O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Ertak, maqol matnini o’qitishda  interfaol ta’lim



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/40
tarix29.12.2021
ölçüsü0,98 Mb.
#48688
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40
boshlangich talimda xalq ogzaki ijodi ustida ishlash usullari.

 

             2.2.Ertak, maqol matnini o’qitishda  interfaol ta’lim 

“O’qish  kitobi”dagi  turli  janrdagi  badiiy  asarlar  qurilishi,  uslubi  jihatidan 

o’ziga  xos  xususiyatlarga  ega  bo’lib,  ularning  o’quvchilarga  ta’siri  ham  har  xil 

bo’ladi. Tabiiyki, har bir janrga oid asar matni lingvistik jihatdan ham o’ziga xos 

xususiyatlarga  ega.  Masalan,  she’riy  asarlar  matni  hikoya  matnidan,  ertak  matni 

she’r  matnidan,  tubdan  farq  qiladi.  Topishmoqlarda  predmet,  voqea-hodisalar 

o’rtasidagi  o’xshashlikni  taqqoslash  orqali  o’zlashtirilsa,  maqollar  mazmuni 

hayotiy  misollar  vositasida  sharhlashni  taqozo  etadi.  Shunga  ko’ra,  turli  janrdagi 

badiiy  asarlarni  o’qishda  o’qituvchidan  unga  mos  usullar  tanlash  talab  etiladi. 

Boshlang’ich  sinflarda  oqish  darslarida  o’quvchilarning  nutqini  oshirish 

vositalaridan  biri  to’g’ri  uyushtirilgan  qayta  hikoyalardir.  Boshlang’ich  sinf 

o’quvchilari  uchun  ertak  matnini  qayta  hikoyalash  boshqa  janrdagi  asarlarni 

hikoyalashga nisbatan ancha oson hisoblanadi.  

Xalq  og'zaki  ijodida  ertak  janrining  bolalar  tomonidan  yaxshi  qabul  qilinib, 

qiziqib  o'qilishining  sabablaridan  biri  ertak  tilining  ta'sirchanligi,  o'tkirligi, 

ma'nodorligi va xalq tiliga yaqinligidir. Ertaklarning ko'pchiligida real hayot tasviri 

sarguzasht elementlar bilan qo'shilib ketadi. 

Ertakning  o'tkir,  maroqli  sujeti,  voqea  rivojidagi  favqulodda  ajoyib  vaziyat 

bolalarni  maftun  qiladi,  undagi  mard,  kuchli,  topqir,  dovyurak,  chaqqon 

qahramonlar, ertakning g'oyaviy yo'nalishi, unda ezgulik kuchining  yaxshilikning 




62 

 

doimo g'alaba qilishi bolalarni o'ziga tortadi. Ertakda qabul qilingan hikoya qilish 



shakli  bir  xil  so'z  va  iboralarning  qayta-qayta  takrorlanib  turishi,  ohangdorligi, 

tilining  ta'sirchanligi,  ifoda  vositalarining  jonliligi,  bolalar  uchun  juda 

qiziqarliligidir.  Ertakda  qatnashuvchilar  ko'pincha  rahmdil,  saxiy,  adolatli  hamda 

ularning aksi bo'lgan yovuz, baxil, ochko'z kishilar timsoli bo’ladi. 

Ertakning  pedagogik  qiymati  shundaki,  o'quvchilar  unda  to'g'rilik,  halollik 

g'alaba qilganidan, kambag'al kishilar qiyinchilikdan qutilganidan, ya'ni yaxshilik, 

ezgulik  ro'yobga  chiqqanidan  va  yomonlik,  vovuzlik  mahkumlikka  uchraganidan 

quvonadilar.  Ular  hayotda  ham  doimo  shunday  bo'lishini  istaydilar.  Masalan, 

„Halollik"  ertagida  (12.30)  asosiy  fikr  kambag'allarga  yordam  ko'rsatish,  o'z 

mehnati  bilan  hayot  kechirish  bo'lib,  bu  hatto  butun  xalq  istagi  ekanligi  g'oyasi 

ilgari  surilgan  bo‘lsa,  „Hiylagarning  jazosi"  ertagida  esa  (8.57)  soddadilning 

to'g'riligi  hiylagarning  makri  ustidan  g'olib  kelishi,  xiyonat  jazosiz  qolmasligi 

g'oyasi  ilgari  surilgan.  Har  ikki  ertak  ham  to'g'riso'zlilikning  g'alabasi  bilan 

yakunlanadi.  Bunday  g'alaba  maishiy  ertaklardan  tashqari,  sehrli  ertaklarda  ham 

ifodalangan. 

Ertak  bolalarda  qahramonlarning  xatti-harakatini  muhokama  qilib,  baholash 

ko'nikmasini  o'stirishi  bilan  birga  yaxshilikning  doimo  g'alaba  qozonishiga 

iShonch uyg'otadi. O'quvchilar ertakni tahlil qilish jarayonida „kishilardagi qanday 

sifatlar sizga yoqdi? (yoki yoqmadi?)", „Nima uchun?", „... nima uchun jazolandi? 

(yoki rag'batlantirildi?)", „Nima uchun ertakdagi ba'zi qahramonlarga hatto tabiat 

kuchlari  ham  yordam  beradi?  (yoki  ba'zilaridan  yuz  o'giradi?)"  kabi  savollarga 

javob topish jarayonida mushohada qiladilar, muhokama qilib  xulosaga keladilar. 

Boshlang'ich  sinflarda  hayvonlar  haqidagi  ertaklar  ko'proq  o'qitiladi. 


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin