O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash tayanch dasturi



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə15/47
tarix02.01.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#41731
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   47
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

5.2 Maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash tayanch dasturi.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim-tarbiya berishning maqsadi yosh avlodni istiqlol mafkurasi asosida sog‘lom, har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalash va ularni maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim tarbiyasiga qo‘yilgan davlat talablariga muvofiq maktab ta’limiga tayyorlashdan iborat.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish jarayoni oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarini bajarishiga erishish. «Uchinchi ming yillikning bolasi» tayanch dasturi asosida amalga oshiriladi.

«Uchinchi ming yillikning bolasi» dasturi maktabgacha ta’lim bilan shug‘ullanadigan barcha muassasalar uchun bajarilishi zarur bo‘lgan tayanch dasturi bo‘lib hisoblanadi.

Dastur maktabgacha tarbiya nazaryasi va amaliyoti rivojlantirishdagi hamma yangiliklarni mujassamlashtirib mazkur yosh bosqichining inson jismoniy va ma’naviy rivojlanishdagi g‘oyat katta ahamiyatni ishonchli ravishda ko‘rsatib beradi.

Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang‘ich bosqichi hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida», «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» to‘g‘risida qonunlar talablari asosida tashkil etiladi.

Maktabgacha ta’lim sog‘lom har tomonlama etuk bolalarni tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedagogik shart-sharoit yaratadi, bolalarni maktabda muntazam ravishda ta’lim olishga tayyorlash ota-onalarga yordam beradi. So‘ngi yillarda maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya mazmuni shakli vosita va metodlarini yangilashga alohida e’tibor berilmoqda. Davlat va jamiyat maktabgacha yoshda bo‘lgan bolalrni yagona talab asosida rivojlantirish vazifasini qo‘ydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga qo‘yiladigan davlat talablari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 1998 yil 5 yanvadagi 5 son qarori bilan tasdiqlagan. «Davlat ta’lim standanrtlari haqidagi nizom»ga muvofiq belgilanadi. Davlat talablarida maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan ta’lim tarbiya mazmunining asosiy o‘ynalishlari hamda ularning maktabga tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan minemal talablar belgilab berilgan bo‘lib, u davlat hujjati sifatida e’tirof etiladi va barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir. O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablari quyidagi bo‘limlardan iborat:



1-bo‘lim. Maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan ta’lim tarbiyaning maqsad va vazifalari.

2-bo‘lim. Ta’lim tarbiyaning asosiy yo‘nalishlari. Bu bo‘lim o‘z navbatida quyidagi qismlardan iborat. 1) bolalarni jismoniy rivojlantirish. 2) bolalarni nutq va tafakkurini rivojlantirish. 3) ma’naviy va madaniy etuklik.

3-bo‘lim. Bolalarni maktabga tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar. Bu bo‘limni qismlari. 1) jismoniy rivojlanganlik darajasi

2) nutq va tafakkurni rivojlanganlik darajasi 3) ma’naviy va madaniy etuklik.



4-bo‘lim. Davlat talablari amaliyotga joriy etish.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarni bajarilishi ushbu «Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablari» orqali nazorat qilinidi.

Lekin bu jarayon murakkab bo‘lganligi uchun u bosqichma bosqich amalga oshiriladi. Talablarda berilgan ko‘rsatkichga erishish uchun davlat tomonidan zaruriy shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratiladi.

Bolalarni bilim, ko‘nikma va malakalari har o‘quv yili yakunida nazorat mashg‘ulotlar orqali tekshirilib boriladi.

6-7 yoshdagi bolalarning maktabga tayyorgarlik darajasi ushbu davlat talablari ko‘rsatkichlari asosida tekshiriladi.

YUqorida ko‘rsatilgan davlat talablariga tayangan holda maktabgacha yoshdagi bolalarga integral tarzda ta’lim-tarbiya berish maqsadida, yani u o‘z ichiga barcha ta’lim-tarbiya yo‘nalishlarini mujassamalashtirilgan tayanch dasturi yaratildi. Dastur pedagogika va psixalogiya fanining so‘ngi yutuqlariga asoslanib yaratilgan. «Uchinchi ming yillikning bolasi» dasturi maktabgacha ta’lim bilan shug‘ullanadigan barcha muassasalar uchun bajarilishga zarur bo‘lgan tayanch dasturi bo‘lib hisoblanadi.






    1. Yüklə 0,74 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin