O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/40
tarix29.12.2021
ölçüsü0,98 Mb.
#48688
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40
boshlangich talimda xalq ogzaki ijodi ustida ishlash usullari.

Epik  tur  -  mif,  afsona,  rivoyat,  ertak,  naql,  latifa,  lof,  terma,  doston  va 

boshqalar. 



Lirik  tur  -  marosim  folklorining  deyarli  barcha  ko‘rinishlari,  bolalar 

folklorining ko‘pgina turlari, qo‘shiqning hamma xillari, ashula va shu kabilar. 



Dramatik tur - og‘zaki drama, qog’irchoq o‘yin, askiya, xalq teatrlari  kabilar. 

Maxsus tur - maqol, matal, topishmoq kabilar. 

Xalq  og‘zaki  ijodi  asrlar  davomida  misqollab  to‘plangan,  ne-ne  sinovlardan 

o‘tgan, insonlarga hamisha madad bo’lib kelgan noyob xazinadir. Bizning vazifa-

miz ana shu xazinani ko‘z qorachig‘idek asrash va yanada boyitish hisoblanadi. 

Boshlang’ich  ta’limda  xalq  og’zaki  ijodining    ertak,    rivoyat,  latifa,    maqol, 

topishmoq, tez aytish, sanamalar, xalq qo’shiqlaridan namunalar beriladi. 

       Ertak.  Ertaklar dunyodagi boshqa  xalqlar og‘zaki ijodida keng tarqalganidek, 

o‘zbeklarda  ham  eng  ommaviy  janrlardan  biri  sifatida  turli  viloyatlarimizda 

yashaydigan yurtdoshlarimiz tomonidan sevib aytib kelingan. Ularning juda qadim 

zamonlardan  yaratilganini  «ertak»  atamasining  Mahmud  Koshg‘ariy  tomonidan 

1074  –  yilda  yozilgan  «Devonu  lug‘oti-t-turk»  asarida  «etuk»  tarzda  qo‘llangani-

dan bilsa bo‘ladi: «Etuk  – hikoya, ertak; biror maqsadni  shohga bildirish, hikoya 

qilish  uchun  ham  bu  so‘z  qo‘llanadi.  Asli  bir  narsani  hikoya  qilishdan  olingan»  . 



25 

 

Bu  janrning  qadimiyligini  qozoq,  qirg‘iz,  turkman  va  boshqa  bir  qator  turkiy 



xalqlar oilasiga kiruvchi millatlar og‘zaki ijodida ham ertak deb atalishi, isbotlashi 

mumkin.  Shuningdek,  miflar,  afsona,  rivoyatlar  haqida  fikr  yuritganimizda, 

diffuzion jarayonning keyingi bosqichi ertak ekanligini eslatib o‘tganmiz. Demak, 

agar  xalqimiz  og‘zaki  ijodini  qadimgi  qadriyatlar  sifatida  e’zozlasak,  bu 

xazinaning  noyob  durdonasi  sifatida  hech  ikkilanmay  ertaklarni  qayd  etish 

mumkin  ekan.  Ertak  terminini  O‘zbekistondagi  hamma  viloyatlar  aholisi  juda 

yaxshi bilsa-da, bu janrga oid asarlar turlicha hududlarda turlicha atalgan. Xususan, 

toshkentliklar «cho‘pchak», farg‘onaliklar «matal», xorazmliklar «varsaqi», o‘zbek 

va tojik tilida so‘zlashuvchi  vatandoshlarimiz  «ushuk»  tarzda atashgan.  Bulardan 

tashqari jonli so‘zlashuvda ba’zan afsona, o‘tirik, tutal atamalari ham uchraydi.  

Xalq  ertaklarining  badiiy  ijod  namunasi  sifatidagi  janr  xususiyatlari 

quyidagilardan iborat: 

1. Ertaklar xalq og‘zaki ijodining epik jinsi (turi)ga mansub. 

      2.  Ertaklar,  asosan,  nasrda  yaratiladi.  Faqat  ayrim  asarlardagina  («Yoriltosh», 

«Tohir va Zuhra» va b.) qo‘shiqni eslatuvchi she’riy parchalar uchraydi. 

3.  «Bir  bor  ekan,  bir  yo‘q  ekan»  boshlamasi  va  «murod-maqsadiga  etibdi» 

yakunlanmasi ertaklarning  an’anaviy belgisi hisoblanadi. 

4.  Xayoliy-fantastik  tasvir  ertaklar  syujetida  qo‘llanadigan  ustuvor  usuldir. 

     5. Ertaklarning umumiy mazmunida IMF formulasi doimiy takrorlanadi. Har bir 

ertak  I  –  initsial  –  boshlanma;  M  –  medial  –  asosiy  qism;  F  –  final  – 

yakunlanmadan  iborat  bo‘ladi.  (11.61-62).  Ertaklarning  miflardan  ijod  usulini 

o‘zlashtirganligi  haqida  fikr  yuritgan  edik.  Bu  an’ana  o‘zbek  xalq  ertaklarining 

umumiy  mazmunida  bugungi  kungacha  saqlanib  kelmoqda.  Ehtimol,  bu  janr 

asarlarining yashovchanligini ta’minlagan asosiy xususiyat ham shundan iboratdir. 

Xalq  o‘z  ertaklarida  chegarasiz  ravishda  xayolot  olamini  kezib  chiqadi.  Ya’ni 

ularda xalq fantaziyasi mahsuli bo‘lgan chegara bilmas uydirmalar, transfiguratsiya 

(bir  shakldan  ikkinchi  shaklga  o‘tish)  holatlari  tinglovchini  o‘ziga  jalb  etadi. 

Vaholanki, ertak boshlanmalaridagi “Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir och ekan, bir 

to‘q  ekan,  bo‘ri  bakovul  ekan,  tulki  yasovul  ekan...”  (olimlar  boshlanmadagi 



26 

 

tarkibiy “ekan” qismlarning 20 ga yaqin bo‘lishini belgilashgan) ibora va jumlalar 



mutaxassislar  fikricha,  ertakda  bayon  qilingan  voqealarning  aslida  umuman 

bo‘lmagani  va  ro‘y  berishi  mumkin  emasligini  anglatar  ekan.  Haqiqatan  ham, 

dostonlarda biz bu mazmundagi boshlanma – zachinlarni uchratmaymiz. Shu bois 

odatga  ko‘ra  dostonlardagi  voqealar  hayotda  bo‘lgan  deb  qabul  qilinadi.  Ertakda 

esa tamom boshqa holat hukm suradi. Chunki bu janr boshlanmasidagi “bor-yo‘q”, 

“och-to‘q”  so‘zlarining  o‘zi  hikoya  qilinayotgan  voqeaga  nisbatan  shubha 

uyg‘otadi. Ammo masalaning qiziq tomoni shundaki, voqea boshlanmasdan atayin 

shubha  uyg‘otishga  bo‘lgan  harakat  tinglovchiga  deyarli  ta’sir  qilmaydi.  Biz 

ertaklardagi uydirmalarga to‘la ishonamiz, asar qahramonlarining taqdiriga befarq 

qaray  olmaymiz,  sevikli  malika  yoki  cho‘pon  muvaffaqiyat  qozonsa,  bu  g‘alaba 

o‘zimiznikidek  quvonaveramiz.  Xalq  ertaklari  mazmunida  ijtimoiy,  iqtisodiy, 

maishiy  hayotning  hamma  masalalari  o‘z  ifodasini  topadi,  desak  xato  bo‘lmaydi. 

Shuning  uchun  ham  er  yuzining  hamma  mintaqalarida  yashaydigan  xalqlarda 

umumiy  hayot  tarzi  yaqin  bo‘lgani  sabab  bir  xil  mazmundagi  ertaklar  ko‘p 

uchraydi.  Fransuz,  ingliz,  xitoy,  yapon  ertaklari  aksariyat  hollarda  o‘zbeklar 

ijodidagi  bu  janrdagi  asarlar  mazmunini  takrorlaydi.  Faqat  fransuzlarda  pishloq, 

uzum; xitoylarda guruch; o‘zbeklarda tuxum yoki qatiq kabi narsalar farqi seziladi. 

Agar  boshqa  xaqlardagi  ertaklar  matnida  shu  yoki  boshqa  narsalar  nomini  milliy 

predmetlar bilan alishtirsak, ko‘pincha, boshqa xalqlar namunalari ham o‘zbekniki 

bo‘ladi-qoladi.  Bu  holat  sababini  avval  qayd  qilganimizdek,  bir  xalqdan  ikkinchi 

xalqning o‘zlashtirishi deb emas, umumiy hayot tarzining yaqinligi bilan asoslash 

ma’qulroqdir. Masalan, yoqut xalqidagi “Bekinmachoq”, ruslardagi “O‘n ikki oy” 

(“Morozbobo”) va o‘zbekdagi “Zumrad va Qimmat” ertaklarida voqea tugunidan 

tortib  echimigacha  bir  xil  yo‘nalishda  kechadi.  Ammo  bu  asarlarning  har  biri 

bevosita  o‘sha  xalq  ijodi  namunasi  deb  tan  olinadi.  O‘zbek  folklorshunosligi 

rivojiga munosib hissa qo‘shgan Mansur Afzalov o‘zbek xalq ertaklari yuzasidan 

ilmiy ish yozar ekan, bu janrning o‘rganilishi tarixiga alohida to‘xtagan. Olimning 

ma’lumot  berishicha,  o‘zbek  ertaklariga  bo‘lgan  ilmiy  e’tibor  XIX  asr  ikkinchi 

yarmidan  boshlangan.  Bu  o‘rinda  A.A.Kushakevich,  N.Lapunova,  A.Vasilev, 



27 

 

A.N.Samoylovich,  V.V.Bartold  kabi  bir  qator  ziyoli  va  taniqli  olimlar  ismlari 



keltirilgan.  Shuningdek,  «Farhod  va  Shirin»,  «Shirin  qiz»,  «Samarqand», 

«Shahzoda Nazar Muhammad va Malika Nazarbibi», «Annamurod bova haqida», 

«Erni  er  qilgan  xotin»,  «Donishmand  Cho‘pon»  kabi  afsona  va  ertaklar 

matnlarining  yozib  olinishi,  dastlabki  tadqiq  qilish  jarayoni  haqida  ma’lumotlar 

qayd etilgan. O‘zbek ertaklari o‘z vaqtida Miyon Buzruk Solihov, Hodi Zarifov,  

Xolid Rasul, Buyuk Karimov kabi olimlar tomonidan o‘rganilgan. Keyinchalik bu 

faoliyatni  K.Imomov,  T.G‘oziboev,  G‘.Jalolov,  X.Egamov,  H.Razzoqov, 

J.Yusupov kabi olimlar davom ettirishdi. Xalq tabiatan hamisha adolatni yoqlaydi, 

himoya  qiladi.  Ertaklar  yaratilish  jihatdan  miflarga  asoslansa,  mavzuning 

tanlanishi,  obrazlar  tizimidagi  yo‘nalishlar,  hayot  muammolarini  aks  ettirishda 

adolat  mezoniga  bo‘ysunadi.  Qalloblik,  vijdonsizlik,  xiyonat,  yolg‘onchilik, 

ma’naviy nopoklik kabi illatlar doimiy ravishda qoralanadi. Mardlik, to‘g‘riso‘zlik, 

mehnatsevarlik, iymonlilik, poklik fazilatlari hurmat bilan tilga olinadi. Voqeaning 

tuguni  ham  hamisha  ana  shu  fazilatlarni  ulug‘lash  bilan  echimini  topadi.  Mohir 

xalq  farzandlari  tomonidan  o‘ylab  topilgan  fantastik  hodisalar,  uydirma  lavhalar, 

sehrli  narsa-buyumlar,  jodular,  g‘ayritabiiy  hodisalar  esa  tom  ma’noda 

yovuzlikning  qoralanishi,  ezgulikning  maqtalishida  poetik  xomashyo  sifatida 

foydalaniladi.  Xalq  ertaklarining  mazmun  va  hayotdagi  voqealarni  tasvirlash 

yo‘nalishiga ko‘ra uch turi mavjudligi M.Afzalov, K.Imomov tomonidan ko‘rsatib 

o‘tilgan.  Bu  tasnifga  ko‘ra  ertaklar  sehrli  va  hayotiy  turlarga  bo‘linadi.  Ammo 

ayrim adabiyotlarda hayvonlar haqidagi, sehrli, maishiy turlarga bo‘linadi. Mansur 

Afzalov  tasnifida  yana  hayvonlar,  sehrli-fantastik,  hayotiy-satirik  turlar  ham 

ko‘rsatilgan.  Umumiy  tahlilning  oson  va  tushunarli  bo‘lishi  uchun  biz  ana  shu 

tasnifga  binoan  ish  ko‘rishni  ma’qul  topdik.  Ertaklarni  tasnif  qilish  qanchalar 

murakkab  ekanligini  ularni  tahlil  qilish  jarayonida  o‘zingiz  anglab  etasiz.  Ertak 

aytuvchilarni qadimda «ertakchi», «matalchi» deb atashgan. Ertaklarning xarakterli 

xususiyati  shundaki,  ularda  fantaziyaga  keng  o‘rin  beriladi,  mubolag‘a,  giperbola 

kabi  tasviriy  vositalardan  foydalaniladi.  E’tibor  bersangiz,  ertaklarda  ijobiy 

qahramon albatta yovuzlik, adolatsizlik, zulm ustidan g‘alaba qozonadi, yaxshilik 



28 

 

tantana  qiladi.  Chunki  ertak  qahramonlari  xalq  orzu-umidlarini,  manfaatini  ifoda 



laydilar. 

Ertaklar  azaldan  xalqni,  ayniqsa,  yosh  avlodni  insonparvarlik,  vatanga 

muhabbat,  rostgo‘ylik  va  halollik,  mehnatsevarlik,  xushmuomalalik  va  kamtarlik 

ruhida tarbiyalab kelgan. 

Ertaklar  turli  mavzularda  bo‘lishi  mumkin.  Ular  shartli  ravishda  hayvonlar 


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin