O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/40
tarix29.12.2021
ölçüsü0,98 Mb.
#48688
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40
boshlangich talimda xalq ogzaki ijodi ustida ishlash usullari.

III.  Fikrlash bosqichi. Bunda quyidagi ish turlaridan foydalaniladi: 

1.  O'quvchilar o'zlari tuzgan savollarga javob beradilar: 

— Qadimda qorbo'ron  qanday qorlar bilan o'ynalgan? Nima uchun? 

— Bo'yoq bozori qancha yilda bir bo 'lar ekan ? 

—  Nega qorlar oq rangda yog'ar ekan? 

— Bahoroy qaysi bo'yoqni xarid qilibdi? 

— Kuz kelganda qozonlarda qaysi boyoqlar bor edi? 

—  Qish kelganda qozonda qaysi bo'yoq qolgan edi? 

—  Yoz uyqudan uyg'onib nimani o'ylab ketibdi? 

—  Yoz qaysi bo 'yoqlarni olganini o 'ylab toping. 

—  Kuz  qaysi  bo’yoqlarni  o'chirib,  uning  o'rniga  qaysi  bo'yoqlarni  surtib 

chiqdi? 

—  Qish o'z zahrini nimalarga sochadigan bo'lib qolibdi? 

2.Darslikdagi  savol-topshiriqlar  ustida  ishlanadi.  Bularni  barcha  guruh 

bajaradi. Guruhning faol ishtirokiga qarab ball qo'yiladi. 

3.O'qituvchi  „Kumush  qish"  va  o'qilgan  asar  yuzasidan  tuzgan  test 

topshiriqlarini guruhlarga tarqatadi. 

4.Qish fasli bilan bog'liq maqol va topishmoqlar aytiladi: 

Bahor,  yoz,  kuz  qishlaydi,  Qish  paytida  ishlaydi.  (Pechka)  Qishda 

yoping‘ichingni qo'yma, Yoz o'zing bilasan. (Maqol) 

5.O'qituvchi  sardorlar  uchun  asar  matni  yuzasidan  savol-topshiriqlar  tuzib 

keladi. Bu savol-topshiriqlar konvertlarga solinib, guruhlarga beriladi. 

1-guruh uchun. 



75 

 

— Ayozbobo deraza oynalariga qanday qilib naqshlar chizadi? 



—„Qiyomiga kelib" birikmasining ma'nosini izohlab bering (ayni me'yoriga, 

maromiga yetgan holga kelgan). 



2-guruh uchun. 

—  Falak,  libos  so'zini  qaysi  so'zlar  bilan  almashtirish  mumkin?  (falak  - 

osmon gumbazi, osmon, ko'k; libos - kiyim, ust-bosh) 

—  Bahoroyning gullari nomini sanab bering. 



 3-guruh uchun. 

—„Shitob" so'zining ma'nosini izohlang (harakatning bajarilishidagi tezlik) 

— Saraton qaysi payt ekanini ayting.  

4-guruh uchun. 

—  Bahor tabiatida yuz beradigan hodisalarni ayting. 

—  Za’far,  zarg'aldoq  ranglar  qanday  rang?  Ranglar  ichidan  olib  ko'rsating. 

(zarg'aldoq - to'q sariq rang, za'far - sap-sariq, somon rang). 



5-guruh uchun. 

— Qish chillasi necha kun va unga qaysi vaqt kiradi? 

—  Ertakda badiiy vositalardan nima ko'proq qo’llanilgan? (jonlantirish) 


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin