O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/40
tarix29.12.2021
ölçüsü0,98 Mb.
#48688
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40
boshlangich talimda xalq ogzaki ijodi ustida ishlash usullari.

haqidagi  ertaklar,  sehrli  ertaklar,  hayotiy-maishiy  ertaklar,  hajviy  ertaklarga 

bo‘linadi. 



Hayvonlar 

haqidagi 

ertaklar. 

Hayvonlar 

haqidagi 

ertaklarni 

ayrim 

mutaxassislar  sehrli-fantastik  ertaklar  turkumiga  mansub  hisoblaydilar.  Xususan, 



K.Imomov,  G‘.Jalolov  o‘zlarining  tadqiqotlarida  hayvonlar  ishtirok  etadigan 

ertaklarni sehrli ertaklar qatorida tahlil qiladilar . Bu asarlarda hayvonlar ishtiroki, 

ularning  asar  qahramonlari  bilan  suhbatda  bo‘lishlari  olimlarning  sehrli  ertaklar 

deb atashlariga asos beradi. Biz bu atamani shartli ravishda qabul qilamiz, chunki 

sehrli  ertaklarning  hayvonlar  ishtirok  etmagan  mazmundagilari  ham  etarli  bo‘lib, 

ularni  alohida  tahlil  qilish  mumkin.  M.Afzalov  hayvonlar  haqidagi  ertaklarning 

o‘zida  turli  farqlanuvchi  asarlar  borligini  qayd  etadi.  Ularning  birinchi  turiga 

mifologik  mazmun  ifodalanganlarini  qo‘shadi.  Ma’lumki,  qadim  zamonlar 

totemizm  va  fetishizm  tushunchasi  nuqtai  nazaridan  ajdodlarimiz  har  bir  narsa-

predmetni,  shu  jumladan,  hayvonlarni  o‘zlariga  homiy  deb  bilganlar.  Ular 

tasavvurida  odamlar  totem  va  fetish  yordamida  muayyan  yutuqlarga  erishishlari 

mumkin  hisoblangan.  Bu  haqda  miflar  haqida  to‘xtaganimizda  ham  ma’lumot 

berganmiz.  O‘zbek  ajdodlari  bo‘ri,  ilon,  ot  va  boshqa  bir  qator  hayvonlarni 

o‘zlariga  homiylik  qilishini  ruhan  his  etganlar.  Ertaklarning  dastlabki 

namunalarida  aynan  ana  shu  dunyoqarash  asosida  asarlar  yaratganlar.  «Bo‘ri», 

«Cho‘loq  bo‘ri»,  «Ilon  og‘a»,  «Ayiq  polvon»  kabi  ertaklar  shular  jumlasidandir. 

«Quyosh  erining  pahlavoni»  ertagida  ona  ayiq  Rustamni  parvarish  qiladi,  uning 

hayotida  homiy  sifatida  o‘rin  egallaydi:  Rustam  va  otasi  –  yamoqchi  cholga 

qo‘lidan kelgancha yaxshiliklar qilib dushmandan asraydi. Mansur Afzalov «Ilon 

og‘a»  ertagini  alohida  ajratib  ko‘rsatadi:  “Ilon  –  kuyov  niqobini  olsa,  insonga 




29 

 

aylanadi. Qiz ilonning niqobini kuydirib yuborsa, u kaptar bo‘lib uchib ketadi. Ilon 



og‘aning onasi va xolasi yalmog‘iz kampir bo‘ladi. Ular Ilon og‘a bilan qizga ko‘p 

to‘sqinlik qiladilar. Lekin Ilon og‘a va qiz o‘z tadbirlari orqali yalmog‘iz kampirni 

engib, murod-maqsadlariga etadilar”. Xususan, «Cho‘loq bo‘ri» ertagida podshoh-

ning  kenja  o‘g‘li  afsonaviy  tilla  qushni  olib  kelish  uchun  safarga  chiqqanida 

cho‘loq bo‘riga duch keladi. Unga non beradi. Bo‘ri undan yordamini ayamaydi. 

Qush  uchun  safarga  chiqqan  bola  bir  qiz  va  ot  bilan  uyiga  qaytadi.  Yo‘lda 

akalarining  holidan  xabar  oladi.  Ammo  akalari  uning  ko‘zlarini  o‘yib,  chohga 

tashlaydilar.  Ertak  oxirida  kenja  o‘g‘il  baribir  murod-maqsadiga  etishadi,  akalari 

jazolanadilar.  Bu  turdagi  ertaklarning  mohiyati  totem  hisoblangan  hayvon  va 

qushlarning  asar  qahramoniga  o‘zlarining  sehrli  fazilatlari  vositasida  yordam 

berish bilan izohlanadi. Shu mazmundagi yana bir ertak «Kenja botir» deb ataladi. 

Unda homiy sifatida ot qatnashadi. Hayvonlar haqidagi ertaklarning yana bir turida 

majoziy  fikr  yuritish  usuli  ustuvordir.  Bunday  ertaklar  farzandlarga  pand-nasihat, 

tarbiya berish maqsadida yaratilgan. Har qanday vaziyatda birga bo‘lish, do‘stlikni 

qadrlash kerakligi ertakning bosh g‘oyalari hisoblanadi. Inson bir-biriga yaxshilik 

qilsa,  albatta,  o‘zining  orzusiga  etishadi,  degan  falsafa  asosida  to‘qima  voqealar, 

qiziq-qiziq  obrazlar  o‘ylab  topiladi.  «Susambil»  ertagi  ana  shunday  asarlar 

qatoridan  o‘rin  olgan.  Ho‘kiz,  eshak  afsonaviy  Susambil  shahrida  erkin,  to‘kin 

hayot kechirmoqchi bo‘ladilar. Ularga xo‘roz, kalamush, arilar ergashadilar. Uzoq 

qiyinchilikdan  so‘ng  maqsadga  etadilar.  Ammo  bu  erda  ularga  bo‘rilar  hujum 

qiladi.  Shunda  ho‘kiz  ularni  suzadi.  Kalamushlar  er  kovlab,  bo‘rilarni  go‘rga 

tiqmoqchidek  qo‘rqitadilar.  Arilar  chaqadi.  Xo‘roz  qichqirib,  eshak  hangrab 

bo‘rilarni  bezovta  qiladi.  Oxir-oqibat  bo‘rilar  ahil  birodarlardan  zo‘rg‘a  qochib 

qutuladilar.  O‘z  galalariga  borib  vahima  soladilar.  Natijada,  butun  bo‘rilar 

Susambildan qochishga majbur bo‘ladilar. Hayvonlar esa to‘kin hayot kechiradilar. 

Bu ertakda baxtga erishish oson emas, ammo erishilgan baxtni saqlab qolish undan 

ham qiyinroqdir, degan dono fikr hayvonlar misolida majoziy tarzda o‘z ifodasini 

topgan.  «Ovchi,  Ko‘kcha  va  Dono»  ertagida  ham  kaptar,  sichqon,  qarg‘a, 

toshbaqa,  kiyikning  do‘stligi  ularni  bir  necha  marta  o‘limdan  qutqaradi.  Faqat 



30 

 

samimiy,  beg‘araz  do‘stlik  oqibatida  kaptarlar  to‘rdan,  kiyik  tuzoqdan,  toshbaqa 



ovchi solgan xaltadan qutuladi. Bu fikrlar zamirida ham faqat do‘stlikni qadrlash 

g‘oyasi o‘z ifodasini topgan. Hayvonlar haqidagi ertaklarning keyingi turi ko‘proq 

ma’rifiy maqsadni amalga oshirish uchun yaratilgan. Otalar farzandlariga o‘z hayot 

tajribalaridan saboq berishlari kerak. Farzand o‘z oilasida katta bo‘layotgani sabab 

atrofida yashayotgan hayvonlar haqida ma’lumotga ega bo‘lmaydilar. To‘g‘ri, ular 

qo‘y, ot, echki, tovuq, eshakni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rganlar, muayyan tasavvurga 

egalar.  Ammo  bo‘ri,  ayiq,  ilon,  tulki,  burgutni  ular  bilmaydilar.  Shuning  uchun 

ertaklarda ularning hayot kechirish tarzi yuzasidan muayyan ma’lumotlarni berish 

lozim  bo‘ladi.  Bu  tasnifdagi  hayvonlar  haqidagi  ertaklarda  bo‘rining  vahshiyligi, 

odamga  hujum  qilishi  mumkinligi,  tulkining  ayyorligi,  laylak  tumshug‘ining 

uzunligi, kiyik dumining to‘mtoqligi izohlangan asarlar vujudga kelgan. Darvoqe, 

ilmiy  adabiyotlarda  ko‘rsatilishicha,  bunday  ertaklarning  asosiy  qahramoni 

sifatida,  ko‘pincha,  echki  ishtirok  etadi.  Bir  qator  ertaklarda  nima  uchun  qarg‘a 

qora,  kiyik  dumi  to‘mtoq,  musicha  ko‘kragi  nima  uchun  chakichlanganga 

o‘xshaydi kabi savollarga javob beriladi. Ular qatorida «Bo‘ri bilan tulki», «Kiyik 

bilan  kadi»,  «Xo‘roz  bilan  tulki»,  «Laylak  bilan  tulki»,  «Buzoq,  echki  va  qo‘zi» 

kabi namunalar bor. Masalan, «Kiyik bilan kadi» ertagida «Kadi kiyikni qo‘rqitadi. 

Kiyik  kadidan  o‘ch  olmoqchi  bo‘ladi  va  uni  dumiga  bog‘lab  cho‘ktiradi.  Kadi 

kiyikni  suv  tagiga  tortadi.  Kiyik  qirg‘oqqa  intiladi.  Oxiri  kiyikning  dumi  uzilib 

to‘mtoq  bo‘lib  qoladi.  Kiyik  dumi  kaltaligini  masxara  qilgan barcha kiyiklarning 

dumini  bir-biriga  bog‘lab  qo‘yadi-da,  «mergan  kelyapti»,  -  deb  qochadi.  Dumi 

bog‘langan  kiyiklar  ham  har  tomonga  qochadilar  va  dumlaridan  ayriladilar. 

Shunday  qilib,  kiyiklarning  dumi  to‘mtoq  bo‘lib  qolgan  ekan»  Ertaklarda 

bolalarning yosh xususiyatlari alohida e’tiborga olinadi. Voqealar qiziqarli, sodda, 

ixcham,  izchil,  qisqa  bayon  etilishi  talab  qilinadi.  Ba’zan  bu  maqsad  kulgili 

mazmunga ega holda bayon etiladi. Tulki bilan bo‘riga bag‘ishlangan ertaklarning 

birida go‘sht tishlab ketayotgan bo‘ridan tulki: «Bo‘rivoy, qaerdan kelayapsan?» - 

deb so‘raydi. Bo‘ri: «Popdan»,  - deb javob beradi va og‘zidagi go‘shtini tushirib 

yuboradi.  Ikkinchi  marta  xuddi  shunday  vaziyatda  tulki  yana  so‘raydi.  SHunda 



31 

 

bo‘ri:  «G‘ijduvondan»,  -  deb  javob  beradi.  Kulgili  vaziyat  ifodalangan  bunday 



ertaklarda,  bir  tomondan,  shunchaki  hazil  nazarda  tutilgandek  tuyiladi.  Ammo 

ularning zaminida odamlarning bir-biriga bo‘lgan munosabati aks etadi. Hayvonlar 

haqidagi ertaklarning yuqorida qayd etilgan uch turidan tashqari qahramonlarning 

ishtirokiga  ko‘ra  ham  muayyan  turlari  bor.  Xususan,  faqat  hayvonlargina  ishtirok 

etganlari,  hayvonlar  bilan  odamlar  ishtirok  etgani  va  h.z.  Xullas,  hayvonlar 

haqidagi ertaklar mazkur janr shakllanishidagi dastlabki namunalarni tashkil etgan. 

Ularda qadimgi ajdodlarimizning mifik dunyoqarashi o‘z ifodasini topgan. Keyingi 

namunalarda  odamlar  o‘rtasidagi  ijtimoiy,  maishiy  munosabatlar  majoziy  usulda 

o‘z  ifodasini  topgan.  Ularda,  asosan,  ko‘proq  tarbiyaviy  maqsadlar  nazarda 

tutilgan.  Va,  nihoyat,  bu  turdagi  ertaklarning  nisbatan  keyin  yaratilgan 

namunalarida  ma’rifiy  ma’lumot  berish  maqsadi  amalga  oshirilgan.   


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin