α –triptofan aminokislotalarining hosilalari hisoblanadi. Tirozinli
hosilalarga katexolaminlar va tireoidli gormonlar kirsa, triptofanli
yadrolar bilan sekretsiya qilinadi. α –tirozin molekulalarining ushbu
birikmalaridagi halqali qismining 3 –holatiga qo`shimcha ravishda
Katexolaminlar
Tireyodli gormonlar
Bu gormonlarning strukturasi birinchi marta 1901-1902 yillarda
Oldree tomonidan yozib berilgan edi. Ular barcha umurtqasiz
hayvonlar organizmida, hattoki protozoa vakillarida ham topilgan.
Bu birikmalarning kimyoviy strukturasi tarixiy jihatdan eng
qadimgilardan biridir.
Adrenalin va noradrenalin α –va β-adrenoretseptorlar reaktsiya
qiluvchi hujayralarni o`zaro mos hollarda katexolaminlarni o`zaro
ta`siri bilan bog`langan α- va β-adrenergik deb qayd qilinuvchi ikki
qator samaralar chaqiradi. (Alkvist, 1948, 1960).
α –Adrenoergik ta`sirlar, vazokonstriktsiya, “uchinchi asr”
qisqarishi (qovoqni ochib-yumish), taloq, bachadon, urug` chiqaruvchi
yo`llar kapsulalarini qisqarishi, hamda me`da, ichaklar va siydik
pufagi silliq muskullarini qisqarishini chaqiradigan juda tez
samaralarni qamrab oladi. Nisbatan sekin rivojlanuvchi β-samaralar
(β
1
va β
2
) yurak faoliyatini, bronxlar relaksatsiyasini, ayrim qon
tomirlar
guruhlarini
dilyatatsiyasini,
giperglikemiya
va
giperlipoatsidemiyani boshqarishga qaratilgan hamda ichaklar va
Dofamin
L-tirozin
Adrenalin
Triyodtironin (T
3
)
Noradrenalin
Tiroksin (T
4
)
(tetrayodtironin)
me`da peristaltikasini tormozlaydi. β-adrenergik ta`sirda adrenalin
ancha kuchli namoyon bo`lishi va α-adrenergik ta`sirda esa
noradrenalinning kuchli namoyon etishi aniqlangan (Ariyons, 1960;
Alkivet, 1966). Har ikkala katexolaminlarning α-adenergik samaralari
– α-adrenoblokatorlar (fentolamin, tropafen, ergotamin va uning
hosilalari) tomonidan, β-adrenergik samaralar esa maxsus β-
adrenoblokatorlar (propranolol, alpreolol, benzodiksinlar) bilan tanlab
olib tashlanadi. α-adreno samaralar hujayralar membranasining
depolyarizatsiyasi yoki giperpolyarizatsiyasi bilan, β-adreno samaralar
–hujayralardagi metabolik og`ishlar bilan birlamchi bog`langandir.
Katexolaminlar molekulalarini strukturaviy elementlari bilan
biologik faolliklarni namoyon qilishi orasidagi bog`lanishlarni
o`rganishlar borasidagi tadqiqotlar shuni ko`rsatdiki, α-adrenergik
hususiyatlarni namoyon qilinishida asosiy rolni molekulaning yon
zanjiridagi erkin amino guruhi o`ynaydi. Ammo, guruhlarning
alkillanishi α-adrenergik hususiyatlarni yo`qotilishiga va β-
adrenergik xususiyatlarni esa tezlashishiga olib keladi, holbuki
samaralardan birini sekinlashishi va ikkinchisini tezlashishi N-
aminoguruhiga qo`shiladigan uglevodorodli radikallarida ma`lum
o`lchamlari proportsional holatda bo`ladi. Masalan, α –izoproterenol
deyarlik α-adrenergik xususiyatlardan xolos bo`lsada, adrenalinga
nisbatan kuchli β-adrenergik ta`sir ko`rsatadi. Shu bilan birga,
katexolaminlar molekulasining yon zanjirida aminoazotning bo`lishi
turli turdagi adrenergik samaralarni namoyon bo`lishi uchun zarur.
Aminoazot hamda benzol halqa va yon zanjirdagi etanolaminli β-
gidrooksil guruhi katexolaminlar molekulasidagi aktonli chastotalarni
muhim komponentlari hisoblanadi, undagi α- va β- samaralarning
ifodalanishi N ning alkillanish darajasi bilan aniqlanadi. Shu bilan
birga katexolaminlarning manzilli qismini shakllanishida uning
molekulasining 3, 4-dioksifenilli fragmentlari muhimdir. α-adrenergik
samaralarni namoyon bo`lishi uchun faqat bitta m-fenolli
gidrooksilni bo`lishi kifoya; gormonoidlarni β-adrenoretseptorlari
bilan samarali bog`lanishi uchun fenol halqasining har ikkala
gidrooksidi zarur. Fenol halqalar bajariladigan turli modifikatsiyalar
katexolaminlarni β-adrenoretseptorlarga o`hshashligini keskin
pasaytiradi va adrenomimetiklarni β-adrenoblokatorlarga aylantiradi.
Dostları ilə paylaş: