O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/40
tarix29.12.2021
ölçüsü0,98 Mb.
#48688
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40
boshlangich talimda xalq ogzaki ijodi ustida ishlash usullari.

    6 modul

Matnni tahlil qilish uchun savollar. 

- Ertak qahramonlari kimlar? 

-  Quyidagi  so‘zlar  kim  haqida  yozilgan:  xomush.  farzandi  yo‘q,  gul  urug‘i 

tarqattiribdi  (podshoh). 

-Yaxshi farzand topish yo‘lini ertak qahramonlaridan kim maslahat beribdi? 

(vazir) 

- Qanday yo‘l bilan rostgo‘y, aqlli bola tanlandi? 

- Keyin nima bo‘ldi? 

- podshoh gul urug‘ini nima qilgan ekan? 

- Quyidagi hikmatli so‘zlardan qaysi biri ertak mazmunini to‘ldiradi? 

1.Boshingga qilich kelsa ham rost gapir. 

2.Yolg‘onning umri qisqa. 

3.Boshingga nima kelsa tilingdan kelur. 

4.To‘g‘rilik baxt keltirar. 

(To‘g‘ri gapirgani uchun bola podshohga farzand bo‘ldi.). 

Markazlarda  ishlash. 

Sinf 


jamoasi 

5-7 


kishidan 

tahlilchilar,  o‘quvchilar,  tilshunoslar, 

tadqiqotchilar  (boshqalar  ham  bo‘lishi  mumkin)  kabi  guruhlarga  bo‘linib 

markazlarda ishlaydilar. 

O‘qish markazi: «Kitoblar olami». I guruh - o‘quvchilar. 

Topshiriq:  Ertakdagi  ko‘rsatilgan  qismni  o‘qib,  uni  tiklash  (Ertak 

kserokopiya  qilinib,  7  qismga  bo‘linadi.  Har  bir  qismi  kamalakning  bir  rangiga 



69 

 

mos  keladigan  rangdagi qog‘ozlarga  yopishtiriladi.  O‘quvchilar  bo‘lingan  matnni 



tiklab, to‘liq javobni va kamalak rangini hosil qiladilar). 

2 guruh - tahlilchilar. 

Topshiriq: ijodiy daftarda ishlash (matnga savollar qo‘yish) 

Yozuv markazi: «ijodiy ish». 

Har  bir  o‘quvchining  daftarida  qahramonlar  hislatlariga  tegishli  so‘zlar 

yozilgan:  farzandi  yo‘q,  xomush,  ko‘p  bolalarni  ko‘rdi,  gulsiz  tuvak  ushlab 

o‘tirgan bolakay. 

Topshiriq:  Qahramonlarga  taalluqli  xislatlarni  o‘qib,  kimga  tegishliligini 

ayting.  Ertak  qahramonlaridan  kimga  tegishli  gap  yo‘qligini  aniqlang  (vazirga 

tegishli gap yo‘q). O‘zingiz tanlang. 



Ilmiy-tadqqiqot markazi

Topshiriq: Ertakdagi qahramonlarga doir sifatlarni yozish va ularga taalluqli 

sifatlarni qahramon nomi bilan birga yozing. 

Natijada  quyidagi  jadval  hosil  bo‘ladi:  Xomush  podshoh.  Aqlli  vazir. 

Rostgo‘y bola. Yolg‘onchi bolalar. Gulsiz tuvak. Prezedentatsiya: 

Har  bir  markazdan  bir  bola  chiqib,  o‘z  ishlarining  yakuni  haqida 

so‘zlaydilar. 

O‘qituvchi:  

Qarang xattaxtamizda 

Hosil bo‘ldi kamalak.  

Quvonchimiz cheksizdir 

Chunki baxtlimiz  beshak!  




Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin