanishi va gormon molekulasidagi yon
zanjirida atsetil guruhini bo`lishi juda muhimdir. Bu paytda N-atsetil
guruhi eng avvalo serotoninni biologik faolligini yo`qotish uchun
muhim bo`lsa kerak.
Dostları ilə paylaş: