O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/40
tarix29.12.2021
ölçüsü0,98 Mb.
#48688
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40
boshlangich talimda xalq ogzaki ijodi ustida ishlash usullari.

    Sehrli  ertaklar  ham  bolalar  sevib  va  qiziqib  o‘qiydigan  fantastik  hikoyalardir. 

Ularda  voqealar  sehr-jodu,  fantastik  uydirmalar  asosiga  qurilgan,  asar 

qahramonlari  har  narsa  qo‘lidan  keladigan  mo‘jizakor  kimsalar  («Yalmog‘iz», 

«Devbachcha») yoki jonlantirilgan narsa yoxud hayvonlar («Ur to‘qmoq», «Ochil 

dasturxon», «Semurg‘», «Susambil» ertaklari)dan iborat. Bu ertaklarning maqsadi 

ham  turli  g‘ayriinsoniy  illatlar:  yolg’onchilik,  johillik,  ikkiyuzlamachilikni 

la’natlash,  aql-farosatlilik,  tadbirkorlik,  jasurlik,  rahmdillik,  ahillik  kabi  chin 

insoniy  xislatlarni  targ’ib  qilishdir.  Sehrli  ertaklar.  Jahon  xalqlari  ertaklaridagi 

umumiy o‘xshashlik haqida fikr borganida, ko’proq sehrli ertaklar nazarda tutiladi. 

Inson qadim zamonlarda ham xayol surgan, o‘zicha turli-tuman g‘aroyib voqelarni 

o‘ylab  topgan.  Aslida,  miflarning  vujudga  kelishida  ham  ajdodlarimizdagi  aynan 

ana shu xususiyat etakchi ahamiyatga ega bo‘lgan. Keyinchalik fantastik voqealar 

totem,  fetish  obrazlardan  uchar  gilamlarga,  sehrli  dasturxonlarga,  oltin 

qaynaydigan  xumlarga,  istagan  odamni  istagan  paytda  ko‘rish  mumkin  bo‘lgan 

jomlarga, oynalarga o‘tgan. Bunday voqealarni o‘ylab topish ajdodlarimiz orzulari, 

havaslari  bilan  asoslangan.  Yo‘l  azobidan  aziyat  chekkan  inson  uchar  gilam,  ot, 

manzilga  ko‘z  ochishda  etkazgan  bo‘rini  o‘ylab  topgan.  Oziq-ovqat  topishga 

qiynalgan  odam  esa  ochil  dasturxonning  ijodkoriga  aylangan.  Natijada,  sehrli 




32 

 

ertaklardagi  voqea-hodisalar  haqiqiy  ma’noda  ajdodlarimiz  orzu-havaslarining 



majmuasiga  aylangan.  Ilm-fan  taraqqiyotida  katta  kashfiyotlar,  odatda,  olim 

xayolida  paydo  bo‘lgan  reja  –  gipotezadan  boshlanadi.  Gipoteza  asta-sekin 

rivojlanadi  va  hayotga  tatbiq  etilishining  loyihasi  shakllanadi.  Olim  ana  shu 

loyihaning  ilmiy  zaminini  topganidan  so‘ng  kashfiyotning  amalga  oshishi  uchun 

sharoit yaratilgan bo‘ladi. Sehrli ertaklar bir jihatdan inson ongida yaratiluvchi ana 

shu  gipotezalar  yo‘nalishini  boshqargan,  deb  xulosa  qilish  uchun  etarli  asos  bor. 

Gap shundaki, bugungi kunda oddiy hayot haqiqatiga aylangan velosipeddan tortib 

avtoulov,  poezd,  samolyotlar;  telefon,  telegraf,  radio,  televidenie,  elektr 

chiroqlarning  kashf  etilishini  bevosita  ertaklarda  aks  etgan  orzular  bilan 

dalillaymiz.  Uyali  telefonni  aytmaysizmi,  to‘quv  dastgohlari,  har  xil  kimyoviy, 

fizikaviy  kashfiyotlar  bosqichma-bosqich  tahlil  etilsa,  ularning  hammasini  biz  bir 

oz  oldinroq  sehrli  ertaklar  voqealarida  uchratganimizga  amin  bo‘lamiz.  Sehrli 

ertaklar 

bosh 


qahramonga  nimadir  (ko‘pincha,  farzand)  etishmasligi, 

qahramonning  etishmayotgan  narsasiga  ega  bo‘lishi,  unga  nimadir  qilishning 

(gapirish,  alohida  bir  eshikni  ochish,  biror  narsaga  qarash  va  h.k)  taqiqlanishi, 

taqiqning buzilishi, kuchli raqibga duch kelish, xavfli safarga chiqish, safar yakuni, 

raqib bilan olishuv, murod-maqsadga etish kabi lavhalardan iborat bo‘ladi. Taniqli 

olim  V.YA.Propp  yuqoridagi  tartibning  jahon  xalqlari  ijodidagi  sehrli  ertaklar 

matni  tarkibini  tashkil  qiluvchi  asosiy  unsurlar  ekanini  chuqur  ilmiy  asosda 

misollar  bilan  isbotlab  berdi  .  Yuqorida  qayd  etilgan  mulohazalardan  g‘ayritabiiy 

mo‘‘jizalar ro‘y berishi, afsungarchilik, sehrli voqealar, bir narsaning ikkinchisiga 

aylanishi,  bular  hammasining  muayyan  tizim  (V.YA.Propp  tavsiyasi)  tartibida 

hikoya qilinishi sehrli ertaklar xususiyatini hosil qiladi. Hamid Olimjon ifodalagan 

«O‘zi  uchar  gilamlar»,  «O‘t  bog‘lagan  qanotlar»,  «Beqanot  uchgan  otlar»,  «Qiz 

bo‘lib  ochilgan  gul»,  «So‘ylaguvchi  devorlar»,  «Bola  bo‘p  qolgan  chollar»  kabi 

tasvirlar  aynan  sehrli  ertaklar  matnlari  bilan  bog‘liq  ekani  ma’lum  bo‘ladi. 

Aksariyat hollarda sehrli ertak voqeasi farzandsizlik motividan boshlanadi. Ammo 

tez orada asar qahramoni farzandga ega bo‘ladi. Bu hodisa olma, arpa yoki biror 

narsa  eyishdan,  ba’zan  o‘z-o‘zidan  ro‘yobga  chiqadi.  Tug‘ilgan  bola  bilan 



33 

 

dastlabki  tanishishdanoq  uning  g‘ayrioddiy  fazilatlari  borligi  ayon  bo‘ladi.  Bu 



fazilat,  avvalo,  uning  o‘ta  tez  sur’atlar  bilan  katta  bo‘lishida  ko‘rinadi.  Farzand 

voyaga  yetgach  esa  o‘zi  yashayotgan  muhitga  ta’sir  etadi  va  hayotda  keskin 

o‘zgarishlarga erishadi. Sehrli ertak qahramonlari o‘lib qayta tirilish xususiyatiga 

ega ekanliklari bilan ham bizni o‘ziga jalb qiladi. To‘g‘ri, o‘lgan odamga jon ato 

etilishi qadimgi ajdodlarimiz dunyoqarashi ifodasi sifatida baholanadi. Ammo ayni 

paytda o‘lgan odam ruhining kun, oy, yillar davomida o‘zi yashagan xonadondan 

ajramasligi, turli shakl-holatlarda qarindoshlariga  ko‘rinib turishi sehrli  ertaklarda 

oddiy  tasvir  vositalariga  aylanganini  ham  qayd  etish  maqsadga  muvofiqdir.  Xalq 

ongida  insonning  biron  yaxshiligi,  albatta,  taqdirlanishi  lozim.  Asar  qahramoni 

semurg‘ga, ayiqqa, laylakka ko‘rsatgan yordami evaziga mushkullari oson bo‘ladi. 

Uning  yordamidan  foydalangan  hayvonlar  keyinchalik  sehrli  imkoniyatlari  bilan 

qahramon  hamrohiga  va  biron  olijanob  maqsadni  qo‘lga  kiritish  vositasiga 

aylanadilar.  Ayrim  ertaklarda  esa  adolat  aynan  ana  shu  yaxshilik  evaziga  g‘alaba 

qozonadi.  Xususan,  «Ur  to‘qmoq»  ertagidagi  chol  davolagan  laylak  unga  bir 

martagina  lutf  ko‘rsatib  qolmaydi.  Balki  o‘z  sehri  ta’sirini  oxirigacha  amalga 

oshirib,  uning  qo‘shnisi  qilgan  xiyonatni  oxirigacha  fosh  etadi  va  jazolaydi. 

Bunday ertaklarda adolat tasodifiy emas, qonuniy ajrim ekani voqealar mohiyatiga 

singdirib  yuboriladi.  Sehrli  ertaklar  jozibasi,  ko‘pincha,  asardan  o‘rin  olgan 

mo‘‘jizaviy  safarlar,  hayratomuz  to‘kinlik  aks  etgan  lavhalar,  xayol  bovar 

qilmaydigan  jodu  va  afsonaviy  uchrashuvlar  tasvirida  o‘z  ifodasini  topadi. 

Ertaklarda  hayot  shu  qadar  mazmunli  va  bebaho  ehsonki,  unda  bo‘lishi  mumkin 

bo‘lmagan hodisalar tizimining o‘zi yo‘q, yechimi topilmas muammo uchramaydi, 

degan  xalq  falsafasi  nafas  oladi.  Ertakni  aytish  yoki  maza  qilib  eshitish 

ajdodlarimizga  iroda,  kelajakka  ishonch  bag‘ishlagan.  Ayni  paytda  xalq  og‘zaki 

ijodi  namunalarining  tom  ma’noda  so‘z  san’ati  ekanini  isbotlovchi  dalil  sifatida 

ham  xizmat  qilgan.  Millatdagi  katta  avlodning  keyingi  farzandlar  uchun  pand-

nasihat merosiga aylangan. 

Xalqimiz  yaratgan  xayoliy  hikoyalar  orasida  shunday  turkum  ertaklar  borki, 

ularni biz hayotiy-maishiy ertaklar deb ataymiz. Bunday ertaklardagi voqealarning 



34 

 

aksariyati  hayotga  yaqin,  hayotdan  olingan.  «Zumrad  va  Qimmat»,  «Oygul  bilan 



Baxtiyor», «Ziyod botir», «Tohir va Zuhra», «Ozodachehra», «Farhod va Shirin», 

«Malikayi Husnobod», «Uch og‘a-ini botirlar» ana shunday ertaklar sirasidan. Biz 

yuqorida  tilga  olgan  hayotiy-maishiy  ertaklar  kishida  jiddiy  fikr  –  mulohazalar 

uyg‘otadigan,  muayyan  tarbiyaviy  yo‘nalishga  ega  bo‘lgan  asarlardir.  Maishiy 

ertaklar  mazmun  jihatdan  hayvonlar,  sehrli  ertaklardan  bevosita  hayotiy  voqea-

hodisalar  haqida  hikoya  qilishi  bilan  farqlanadi.  To‘g‘ri,  bu  turdagi  ertaklarda 

sehrli-fantastik  belgilarning  mavjudligini  inkor  qilib  bo‘lmaydi.  Ammo  umumiy 

ifoda chegarasi maishiy ertaklarda ancha cheklangan. Chunki ularda xalq, avvalo, 

oddiy  odamlar  qo‘lidan  keladigan  ishlar  yuzasidan  fikr  yuritadi.  Bevosita  real 

hayot, turmushda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan voqealar asos qilib olingani uchun 

ham  bunday  asarlar  turkumiga  maishiy  ertaklar  atamasi  berilgan.  Ularda  haqiqiy 

hayotdagi  inson  –  millat  vakili  (xoh  ijobiy,  xoh  salbiy  bo‘lsin),  uning  imkoniyati 

darajasidagi  jismoniy  kuchi,  ilmi,  aqliga  voqealar  zaminida  tavsif  beriladi. 

Aksariyat  hollarda  asar  qahramonlarining  ismlari  ham  qayd  etilmaydi.  Chol, 

kampir, bir odam, o‘g‘il, qiz, kambag‘al kabi nomli insonlar mazkur ertaklarning 

qahramonlari  bo‘lib  kelaveradi.  Bu  bilan  dono  xalq  ertakda  bevosita  tinglovchi 

aholining har biri asar qahramoni ekanini ta’kidlagan bo‘liShi mumkin. Ba’zan esa 

shaxs haqidagi ma’lumotlar o‘ta aniq shaklda beriladi. Ertakchi bu usul bilan ham 

qahramon taqdiri to‘qima emasligini uqtirgandek bo‘ladi. Filologiya fanlari doktori 

Komil  Imomov  shunday  deydi:  «Hayotiy-maishiy  ertaklarda  qahramon  obrazi 

folklorga  xos  individuallashtirilgan  bo‘lib,  uning  ismi,  avlod-ajdodi,  elat,  urug‘i 

hamda voqealar sodir bo‘ladigan o‘rin-joy nomlarigacha mukammal aniq beriladi. 

«O‘tgan zamonda, Bog‘dod tomonda, Mo‘majon kampir degan ayol yashar ekan. 

U qizidan qolgan nabirasi G‘aflatjonni bola qilib boqar ekan» . Ma’lum bo‘ladiki, 

qahramon  ismi  berilsa  ham,  berilmasa  ham  asosiy  maqsad  ertakdagi  hikoya 

qilinayotgan  voqea  oddiy  maishiy  turmush  sharoitida  kechganini  ta’kidlashdan 

iborat  bo‘ladi.  Xalqimizda  «Och  qornim,  tinch  qulog‘im»  degan  maqol  bor. 

Maqolda odam ba’zan nochor turmush kechirishi mumkin, lekin bezovta kechgan 

soniyadan  ko‘ra  och  qorin  bilan  yashash  afzal  ekani  ko‘rsatilmoqda.  Ota 



35 

 

nasihatining birinchisi ana shu vaziyatni izohlaydi. Ya’ni tinchlikdan ulug‘ ne’mat 



yo‘qligi  qayd  etilmoqda.  Bu  falsafaning  aniqligini  o‘zingiz  hayotda  sinagan 

bo‘lsangiz,  ajab  emas.  Xalqimizda  «Maqtanma  g‘oz,  hunaring  oz»  maqoli  ham 

bor.  Yo‘q  va  amalga  oshmagan  ishlar  qancha  maqtalgani  bilan  amalga  oshib 

qolmaydi. Maqtangan odam yuzi  shuvit bo‘ladi. Xalqimiz «Mehnat – mehnatning 

tagi  rohat»,  deydi.  Ya’ni:  «qimirlagan  qir  oshar»  deganlaridek  har  bir  kimsa 

hayotga  ishonishi,  harakat  qilishni  kanda  qilmasligi  lozim.  Quduqdan  suv  topa 

olmagan  sahrodagi  yo‘lovchi  umidsizlikka  uchrab  to‘xtab  qolmasligi  kerak. 

Ma’lum  bo‘ladiki,  ertakni  yaratishdan  nazarda  tutilgan  bosh  maqsad  farzandga 

qiyinchiliksiz  hayot  kechirish  kalitini  tutqizishdan  iborat  ekan.  Nasihatga  amal 

qilish  esa  ertakda  bayon  etilgan  voqealarda  namoyon  bo‘ladi.  Og‘a-inilar  ajdar, 

sher, qaroqchilar to‘sig‘idan o‘z tadbirkorliklari bilan oson o‘tadilar. Ammo kenja 

botir bog‘da uxlab yotgan podshohga zahar solmoqchi bo‘lgan ilonni qilich bilan 

chopib,  qurolini  qiniga  solayotganida  podishoh  uyg‘onib  qoladi  va  kuyovini 

qotillik  qilmoqchi  bo‘lishda ayblaydi.  Ana  shu voqeada ham  haqiqat,  adolat oxir 

pirovardi  g‘alaba  qiladi.  Ertak  mohiyati  unda  ifodalangan  lavhalar  davomida 

yechilib  boradi.  Hayotiy  ertaklarda  to‘g‘rilik  va  egrilik,  mehnatsevarlik  va 

dangasalik, poklik va nopoklik, mardlik va xiyonat doimiy ravishda qarama-qarshi 

qo‘yiladi. Xalq ertak davomida kichik, e’tiborga arzimaydigan unsurlardan ustalik 

bilan  foydalanadi,  vaziyat  echimini  ular  orqali  hal  qiladi.  «Tuhmatga  uchragan 

kishi»  ertagida  bir  boy  ko‘chada  jiyanining  xotinini  ko‘rib,  unga  uylanmoqchi 

bo‘ladi.  Insofga  kelgan  amakidek  jiyanini  savdoga  jo‘natib  yuboradi,  ammo 

keliniga  uylana  olmaydi.  Kelin  karvonboshining  qo‘liga  tushadi.  Bu  erda  ham 

tuhmatga  uchraydi.  Zo‘rg‘a  qochib  qutuladi.  Yo‘lda  bir  o‘g‘rini  o‘limdan 

qutqaradi. Lekin o‘g‘ri unga tuhmat qilib karvonga sotib yuboradi. Taqdir kelinni 

qutqaradi.  Ammo  bu  safar  kelin  o‘g‘rilar  to‘dasiga  duch  keladi.  Yana  ozodlikka 

chiqadi  va  oxir  pirovardida  bir  shaharga  podishoh  bo‘ladi.  Ertak  oxirida  kelinga 

tuhmat  qilgan  odamlarning  hammasi  bir  joyga  to‘planadilar  va  haqiqat  ro‘yobga 

chiqadi.  Ertakning  bosh  g‘oyasi  ma’naviy  poklikni  ulug‘lash.  Xalq  «Haqiqat 

bukiladi,  ammo  sinmaydi»  maqolining  izohini  bu  ertakda  ifodalashga  harakat 



36 

 

qilgan. Har bir lavha muayyan maqsadni amalga oshiradi. Inson idroki chegarasiz 



quvvatga  ega  ekanligi  isbotlanadi.  Bir  yoshgina  kelinning  boShidan  o‘tgan 

mudhish  hodisalar,  uning  turli  tuhmatlarga  bardosh  berishi  tinglovchiga  «Sening 

peshonangdagi  mushkulot  kelinniki  oldida  arzimaydi-ku»  degan  fikrni 

ta’kidlagandek  bo‘ladi.  Ertak  yakunida  yana  bir  ibratli  hikmat  bor.  Kelinning  eri 

tuhmatchilarni jazolash haqida gapirganida, xotini: - Yo‘q, ular bilan teng bo‘lish 

kerak  emas,  -  deb  javob  beribdi»  .  Demak,  xalq  yomon  va  yovuz  odam  bilan 

muomalada  bo‘liShni,  hatto,  uni  jazolashni  ham  unga  teng  bo‘liSh  alomati  deb 

baholaydi.  Aynan  shu  bois  o‘zbek  xalqi,  millat  mentaliteti  haqida  gap  borganda, 

oliy  himmatlilik,  bag‘rikenglik  tilga  olinadi.  Binobarin,  hayotiy  ertaklar  (ularni 

folklorshunoslikda  «hayotiy-maishiy»,  «hayotiy-satirik»,  «maishiy»  ertaklar  deb 

ham  yuritadilar)  qahramonlari o‘zbek  millatining  ramziy  vakili  ekan. Ular  xalqqa 

iymon,  vijdon,  erk,  idrok,  iroda,  qanoat,  aql,  hunar,  ilm  haqida  tarbiyaviy 

tushunchalar beradi. Xalq ertaklari badiiy so‘z san’atining go‘zal namunasi sifatida 

alohida  ahamiyatga  ega.  «Bir  bor  ekan,  bir  yo‘q  ekan,  bir  och  ekan,  bir  to‘q 

ekan...»  jumlasidan  boshlanar  ekan,  ertak  «murod-maqsadiga  etibdi»  degan 

yakungacha tinglovchi diqqati voqealarga to‘liq raviShda jalb etadi. Undan keyin 

nima  bo‘ladi,  bu  hodisa  qanday  tugaydi,  degan  savollar  tinglovchi  xayolini  band 

etib turadi. Ertaklarning yashovchanligiga sabab ham ularning badiiy  mukammal-

ligi bilan belgilanadi. Mazmun jihatdan hayotning turli masalalari ertaklar tematik 

diapazonini  ta’minlaydi.  Siz  ular  bilan  tanishgach,  botirlik,  yurtga  fidoyilik, 

odamgarchilik, vafodorlik, himmat va saxovat haqida aniq tasavvurga ega bo‘lasiz, 

o‘zingizda  ham  ertaklar  qahramonlaridagi  yaxshi  fazilatlarning  bo‘lishini  xohlab 

qolasiz, shunga intilasiz. 

Ertaklarni  ham  tinglaymiz,  ham  o‘qiymiz  dedik.  Tinglaydigan  ertaklarimiz 

professional ertak aytuvchilar, ya’ni ertakchilar tomonidan qiziqarli tarzda hikoya 

qilinadi.  Ertakchilar  shunchaki  hikoya  qilmaydilar.  Har  bir  ertakchi  u  yoki  bu 

ertakni  qayta  yaratadi  desak,  xato  bo‘lmaydi.  Chunki  ularning  har  biri  o‘zining 

hikoya  qilish  uslubi,  didi,  dunyoqarashiga  ko‘ra  ajralib  turadi.  Bundan  tashqan, 

ertakchi tinglovchilarning saviyasi va talabiga ko‘ra ertakni o‘zgartirishi mumkin. 



37 

 

0‘zbek xalq og‘zaki ijodi tarixida ertaklarning badiiy asar darajasiga ko‘tarilishi va 



bugungi kungacha saqlanib qolishida Hamrobibi Umarali qizi, Hasan Xudoyberdi 

o‘g‘li,  Haydar  Baychi  o’g’li,  Nurali  Nurmat  o’g’li,  Husanboy  Rasul  o‘g‘li  kabi 

ertakchi,  matalchilarimiz  katta  xizmat  qilganlar.  Ular  og‘zidan  yozib  olingan 

o‘zbek  xalq  ertaklarining  bebaho  namunalari  bizga  hanuzgacha  ma’naviy  zavq 

berib kelyapti.  

        Latifa.  O‘zbeklar  dunyodagi  boshqa  xalqlar  kabi  hazilni,  taqlidni,  kulgini 

yaxshi  ko‘radilar.  Kulgi  insonga  sog‘lik,  yaxshi  kayfiyat,  o‘z-o‘zidan  qoniqish 

tuyg‘usini bag‘ishlaydi. Xalqimizning dono farzandlari Yusufjon qiziq, Aka buxor, 

G‘anijon  Toshmatov  kabilar  hayot  maShaqqatli  kechgan  paytlarda  ham  yurtimiz 

ahliga  tetiklik,  umid,  ishonch  ulashganlar.  Bunday  natijaga  erishish  o‘z  vaqti 

uchun  juda  og‘ir  bo‘lgan.  Latifalar,  loflar,  askiya,  xalq  dramasi  asarlari, 

muqallidchilikdan  unumli  foydalanish  zukko  va  iqtidorli  insonlarni  xaqiqiy 

ma’noda  xalq  sevgisini  qozonish  sharafiga  muyassar  qildi.  Inson  qalbidagi 

tashvishni,  tanasidagi  xastalik  xurujini  chetroqqa  surishda  kulgili  latifalar  juda 

samarali  vosita  hisoblangan.  «Latifa»  atamasi  arabcha  «lutf»  (ﻑﻄﻟ)  so‘zidan 

olingan  bo‘lib,  nozik  fikrlash,  yaxshilik  qilmoq,  muruvvat  ko‘rsatmoq, 

Sharaflamoq  ma’nolarini  anglatadi.  Shuningdek,  lug‘atlarda  latifa  nozik,  ixcham, 

kichik, chuqur va keng ma’nolarini ifodalaydi. Maxsus lug‘at hisoblangan Alisher 

Navoiy asarlariga tayyorlangan lug‘atda buyuk adibning shu o‘zakli so‘zlardan o‘n 

to‘rt  ma’noda  foydalangani  qayd  etiladi.  Ular  qatorida  nozik  ma’noli  so‘zlar, 

ajoyib  hikoyalardan  tortib  poklik,  mehribonlik  tushunchalarigacha  o‘rin  olgan. 

Xullas,  og‘zaki  ijodimizdagi  bu  janr  atamasi  har  tomonlama  uning  shakli  va 

mazmuni,  maqsadi,  vazifasiga  mos  raviShda  tanlangan.  Latifalarning  janr  

xususiyatlarini quyidagicha belgilash mumkin: 

1     Latifalar  badiiy  adabiyotdagi  epik  tur  (jins)  ga  mansub.  Ammo  ijroda 

dramatik – aktyorlik mahorati   ahamiyatli.  

2. Latifalar shaklan nasrda yaratiladi. 

3. Hajm jihatdan cheklangan. 

4. Voqea ifodasida dialoglardan keng foydalaniladi. 



38 

 

5.  Favqulodda  kutilmagan  echimi  kulgi  uyg‘otadi.  Ilmiy  adabiyotlarda  qayd 



etilishicha, latifalarning  shakllanishi  va  rivojlanishi  IX-XI  asrlarga  to‘g‘ri  kelgan. 

Xususan,  shu  davrda  oliy  ilm  darajasiga  erishgan  allomalardan  birini  yoqtirib 

qolgan podshoh o‘z saroyining qarshisiga olimga atab bolaxonali uy qurib beradi. 

Alloma  ilmli,  dono,  hurfikr  ekan.  Ammo  uning  tashqi  ko‘rinishi  beso‘naqay, 

xunuk  ekan.  Kunlardan  bir  kun  podshoh  tong  paytida  o‘z  tarafida  turib  tong 

havosidan  to‘yib  nafas  olayotsa,  qarShisidagi  bolaxonadan  olimning  gavdasi 

ko‘rinibdi.  Shunda  podsho  uning  beso‘naqayligiga  urg‘u  berib:  -  Mavlono, 

ko‘chaning  narigi  betida  bir  eshak  turibdimi?  –  debdi.  Alloma  Shu  zahoti  hech 

ikkilanmay:-  Yo‘q,  olampanoh,  men  bu  tomonga  katta  ko‘zgu  –  oyna 

qo‘ydirganman, - degan ekan. Nasriddin Afandi nomi bilan latifalar mazmunining 

bog‘lanib, uyg‘unlashuvi XIX asr oxiri XX asr boshlari bilan belgilanadi. O‘zbek 

folklorshunosligi  fani  asoschisi,  professor  Hodi  Zarifov  qayd  qilishiga  binoan, 

Nasriddin  Afandi  nomining  o‘zbek  latifalarida  shuhrat  topishi  yurtimizda 

matbaaning  paydo  bo‘lishi,  Nasriddin  Afandi  latifalarining  kitob  tarzda  nashr 

ettirilishidan  boshlangan.  Aytish  mumkinki,  Ozarbayjonda  e’lon  qilingan  «Mulla 

Nasriddin”  jurnalining  o‘zbek  ziyolilari  orasida  keng  ommalashuvi  bu  jarayonni 

tezlashtirgan. O‘tgan asr boshlarida «Nasriddin Afandi» nomi bilan kitoblar nashr 

ettiriladi.  Keyinchalik  Sharif  Rizo,  Sobir  Abdulla,  Adham  Rahmat,  Hoshimjon 

Razzoqov,  Bahodir  Sarimsoqov,  Farida  Yo‘ldosheva  kabi  ziyoli,  adib,  olimlar 

tashabbusi  bilan  afandi  latifalari  bir  necha  marta  nashr  ettirildi,  ilmiy  tadqiqotlar 

olib  borildi.  Ayniqsa,  Farida  Yo‘ldosheva  qalamiga  mansub  «O‘zbek  latifalarida 

Nasriddin  Afandi  obrazi»   risolasi  bu  janr  tarixi,  matn  tahlili,  obraz  yaratish 

mahoratini  o‘rganiShda  muhim  ahamiyatga  ega  bo‘ldi.  Nasriddin  Afandi 

latifalarini  o‘qigan  har  bir  kitobxon  bu  Shaxsning  tarixi  bilan  qiziqadi.  Shayx 

Nasriddin, Xo‘ja Nasriddin, Mulla Nasriddin, Nasriddin Afandi nomlarining qayta-

qayta  takrorlanishi  bu  qiziqishni  yana  ham  orttiradi.  Ilmiy  ma’lumotlarda 

Nasriddin  ismli  shaxs  1208  -  yilda  vafot  etgani,  hatto  hijriy  hisob  bilan  uning 

maqbarasiga  386  –  yilda  tug‘ilgan  deb  yozilgani,  yil  raqamlarining  o‘rni  atayin 

teskari tartibda berilgani haqida ma’lumotlar bor. Bu dalillarni tadqiqotchi Farida 



39 

 

Yo‘ldosheva  shunday  xulosalaydi:  «Tarixda  Xo‘ja  Nasriddin  ismli  shaxslar, 



Nasriddin Afandi prototiplarining bir qanchasi o‘tgan bo‘lishi mumkin... Mana shu 

tarixiy shaxslarni xalq qahramoni Xo‘ja Nasriddinga hayot bag‘ishlagan prototiplar 

desak  bo‘ladimi.  Aksincha,  xalq  qahramoni  Nasriddin  tarixiy  shaxslarga  shuhrat 

keltirdi». Haqiqatan ham, xalq yaratgan Nasriddin afandi latifalaridagi turfa kulgili 

voqea-hodisalar  shu  qadar  serko‘lam  va  ibratliki,  ulardagi  umumiy  mazmun  bir 

inson  hayoti  chegarasiga  sig‘maydi.  Shuning  uchun  mazkur  latifalarning  bosh 

qahramonini  Nasriddin  afandi  ramzida  mujassam  topgan  xalq  deb  tushunish 

haqiqatga  yaqinroq  bo‘ladi.  Chunki  tarixda  Rashididdin  Vatvot,  Alisher  Navoiy, 

Binoiy,  Mashrab,  Muqimiy,  keyinchalik  A.Qodiriy,  G‘.G‘ulom,  A.Qahhor, 

M.Shayxzoda,  A.Rahmat,  H.Razzoqov,  S.Ahmad,  O.Sharafiddinov,  E.Vohidov, 

O‘.Hoshimov,  O.Matchon,  A.Meliboyev  kabi  insonlar  hayotida  ro‘y  bergan 

kulgili,  ibratli,  hazil-mutoiba  hodisalar  tavsifi  vaqt  o‘tiShi  bilan  latifalarda, 

xususan, Nasriddin afandi bilan bog‘liq og‘zaki ijod asarlarida o‘z ifodasini topgan 

bo‘lishi  tabiiydir.  Har  bir  xalqda  ham  hayot  lavhalaridan  kuligili  vaziyat 

yaratadigan  insonlar  bor.  Ularning  fikr  yuritish  usulida  favqulodda  komik  holat 

hosil  qilish  sirlari  bo‘ladi.  Shuning  uchun  ham  hindlarda  Birbol,  arablarda  Jo‘ha, 

qozoqlarda Aldar kusa, tojiklarda Mushfiqiy, turkmanlarda Mirali, qoraqalpoqlarda 

Umrbek nomlari bilan latifa qahramonlari shuhrat topgan, ammo latifa matnlarida 

mushtarak  vaziyatlar  juda  ko‘p  uchraydi.  Bunday  holatlarda  qaysi  xalq  vakilidan 

boshqa  xalq  vakili  muayyan  voqeani  o‘zlashtirgan  yoki  ko‘chirgan  degan  savolni 

qo‘yish  to‘g‘ri  emas.  Ijtimoiy,  maishiy  hayotdagi  o‘xshashliklar  oqibatida  bir  xil 

latifalarning  yaratilishini  asoslash  ma’qulroq  natija  beradi.  Masalan,  Birbol 

latifalaridan  birida  kunlardan  bir  kun  podshoh  unga  juda  qaltis  hazil  o‘ylab 

topishni  va  bu  hazilning  kechirimi  undan  ham  qaltisroq  bo‘lishi  lozimligini 

buyuradi. Birbol shoh taklifini qabul qiladi. Oradan bir necha kun o‘tganidan so‘ng 

Birbol  hech  kim  yo‘q  vaqtida  podshohning  belini  chimchilab  oladi.  Shoh  g‘azab 

bilan: «Bu nima qilganing?» - deb so‘raganida, Birbol: «Kechirasiz, shohim, sizni 

malikam,  deb  o‘ylabman»,  -  deb  javob  beradi.  Qizig‘i  shundaki,  aynan  shu 

mazmundagi  latifa  o‘zbeklarda  ham,  turkmanlarda  ham,  ozarbayjonlarda  ham 



40 

 

mashhur. Bu misol latifalarning yashovchanligini, turli xalqlarda bir xil vaziyatlar 



bo‘liShi  tabiiyligini  ko‘rsatadi.  Natijada,  qaysi  xalq  mazkur  latifani  oldinroq 

yaratganligini  aniqlash  mumkin  bo‘lmaydi  va  aniqlashning  hojati  ham  qolmaydi. 

O‘zbek  Nasriddin  afandi  latifalarida  bosh  qahramon  o‘ta  hozirjavob,  o‘ta  zukko, 

dono va tadbirkor inson sifatida gavdalanadi. Hayotda uni so‘z bilan, xatti-harakat 

bilan  echimi  yo‘q  vaziyatga  tushirish  mumkin  emas.  Chunki  aqlli,  mutafakkir 

Nasriddin afandi qiyofasida butun xalqning, millatning so‘zga chechanligi, zakiy, 

ya’ni  nozik  fikr  yuritish  fazilati  o‘z  ifodasini  topgan.  Har  bir  latifa  matnida  uni 

o‘ylab  topgan  shaxs  aqli,  vaziyatni  aniqlash  kayfiyati  va  zakovati  namoyon 

bo‘ladi.  Latifalarning  e’tiborli,  tinglovchini  o‘ziga  jalb  qiladigan  jihati  shundaki, 

ularda savol-javob qilayotgan taraflar bir-birini mutlaqo echimi topilmas vaziyatga 

tushirishga  urinadilar.  Ayniqsa,  Nasriddin  afandi  qismati  latifaning  yakuniy 

qismiga etgunga qadar juda og‘ir va chorasiz taqdir sharoitida tasvirlanadi. Ammo 

xalq  Nasriddin  afandi  tarafida  bo‘lgani  uchun  ana  shunday  mushkul  vaziyatdan 

ham o‘z topqirligi, so‘zga ustaligi bilan qahramonimiz echim topib keta oladi. Bir 

misolga  murojaat  qilaylik.  Kunlardan  bir  kun  Afandining  saroyga  kirib 

kelayotganidan xabar topgan podsho u haqda o‘zi topgan bir voqea bilan mulzam 

qilmoqchi  bo‘libdi:  «Bugun  tunda,  -  debdi  u,  -  afandi  bilan  ikkalamiz  tush 

ko‘rdik».  Tabiiy,  bunday  paytlarda  Afandi  faqat  tasdiq  ma’nosini  bildirishi  shart 

hisoblangan. Podshoh davom etibdi: «Afandi bilan men tushimizda yangi tug‘ilgan 

mushuk  bolasiga  aylanib  qolibmiz.  Osmondan  bir  kalxat  tushib,  ikkalamizni  ikki 

changaliga  olib  osmonga  parvoz  qilibdi.  Ammo  shu  yaqin  orada  paydo  bo‘lgan 

burgutning xamlasidan qochib, ikkalamizni changalidan bo‘shatib yuboribdi. Men 

shinni  o‘raga  tushibman,  afandi  nopok  o‘raga  tushibdi».  Shunda  saroydagi 

mulozimlar  afandi  ustidan  kulib,  qah-qaha  ko‘tarishibdi.  Afandi  bamaylixotir: 

«Shohim,  tushimizning  davomini  ham  ayting-da»,  -  debdi.  To‘satdan  aytilgan 

gapdan hayron bo‘lgan podshoh ikkilanib: «Xo‘sh-xo‘sh, davomida nima bo‘lgan 

edi?»  -  deb  so‘rashga  majbur  bo‘libdi.  Afandi:  «Siz  shinni  o‘radan,  men  nopok 

o‘radan  chiqdim,  to‘g‘rimi?»  -  debdi.  «Ha-ha,  -  debdi  podsho,  -  juda  to‘g‘ri»,  - 

debdi.  Shunda  afandi:  «Men  sizni  yaladim,  siz  meni  yaladingiz»,  -  deb  javob 



41 

 

bergan ekan.Ma’lum bo‘ladiki, Nasriddinning vaziyatni to‘g‘ri baholashiga, zudlik 



bilan  to‘g‘ri  echim  topa  olishiga  tasanno  aytmasdan  ilojimiz  yo‘q.  Afandi 

latifalarida  so‘z,  iboralarning  aniq  qo‘llanilishi  xalq  qahramonining  o‘zbek  tili 

imkoniyatlaridan,  qochirimlaridan,  so‘z  o‘yinlaridan  haqiqiy  zarshunosdek 

foydalanishini  dalillaydi.  Afandi  juda  sodda  ko‘ringani  bilan  tilimizning 

go‘zalligini, tovush tovlanishini mahorat bilan qo‘llaydi. Kunlardan bir kun afandi 

katta  bir  amaldorni  «Siz  ahmoqsiz»  deb  ranjitibdi.  Amaldor  uni  qoziga  boshlab 

boribdi.  Qozi  amaldorning  xizmatlarini  afandiga  yaxshilab  tushuntiribdi.  Nasihat 

qilibdi. So‘zining oxirida afandiga amaldorga qarab «Siz ahmoq odam emassiz», - 

deyiShni  buyuribdi.  Afandi  shu  zahoti  qozining  buyrug‘ini  bajarib:  «Siz,  ahmoq, 

odam  emassiz»  -  degan  ekan.  Jumladagi  ahmoq  so‘zining  undalma  urg‘usi  bilan 

talaffuz  qiliniShi  oqibatida  sho‘ring  qurg‘ur  amaldor  avval  faqat  ahmoq  deb 

atalgan bo‘lsa, qozining buyrug‘ini «bajargan» afandi endi uni odam o‘rnida ham 

ko‘rmasligini  ma’lum  qildi.  Bunday  latifalarni  to‘qigan  odamlar  o‘zbek  tilini 

nihoyatda  yaxshi  biladigan  va  so‘z  o‘yinlarini  chuqur  his  qiladigan  insonlar 

bo‘lishgani  aniq  ko‘rinib  turadi.  Badiiy  adabiyotda  kitobxonni  hayot 

tashvishlaridan  ma’lum  bir  muddat  davomida  to‘liq  xalos  etadigan  asarlar  ham 

yaratiladi.  Ayrim  sahna  asarlarini  tomoSha  qilgan  tomoshabin  hamma 

tashvishlarini  unutadi.  Katta  hayot  muammolaridan  forig‘  bo‘ladi.  Xususan, 

bizningcha,  «Toshbolta  oshiq»,  «Kelinlar  qo‘zg‘aloni»,  «Oltin  devor»  kabi 

dramalar aynan ana Shu maqsadda sahnalashtirilgan. Bizni o‘ziga maftun qiluvchi 

joziba  asar  qahramonlarining  favqulodda  sodda  qarorga  kelishlari,  bir-birlariga 

nisbatan  samimiy  munosabatda  bo‘lishlari  bilan  belgilanadi.  Afandi  latifalarida 

afandidagi ikkinchi xislat – uning nihoyatda soddaligi, aniqroq aytsak, no‘noqligini 

namoyiSh  qiliSh  bilan  izohlangan.  Bunday  namunalarda  biz  afandining 

soddaligidan,  hayotdagi  ko‘ngilsiz  voqealarni  o‘ziga  olmasligidan  zavqlanamiz. 

Afandining  afandiligi  uning  afandiligi  bilan  sharhlanadi.  Ya’ni  bironta  es-hushi 

joyida  odam  qilishi  mumkin  bo‘lmagan  qarorni  aynan  afandi  qabul  qiladi. 

Nasriddin afandi ko‘chada ketayotib, kichkina bir ko‘zgu – oyna topib olibdi. Uni 

qo‘liga olar ekan, o‘z aksini ko‘rgani zahoti: «E, kechirasiz, oyna siznikimidi?»  - 



42 

 

deb  tashlab  yuboribdi.  Oyna  sinibdi.  Shunda  afandi:  «Kerak  bo‘lmasa,  ayta 



qolmaysizmi? O‘zim olar edim-ku», - degan ekan. Gap shundaki, xalqimiz ijtimoiy 

turmush tashvishlaridan zerikkan ba’zi paytlarda Shunchaki ko‘ngil xushligi uchun 

ham  kulgi  yaratiSh  istagini  bildiradi.  Bunday  latifalardan  murakkab  vaziyat 

izohlarini izlaSh to‘g‘ri emas. Chunki ularni xalq faqat engil kulgiga taShnaligidan 

yaratgan,  xolos.  “Kunlardan  bir  kun  tunda  afandi  suv  olmoqchi  bo‘lib,  quduq 

tepasiga  kelsa,  quduq  tubida  oy  ko‘rinibdi.  Afandi  xotinini  chaqirib,  arqon  olib 

kelishini  buyuribdi.  U  arqon  yordamida  oyni  quduqdan  chiqarmoqchi  bo‘lgan 

ekan-da.  Quduqqa  tashlangan  arqon  qaysidir  ildizga  ilinib  qolibdi.  Afandi  zarb 

bilan  arqonni  tortgan  ekan,  chalqanchasiga  yiqilib  tushibdi.  Shunda  ko‘zi 

osmondagi  oyga  tushibdi.  «Hayriyat,  chiqarib  olibman-ku»,  -  degan  ekan  afandi 

o‘zidan  mamnun  bo‘lib”.  Bunday  latifalar  bilan  tanishish,  ayniqsa,  hikoya  qilish 

mahoratiga  ega  inson  ijrosida  tinglash  odamga  huzur  bag‘iShlaydi.  Biz  avval 

aytganimizdek,  bu  turdagi  latifalarda  tinglovchi  sodda  afandi  qarorlaridan  kuladi. 

Lekin  shuni  ham  qayd  qilish  lozimki,  xalq  bu  bilan  nima  demoqchi  ekanini 

tushunib etishga ham harakat qilish zarar keltirmaydi. Ehtimol, dono xalq shu kabi 

latifalar vositasida «Sen bunchalik sodda bo‘lma!» demoqchimi? Xulosa chiqarish 

har kimning o‘ziga havola. 

Shunday qilib, xalq latifalari og‘zaki ijodning ajralmas qismi sifatida qadimgi 

qadriyatlarning  durdonalaridan  hisoblanadi.  Ularda  afandi  timsolida  xalqning  o‘z 

farzandlariga  har  qanday  mushkul  sharoitning  ham  munosib  yechimi  borligini 

uqtirishga  da’vat  seziladi.  Eng  muhimi,  ana  shu  echimni  topa  bilish  mahoratida. 

Millatning  tabiatini  bilmoqchi  bo‘lgan  inson  latifalarni  tinglash,  tushunish,  his 

qilish,  qolaversa,  maza  qilib  kulish  orqali  muhim  ma’lumotlar  bilan  tanishadi.                     


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin