O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


O'qish darslarida qo'llaniladigan metodlar



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/40
tarix29.12.2021
ölçüsü0,98 Mb.
#48688
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40
boshlangich talimda xalq ogzaki ijodi ustida ishlash usullari.

O'qish darslarida qo'llaniladigan metodlar 

„Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi"da  ta'lim  berishning  ilg'or  pedagogik 

texnologiyalarini,  zamonaviy  o'quv-uslubiy  majmualarini  yaratish  kabilar 

umumiy o'rta ta'limning asosiy vazifalaridan biri sifatida ta'kidlangan. 

Ilg'or pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish o'qituvchi va o'quvchi 

faoliyati doirasini aniq belgilab beradi. 

Inson  hayotida  muhim  ahamiyatga  ega  bo'lgan  o'qish  faoliyati  barcha 

predmet  darslarida  amalga  oshiriladi.  Lekin  o'qishga  o'rgatish  yo'l-yo'riqlarini 

o'qish  metodikasi  ishlab  chiqadi.  O'qish  metodikasi  kichik  yoshdagi 

o'quvchilarning umumiy rivojlanishi, psixologiya, xususiy metodika sohasidagi 

yutuqlar asosida takomillashtirilib boriladi. 

O'qish darslarining samaradorligi ko'p jihatdan ta'lim metodlarining to'g'ri 

tanlanishiga  bog'liq.  Binobarin,  fanning  o'zi  kabi  o'qitish  metodlari  ham 

doimiy  rivojlanishda  bo'ladi.  Masalan,  eski  maktablarda o'qish quruq  yod olish 

metodi  asosida  o'rgatilgan  bo'lsa,  hozir  izohli  o'qish  asosida  olib  boriladi.  Yod 

olish  metodida  matndagi  so'zlarga  izoh  berishga,  ma'nosini  tushuntirishga, 

o'qilganni  qayta  hikoyalashga,  umuman  olganda,  o'qishning  ongli  bo'lishiga 

mutlaqo  e'tibor  berilmagan.  Ularda  ko'proq  to'g'ri  talaffuz,  qiroat  bilan  o'qish, 

ifodali o'qish nazarda tutilgan.  

Hozir  maktablarda  o'qish  izohli  o'qish  metodi  asosida  olib  borilayotgan 

ekan, quyidagicha savol tug'iladi: Izohli o'qish nima? 

Izohli  o'qishga  XIX  asrning  60—70-yillarida  rus  pedagogi  K.  D. 

Ushinskiy  asos  solgan,  u  o'qishda  o'quvchilarni  „ongli,  tushunib,  o'ylab 

o'qishga" o'rgatishni alohida ta'kidlaydi va uni „Izohli o'qish" deb nomlaydi. 

Izohli  o'qish  metodiga  K.  D.  Ushinskiy  ishining  davomchilari  yangiliklar 

kiritdilar. Korf va Vaxterev izohli o'qish o'quvchilarga real bilim berish vositasi 

desa, Vodovozov va Bunakov o'quvchilarga o'qish jarayonida bilim badiiy asar 



11 

 

tahlili  va  asarning  tarbiyaviy  xarakteri  bilan  bog'liq  holda  beriladi,  degan 



fikrni ilgari suradilar. 

Professor  Asqar  Zunnunov  o'qitishning  mazmuni  va  usullari  haqida  fikr 

yuritib,  o'quvchilarning  oldin  bilimlarni  o'zlashtirishiga,  so'ng  yod  olishlariga 

e'tibor berilishi ta'lim jarayonida izohli o'qish deb nomlanganini ta'kidlaydi. 

Demak, izohli o'qish deb o'ylashga, his qilishga, asarni to'liq idrok qilishga, 

o'qilganning  mazmunini  o'zlashtirishga  olib  keladigan  o'qishga  aytiladi.  Izohli 

o'qish  asar  mazmunini  tushunishni,  asardagi  muhim  fikrni,  yozuvchi  ilgari 

surayotgan g'oyani anglashni ta'minlaydi. 

Izohli o'qish quyidagi tamoyillarga to'liq amal qilingandagina muvaffaqiyatli 

bo'ladi: 

1. O'qishni hayot bilan bog'liq holda tashkil etish. 

2. O'qishning  ongli  va  ta'sirchan  bo'lishi  uchun  o'quvchilarning 

hayotiy tajribalariga, taassurotlariga asoslanish. 

3. O'qishni 

ko'rgazmali 

tashkil 


qilish, 

tabiatga, 

tarixiy 

joylarga 

ekskursiyalar  uyushtirish,  hayvonot  olami  va  o'simliklar  dunyosini  kuzatish, 

rasmlar,  jadvallar,  predmetlar  bilan  tanishtirish  hamda  matnni  o'quvchining 

ifodali o'qishi tarzida olib borish. 

Boshlang'ich  sinf  o'qish  darslarida  asosan  she'rlar,  masallar,  ertaklar, 

hikoyalar,  afsonalar,  maqol  va  topishmoqlar,  ilmiy-ommabop  asarlar  o'qib 

o'rganiladi.  Tabiiyki,  ularning  har  biri  o'ziga  xos  shakl,  uslub  va  mazmunda 

yaratiladi.  Shuning  uchun  ham  har  bir  janrga  mansub  asarlarni  o'ziga  xos 

usulda o'qib o'rganish taqozo qilinadi. 

Badiiy  asarni  izohli o'qishga  yaqin bo'lgan  metodlardan biri  ijodiy o'qishdir. 

Atoqli  metodist  olim  N.  I.  Kudryashov  ijodiy  o'qish  metodi  tarkibiga  quyidagi 

ish usullarini kiritadi: 

a) o'qituvchilarning badiiy matnni  sharhlab o'qishi hamda o'quvchilarning 

asarni  to'g'ri  va  imkon  qadar  yanada  chuqurroq,  emotsional  idrok  etishlarini 

ta'minlash maqsadini ko'zda tutuvchi so'zi; 




12 

 

b)  o'qilgan  asardan  o'quvchilarning  bevosita  olgan  taassurotlarini 



chuqurlashtirish  maqsadiga  ega  bo'lgan  va  ularning  diqqatini  matnning  muhim 

g'oyaviy  va  badiiy  xususiyatlari  sari  yo'naltiradigan  suhbat  uyushtirish  yoki 

o'qilgan asardan kelib chiqadigan badiiy, axloqiy, ijtimoiy-siyosiy muammoning 

qo'yilishi; 

d)  o'qituvchining  asar  o'qilganidan  keyin  o'quvchilarning  asarni  tadqiq 

etish  jarayonida  tug'ilgan  badiiy  kechinmalarini  faollashtirish  maqsadini 

ko'zda tutuvchi so'zi. 

  Ko'rinadiki,  ijodiy  o'qish  izohli  o'qishdan  farqli  o'laroq,  to'g'ridan-to'g'ri 

matn mohiyatini ochishga ijodiy yondashishni taqozo etadi. Masalan, 4-sinfda 

A.Oripovning  „Dehqonbobo  va  o'n  uch  bolakay  qissasi" asarini  ijodiy  o'qish 

metodi asosida o'rganish jarayonida matn mazmuni va shoir g'oyaviy niyatidan 

kelib  chiqib  Vatanimiz  hudud-laridagi  aholining  yashash  tarzi  bilan  bog'liq 

milliy xususiyatlar haqida ham atroflicha tushuncha beriladi. 2-sinfda „O'tinchi 

yigit", 


3-sinfda 

O'tkir 


Hoshimovning 

„Xazonchinak",  4-sinfda  S. 

Anorboyevning „Qo'rqoq" asarlarini ham ijodiy o'qish metodi asosida o'qitish 

ijobiy samaralar beradi. 



 Ifodali  o'qish.  Boshlang'ich  ta'lim  tizimida  mantiqiy  o'qish  (matnni  to'g'ri, 

tushunib,  tez  (me'yorida)  o'qish)  va  adabiy  o'qish  mukammal  o'zlashtirilgani-

dan  so'ng  ifodali  o'qishga  o'tiladi.  U  yod  olingan  she'riy  asarlarni  ifodali 

o'qishni ham o'z ichiga oladi. Ifodali o'qishning mu-vaffaqiyati o'quvchilarning 

asar mazmuni, g'oyaviy-badiiy xususiyatlari haqida  muayyan  tushunchaga  ega 

bo'lishi bilan bog'liq. 

       Ifodali o’qish va o’zaro nutqiy faoliyat jarayonida bolalarning adabiy talaffuz 

me’yorlari  shakllanadi.  O’quvchilar  nutqining  faollashuvi  nutqning  grammatik  

shakllarini  to’g’ri  qo’llash  va  to’g’ri  talaffuz  etish  bolalar  nutqining  ravon  ifodali 

bo’lishiga  yordam  beradi.  Ifodali  o’qishga    o’rgatishda  quyidagilarga  e’tibor 

berilishi kerak: 

 

a) nafasdan to’g’ri  foydalana olish; 



 

b) adabiy til talaffuz  normalarini yaxshi bilish




13 

 

 



d) so’z,  bo’g’in  va tovushni to’g’ri,  aniq talaffuz etish. 

Ohang va intonatsiya she'riy asarlarni ifodali o'qishda qay darajada muhim 

bo'lsa, nasriy asarlarni o'qishda ham muhim talablardan biridir. 

Nasriy  asarlarni  ifodali  o'qishdan  oldin  unda  qanday  g'oya  ilgari 

surilayotganini aniqlash zarur. Masalan, 4-sinfda X.To'xtaboyevning „Xatosini 

tushungan  bola"  (8.121)  hikoyasini  ifodali  o'qishdan  oldin  o'quvchilarga 

xatosini  tushungan  bola  kim  ekanligi,  uning  xatosi  nimalardan  iborat 

bo'lganligi, maqtanchoqlikning illat ekanligi to'g'risida tushuncha beriladi. 

Ifodali  o'qish  oldiga  qo'yilgan  bu  talab  M.Abdurashidxonovning  „Har  kim 

ekkanin  o'rar"(8.31),  Sh.Sa'dullaning  „Laqma  it"(8.78)  she'riy  hikoyalarini 

o'qishga ham xosdir. 


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin