O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/40
tarix29.12.2021
ölçüsü0,98 Mb.
#48688
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   40
boshlangich talimda xalq ogzaki ijodi ustida ishlash usullari.

       Rivoyatlar.  Bu  so‘z  arab  tilidan  olingan  bo‘lib  (ﺖﻴﺍﻭﺮ),  hikoya,  qissa 

ma’nolarini  ifolaydi.  Rivoyatlar  afsonalardan  hayotga  yaqinligi  bilan  farq  qiladi. 

Agar  afsonalarda  ro‘y  berishi  mumkin  bo‘lmagan  hodisalar  hikoya  qilinsa, 

rivoyatlardagi  voqealar,  ko‘pincha,  tarixiy  shaxslar,  taniqli  allomalar,  davlat 

arboblarining hayotlaridagi  muayyan  lavhalar  yuzasidan  xabar  beradi.  Ba’zan bir 

voqeani  eshitganimizda,  uning  aynan  ro‘y  berishiga  to‘liq  ishonamiz,  ba’zan 




43 

 

alohida  fantastik  tasvirdan  xoli  bo‘lsa  ham  hikoyaga  ishonmasligimiz  mumkin. 



Shuning  uchun  afsona  va  rivoyat  o‘rtasida  keskin  farqni  belgilash  qiyin  kechadi. 

Har holda ko‘p yillik tajribadan kelib chiqib aytish mumkinki, ishonilgan voqeani 

rivoyat,  ishonish  mumkin  bo‘lmaganini  afsona  deb  qabul  qilish  maqsadga 

muvofiqdir. Chunki mazmun, syujet tizimi jihatdan afsona va rivoyatlarning farqi 

bo‘lmaydi. Faqat rivoyatlar tarixiy dalil, isbot ildiziga ega hisoblanadilar.  Chunki 

rivoyatlardagi  voqealar,  ko‘pincha,  uning  ishtirokchisi,  guvohi  tomonidan  yozib 

qoldiriladi yoki og‘izdan og‘izga o‘tmishda ro‘y bergan hayratomuz lavha sifatida 

o‘tib  yashaydi,  ajdoddan  avlodga  madaniy  meros  tarzida  saqlanadi.  Rivoyatlar 

o‘zida aks ettirgan voqea bayoniga ko‘ra afsonalar kabi epik jinsga mansubdirlar. 

Ular  hajm  jihatdan  qisqa  bo‘ladi.  Matn  hajmi  qisqa,  ifodalangan  voqea  lavhalari 

son  jihatdan  chegaralangan.  Badiiy  tasvirga  ortiqcha  urg‘u  berilmaydi,  chunki 

ularda voqea bayoni ustuvor hisoblanadi.  

   Yurtimiz  tarixida  ro‘y  bergan  eng  qadimgi  ibratli  voqea  haqidagi  rivoyat 

eradan  avval  mustaqillik  uchun  jon  fido  qilgan  To‘maris  va  Shiroq  nomi  bilan 

bog‘liqdir. Shu o‘rinda aytish joizki, bu ikki go‘zal insonlarning mardligi aks etgan 

jasorat  tarixini  bir  olimlar  afsona,  ikkinchilari  rivoyat  deb  ataganlar.  Filologiya 

fanlari  doktori,  professor  Oxunjon  Safarov  o‘zining  “To‘maris  ko‘zlarida 

chaqnagan umid” maqolasida bu ikkilanishga ilmiy asosda chek qo‘ydi. Maqolada 

voqea  bayonining  rivoyat  janriga  mansub  ekani  isbotlab  berildi.  G‘ururlansa 

arziydigan  jihati  shundaki,  qadimgi  O‘zbek  yurtidagi  To‘marisning  Eron  shohi 

Kirga,  Shiroqning  Doroga  qarshi  qahramonligi  qadimgi  yunon  tarixchisi  Herodot 

(eradan  avvalgi  484-431/426  yillar  orasida  yashagan)  ning  “Tarix”,  yunon 

tarixchisi Poliyen (eradan avvalgi II asr) ning “Harbiy hiylalar” kitobida saqlanib, 

bizgacha  etib  kelgan.  Agar  bu  ikki  tarixchi  olim  asarlari  butun  dunyoga  mashhur 

ekanligini, eron shohlariga qarshi chiqqan vatanparvar shaxslar bizning ajdodimiz 

ekanini nazarda tutsak, Markaziy Osiyoda istiqomat qilgan elning dovrug‘i eradan 

avval  ham  shuhrat  qozongani  ma’lum  bo‘ladi.  To‘maris  Kirni  529  (e.a)  yilda 

mag‘lub  etadi  va  o‘ldiradi.  Shiroqning  yakka  o‘zi  513  (e.a)  yilda  Doro  qo‘shini 

ustidan  g‘alaba  qozonadi.  Agar  To‘maris  harbiy  san’ati  bilan  yurtini  asragan 



44 

 

bo‘lsa, Shiroq burun, quloqlarini kesib, go‘yo Doro tarafida bo‘lgani uchun o‘zini 



jazolangandek  qilib  ko‘rsatadi,  shoh  ishonchini  qozonadi  va  eron  qo‘shinlarini 

sahroda  adashtirib  maqsadiga  etadi:  yurtini  qonxo‘r  va  razil  dushmandan  xalos 

etadi.  Herodot  va  Polien  bergan  ma’lumotlar  tarixiy  asosga  ega  bo‘lgani  uchun 

bugun  ularni  rivoyat  tarzida  qabul  qilish  maqsadga  muvofiqdir.  Xalq  yodida 

qolgan  va  keyinchalik  rivoyatlarga  aylangan  ibratli  voqealar,  ko‘pincha,  buyuk 

insonlar hayoti bilan bog‘lanadi. Mana ulardan bir misol: “Ibn Sino har kuni betob

xasta  odamlarni  qabul  qilar  ekan.  Ammo  navbat  bir  yigitga  etib  kelganida,  uni 

chetlab o‘tar ekan. Kunlardan bir kun yigitning onasi u yotgan to‘shak yoniga bir 

kosa  qatiq  qo‘yib,  o‘z  yumushlari  bilan  band  bo‘libdi.  Yigit  kosadagi  qatiqqa 

tikilib yotsa, shipdan bir ilon tushib qatiqqa zaharini solibdi. Jonidan to‘ygan yigit 

alam  ustida  kosadagi  zaharlangan  qatiqni  jon-jahdi  bilan  ichib  yuboribdi.  Ammo 

bir oz o‘tmay o‘zini tuzuk seza boshlabdi. Soat o‘tgani sayin u sog‘ayibdi. Ertasiga 

ancha o‘ziga kelib, yana Ibn Sino qabuliga boribdi. Bu safar ham tabib uni chetlab 

o‘tibdi.  Ajablangan  yigit  unga  e’tiroz  bildiribdi.  Shunda  alloma:-  Siz  kecha  va 

avvallari  kelganingizda,  dardingizga  davo  yo‘q  edi.  Shuning  uchun  sizni 

ko‘rmagandim. Chunki men sizga qatiqni to‘shak yoniga qo‘yish, unga ilon zahar 

solishi,  bu  qatiqni  siz  ichishingiz  kerakligini  ayta  olmas  edim-da.  Ammo  taqdir 

sizga  bu  imkoniyatni  etkazdi.  Endi  sizga  tabibning  keragi  yo‘q.  Siz  mutlaqo 

sog‘siz. Shuning uchun sizni chetlab o‘tdim,  - debdi”. Rivoyat dunyoga mashhur 

alloma  Ibn  Sinoning  o‘z  ilmini  qanchalar  mukammal  egallaganini,  ayni  paytda, 

unda  har  bir  mijozdagi  o‘zgarishlarni  ziyraklik  bilan  kuzatish  qobiliyati  ham 

rivojlanganini bizga, keyingi  avlodlarga  ma’lum  qilish  maqsadida  yaratilgan.  Shu 

yo‘l  bilan  bizning  ongimiz,  dunyoqarashimiz,  kasbimizga  bo‘lgan  munosabatni 

ham  shakllantirishga  xizmat  qilishini  inkor  etolmaymiz.  Tarixiy  shaxslar  bosh 

qahramon bo‘lgan rivoyatlarda ularning ilmi, zakiyligi, nozik tabiati, ulug‘vorligi, 

kechirimliligi, har bir  ishni  sidqidildan  bajariShi, eng  muhimi,  Shaxsiy  manfaatni 

ko‘zlashdan uzoqligi va tamasizligi kabi fazilatlar ulug‘lanadi. Agar e’tibor qilsak, 

ularning har biri bizga insonning go‘zal siymosi, namunasi sifatida targ‘ib etiladi. 

Rivoyatlarning yana bir turi mahalliy hududlardagi o‘rin-joylarning nomiga oidligi 



45 

 

bilan  ajralib  turadi.  Muhimi  shundaki,  bunday  rivoyatlarda  asosiy  e’tibor 



tasvirlanayotgan voqeadagi fantastik jihatlarga emas, balki hayotni kuzatish, to‘g‘ri 

xulosalarga kelish, aqlni ishga solish fazilatlariga qaratiladi. Masalan: “Buxoro va 

Navoiy  oralig‘ida  katta  Malik  cho‘li  yastanib  yotibdi.  Uning  bir  qismini  O‘rta 

cho‘l,  tog‘  yon  bag‘rini  esa  Qarnob  cho‘li  ham  deb  yuritadilar.  Malikcho‘l 

elkasidan  esa  Zarafshon  oqadi.  Malikning  qoq  o‘rtasi  –  avtomobil  yo‘li  yoqasida 

Malik  darvozasi  va  yopiq  hovuz  xarobalari  saqlangan.  “Malik”  rivoyatini  bizga 

Qizil  tepaning  Kenagas  qishlog‘ida  yashovchi  mashhur  Saidmurod  Panoh 

baxshining o‘g‘li sakson yoshli usta Berdi ota aytib bergan edi:- Bir kuni Buxoro 

amiri faytunda Nurota, Karmana, Ziyodin, Sultonobodni aylanib kelib charchaydi-

yu,  cho‘lda  soyabon  o‘rnattirib,  dam  oladi.  Amirning  shotirlaridan  biri  Malik 

degich  yigit  ekan.  Amir  uxlab  qoladi.  Shu  paytda  Amirning  burnidan  bir  chivin 

chiqib, so‘ng suv to‘la kosa ustida turgan pichoq ustidan yurib o‘tib, sichqon iniga 

kirib  ketadi.  Bir  ozdan  so‘ng  chivin  sichqon  inidan  chiqib  keladi-da,  yana  o‘sha 

suv  to‘la  kosa  ustidagi  pichoqdan  yurib  o‘tib,  podshoning  burniga  kirib  ketadi. 

Malik botir bu hangomani ko‘rib hayratda qoladi-yu, nima qilarini bilmaydi. Amir 

bo‘lsa qattiq uxlagan, boshqa amaldoru xizmatkorlar ham chekkada dam olayotgan 

ekan.  Malik  o‘sha  chivinni  o‘ldiraman  desa,  amir  uyg‘onib  qolib  unga  qo‘l 

ko‘targanini ko‘rsa, tayinki,  boshi ketadi. Nihoyat, amir uyg‘onibdi. Malik uning 

qo‘liga suv quyibdi, amaldorlar davra quribdilar. Amir g‘aroyib tushini aytibdi: - 

Tushimda bir uzoq cho‘lga chiqib ketganmishman. Ancha yurib daryoga etibman. 

Daryo  ustida  temir  ko‘prik  bor  ekan.  Ko‘prikdan  narigi  sohilga  o‘tib,  bir  g‘orga 

kirib ketibman. G‘or ichida ikki xum tilla yotganmiSh. G‘ordan chiqib, ko‘prikdan 

o‘tib,  cho‘ldan  kechib  yana  taxtimga  kelib  o‘tiribman.  Tushimning  ta’birini 

aytinglar-chi,  ne  kori  hol  bo‘lar  ekan?  Amirning  hamrohlari  birisi  u,  birisi  bu 

deyishibdi.  Malik  dono  yigit  ekan,  u  sirni  bilibdi-yu,  o‘zini  kasalga  solib  yotib 

olibdi. “O‘zimga kelib olsam, sizlarga etib olaman”,  - debdi. Amir kishilari bilan 

jo‘nab ketibdi. Malik darrov ketmon olib, o‘sha chivin kirib chiqqan sichqon inini 

kavlashga  tushibdi.  Haqiqatan  u  yerda  ikki  xum  tilla  bor  ekan.  Malik  tilladan  bir 

xaltasini  olib,  ahli  nomdor,  dongdor  ustalarni  boshlab  kelib,  shu  erga  qishloq 



46 

 

qurdiribdi, hovuzlar bunyod etibdi. Ana o‘shandan buyon cho‘lni “Cho‘li Malik” 



deb atashibdilar”. Rivoyatlar haqida aytilgan fikrlardan shunday xulosalarga kelish 

mumkin:  

1. Rivoyatlar  afsonalardan  farqli  ravishda  bevosita  hayotda  bo‘lishi  mumkin 

bo‘lgan voqealarga asoslanadi. 

     2.  Ular  mavzu  jihatdan  turlarga  bo‘lingan  holda  yo  biron  tarixiy  shaxs  ha-

yotidagi ibratli voqeani bayon etadi, yo geografik o‘rin-joyning nomini izohlaydi. 

      3.  Rivoyatlarda  badiiy  tasvirdan  ko‘ra  ro‘y  bergan  voqeani  qisqa  va  ixcham, 

sodda  va  ravon  tarzda  bayon  qilishga  ko‘proq  e’tibor  beriladi.  Aslini  olganda, 

aynan shu fazilatlar rivoyatlarning badiiyligini belgilaydi. 

      Maqol.  Maqollarni  kishilar  ko‘pincha,  o‘zaro  suhbatda,  bir-birlari  bilan 

gaplashganlarida  ishlatadilar.  Maqol  ibratli  so‘zdir.  Shunday  so‘zki,  so‘zga  husn 

beradi, fikrni tushunib olishni osonlashtiradi, uni yorqin, ta’sirchan qiladi. Shuning 

uchun  ham  maqol  odamlar  nutqida  har  doim  hamroh  bo‘ladi.  Kimki  uni  ko‘p 

ishlatsa, o’shanmg nutqini shirali deydilar va diqqat bilan eshitadilar.  

 «Maqol»,  aslida  arabcha,  «so‘z»  degan  ma’noni  bildiradi.  Uni  «otalar  so‘zi» 

ham  deydilar.  Bunday  nomlash  maqolni  tushunishni  osonlashtiradi.  Haqiqatan 

ham,  u  ota-bobolarimizning  qadim-  qadimlardan  ishlatib  kelgan  so‘zlari.  Shu 

paytgacha eskirmay kelgan, unutilmagan so‘zlaridir. 

Zamon  o‘tishi  bilan  ko‘p  so‘zlar  eskiradi,  o‘rniga  yangisi  keladi.  Vaqti  kelib, 

o‘sha yangisi ham o‘zgaradi, o‘rniga boshqasi keladi. Masalan, «qo‘l»ni bir vaqtlar 

«al»  deyishgan.  Hozir  buni  yoshlar  emas,  kattalar  ham  tushunmaydilar.  Til-

adabiyot  bilan  shug‘ullanuvchilargina  biladilar.  «Dunyo»ni  «ochun»,  «kitob»ni 

«bitik»  der  edilar.  Ko‘ryapsizki,  hamma  narsa  o‘zgarishda  ekan.  Maqollar  ham 

o‘zgaradi, lekin juda sekin o‘zgaradi. So‘zlari o‘zgarganda ham maqsadi, mazmun-

mohiyati o‘zgarmaydi. 

Maqol  ota-bobolarimizning  uzoq  yillar  davomida  ko‘rgan  –  kechirganlari, 

tajribalari asosida kelgan xulosa so‘zlaridir.  Masalan, «Ona yurting omon bo’lsa, 

rangi  ro‘ying  somon  bo‘lmas»,  deymiz.  Bu  so‘zlar  zamirida  vatanidan  ayrilib, 

musofirliknmg  achchiq  alamlarini  tortgan  kishining,  begona  yurtlarda,  notanish 




47 

 

odamlar  orasida  vatansizlikdan  rangi  ro‘yi  somon  (sariq)  bo‘lgan  kiShining 



achchiq iztiroblari yotibdi. Yo bo‘lmasa, «0‘zgalar yurtida sulton bo‘lguncha, o‘z 

elingda  cho‘pon  bo‘l»  degan  maqolni  oling.  Bu  so‘zlar  tagida  ham  achchiq 

tajribalar,  boshdan  kechirishlar  yotibdi.  Beixtiyor  shoh  va  shoir  bobomiz  Bobur 

yodga  tushadi.  Hindistonday  katta  mamlakatga  podshohlik  qilgan  kishi 

yurtdoshlari  Andijondan  qovun  olib  borganlarida  yig‘lagan  edi.  Haqiqatan  ham, 

Vatan mehridan kuchli narsa dunyoda yo‘q. 

Maqol  yana  qanday  belgi-xususiyatlarga ega bo‘ladi? 

Maqolda fikr aniq, xulosa tugal, ifoda lo‘nda bo‘lishi lozim. Va, albatta, ibratli 

fikr  aytilishi  talab  etiladi,  bu  ibratli  fikr  hukm  shaklida  bo‘lishi  kerak.  Bularning 

hammasini yuqoridagi misollarda ko‘rish mumkin. 

Ko‘plab  maqollarda  ichki  qofiya  bo‘ladi.  Masalan,  yuqoridagi  lkki  misolning 

birinchisida «omon» bilan «somon», ikkinchisida «sulton» bilan «cho‘pon» o‘zaro 

ohangdosh,  ya’ni  qofiyadoshdir.  Shu  jihatdan  ular  topishmoqlarga  o‘xshab 

ketadilar. Masalan, «Pak-pakana bo‘yi bor, yetti qavat to‘ni bor», desak, bu yerda 

ham  «bo‘yi»  va  «to‘ni»  so‘zlari  qofiyadosh.  Shunga  qaramay,  u  maqol  emas. 

Chunki unda xulosa yo‘q. Hukm yo‘q. Unda sirlilik bor. Unda hamma so‘zlar bir 

narsani bekitishga qaratilgan. U narsaning belgilari berilyapti, xolos. Maqolda esa, 

aksincha, xulosa beriladi. 

Maqol she’riy shaklda ham bo‘lishi mumkin. 

Masalan: 

Oltovlon ola bo’lsa, 

Og‘zidagini oldirar. 

To’rtovlon tugal bo’lsa, 

Tepadagini endirar. 

Maqol birlik, o‘zaro ittifoqlik haqida. Ifodaga kelsak, «oltovlon» ko‘pchilikni

;

 



«to‘rtovlon»  ozchilikni  anglatyapti.  «0la  bo‘lmoq»  noahillikni,  «tugal  bo‘lmoq» 

ahillikni bildirmoqda. «Og‘zidagini oldirmoq» bor narsalarini boy berib qo‘ymoq, 

«tepadagini  endirmoq»  qiyin,  murakkab  ishlarni  ham  osongina  hal  qilmoq 

ma’nolarini anglatyapti. 




48 

 

Maqolda  o‘sha  xalqning  tarixi,  urf-udumi,  turmush  tarzi,  fe’l-atvori,  ruhiyati, 



qo‘yingki, butun borlig‘i aks etadi.  Shunga ko‘ra, maqollar xilma-xil mavzularda 

bo‘liShi  mumkin.  Masalan,  do‘stlik,  vatan,  mehnat,  ilm-hunar  egallash,  botirlik, 

saxovat, adolat va hokazo. 

Maqollarda ko‘pincha so‘zlar ko‘chma ma’noda ishlatilgan bo‘ladi. Ularni o‘z 

ma’nosida  tushunsak,  kutilgan  ma’no  chiqmaydi.  Masalan,  «Yer  haydasang,  kuz 

hayda, kuz haydamasang yuz hayda» maqolidagi so‘zlar o‘z ma’nosida qo’llangan. 

Lekin  «Qazisan,  qartasan  -  axir  aslingga  tortasan»,  «0lmaning  tagiga  olma 

tuShadi»,  «Qarg‘a  qarg‘aning  ko‘zini  cho‘qimaydi»  kabi  ma’no  jihatidan  bir- 

biriga juda yaqin bo‘lgan maqollarda so‘zlar o‘z asl ma’nosida emas. Ularda gap 

aslida  «qazi-qarta»,  «olma»,  «qarg‘a»  haqida  emas,  odam  va  uning  fe’l-atvori 

haqida. Shuning uchun ham ular ko‘chma ma’noda ishlatilmoqda deymiz. 

Xalq  maqollari  -  boyligimiz.  Ota-bobolarimizning  siz  bilan  bizga  qoldirgan 

xazinalaridan  biridir.  Ularni  izlab  topishimiz,  sevib  o‘rganishimiz  lozim.  Kerak 

o‘rinlarda  foydalanishni  odat  qilishimiz  darkor.  Shunda  ular  butun  umrimiz 

davomida  hamrohimiz  bo‘ladi.  Har  bir  gapirgan  gapimizning  salmog‘i  oshadi. 

Sermazmun, ta’sirchan, keskir bo‘ladi.  



       Topishmoq.  Barcha  xalqlar  og‘zaki  ijodining  eng  sevimli,  qiziqarli  va  o‘ziga 

xos turi topishmoqlar hisoblanadi. Topishmoqlarni ba’zan «topmacha», «jumboq», 

«matal» deb atashgan. Topishmoqlarning quyidagi janr xususiyatlari bor: 

1. Hajm jihatdan qisqa va ixcham. 

2. Shaklan she’riy, nasriy ko‘rinishga ega. 

3. Yaratilish maqsadida matnda yashiringan narsani topish vazifasi qo‘yiladi. 

4.  Mazmunida  hayvonot,  o‘simlik,  koinot,  maiShiy  hayotdagi  narsalarning 

xususiyatlari yashirin tarzda ifodalanadi, uni topiShga da’vat etiladi. 

5.  Topilishi  lozim  bo‘lgan  narsa,  ko‘pincha,  bitta,  ba’zan  ikki  va  undan  ortiq 

miqdorga ega bo‘ladi. 

6.Topishmoqlarda  qo‘llangan  asosiy  badiiy  san’at  istiora  (metafora) 

hisoblanadi. Topishmoqlarda topilishi lozim bo‘lgan narsaning shakli, hajmi, rangi, 

vazifasi va shu kabi xususiyatlari haqida ma’lumot beriladi. Topishmoq hammabop 



49 

 

ommaviy  janrdir.  Ularda  xalq  hayotining  barcha  qirralari  -  turmush  madaniyati, 



urf-odatlari  va  boshqa  jihatlari,  inson  va  uni  o‘rab  olgan  olam  o‘xshatishlar, 

taqqoslashlar,  savollar  vositasida  ifodalanadi.  Topishmoqda  yashirin  ma’no 

ko‘pincha  majoziy  shaklda  keltiriladi,  aniqrog‘i,  narsa  nomi  biron-bir  qush, 

hayvon, buyum, o‘simlikka qiyoslangan holda beriladi. Topishmoqni yechmoqchi 

bo‘lgan  kishi  unda  keltirilgan  ko‘chma  belgilarini  xayolida  mantiqan  solishtiradi 

va  uni  hayotdagi  belgilarga  to’g‘ri  kelishiga  qarab  javobni  topadi.  Topishmoq, 

avvalo,  aqlni  chiniqtiradigan,  ayniqsa,  bolalarni  yoshlikdan  mantiqiy  fikrlashga 

undaydigan  tarbiya  vositasi  bo’lsa,  ayni  paytda  ko‘ngilochar  o‘yin  ham 

hisoblanadi.  Topishmoqni  aytilgan  vaqtda  yecha  olmagan  kishi  «jazolanadi». 

Topishmoqning javobi uchun «shahar» yoki «qishloq» beradi. 

Topishmoqlar  kishining  tasavvuri  va  tafakkurini  o‘stiradi,  ayniqsa,  bolalarni 

topag‘on bo’lishga, hozirjavoblikka  o‘rgatadi. 

Topishmoqlar  nasriy  va  she’riy  shaklda  ixcham,  sodda  va  ravon,  qofiyali 

uslubda  to’qiladi.  Ular  o‘zida  yashiringan  predmetlar  miqdoriga  qarab  bir  va  bir 

necha  misrali  bo’lishi  mumkin.  Topishmoqlarda  narsalarning  sifati,  belgilari, 

o‘xshashligi, mayda unsurlari batafsil ta’rif qilinadigan bo’lsa, ular ikki, uch, to‘rt 

va  undan  ko‘p  misralarda  ifodalanadi.  Bulardan  tashqari  qochiriqlar,  ramziy 

obrazlar,  mubolag‘ali  so‘zlar  ko‘paygan  sari  topishmoqlar  hajmi  oshib  boradi. 

Topishmoqlarda  o‘xshatish,  sifatlash,  mubolag‘a,  kichraytirish,  metafora,  jonlan- 

tirish kabi badiiy tasvir vositalari va usullaridan keng foydalaniladi. 

Topishmoqlar  tuzilishiga  ko‘ra  bir  yoki  bir  necha  predmetli  bo‘lishi  mumkin. 

Masalan,  «Qoziq  ustida  qor  turmas»  (tuxum).  Ushbu  topishmoqda  bir  predmet  - 

tuxum  o‘zining  rangiga  ko‘ra  qorga,  shakli  jihatidan  o‘tkir  uchli  narsa  «qoziq» 

ustida  turolmaydigan  suyri  (ellips)ga  o‘xshatilyapti.  «0‘zi  bir  qarich,  soqoli  qirq 

qarich»  (igna)  topishmogi  ham  bir  predmetli  bo’lib,  ignani  anglatadi.  Undan 

o’tkazilgan  uzun  ip  soqolga  o‘xshatilyapti.  Topishmoqlarning  bir  necha  predmet 

yashiringan turlari ham bo‘ladi. Masalan, «Bir daraxtda o‘n ikki  shox, har shoxda 

o’ttiz yaproq - bir yog‘i qora, bir yog‘i oq» topishmog‘ining javobi yil (daraxt), o‘n 




50 

 

ikki oy (shox), o’ttiz kun (o‘ttiz yaproq), o’ttiz kecha va kunduz (bir yog‘i qora, bir 



yog‘i oq). 

Topishmoq  shunday  ajoyib  janrki,  unda  g‘ayritabiiy  tuyulgan  narsa  aslida  siz 

bilan  biz  kundalik  hayotda  ko‘rib-bilib  turgan  narsa  bo’lib  chiqadi.  «Teg  desa 

tegmaydi, tegma desa tegadi» (lab) yoki 

«Chin qushim, chinni qushim, 

Chin tepaga qo‘ndi qushim, 

Tumshug‘ini yerga berib, 

Xalqqa salom berdi qushim». (Choynak) 

Topishmoqlar  xalq  og‘zaki  ijodining  boshqa  janrlari,  jumladan,  doston  va 

ertaklar ichida ham uchraydi. Ular doston va ertaklar mazmunini boyitib, ularning 

qiziqarliligini, o‘qishliligini ta’minlaydi. Agar esingizda bo’lsa, doston yoki ertak 

qahramonlari  bir-birlarining  aqli  va  farosatini  topishmoqlar  orqali  sinaydilar.  Bu 

hodisa  ko‘proq  ertaklarda  uchraydi.  Topishmoq  qatnashadigan  ertaklar  ikki  xilda 

bo‘ladi: Birinchisi, topishmoqli ertak bo’lib, bunda topishmoq ertak ichida keladi. 

Ikkinchisi,  ertak-topishmoq  hisoblanib,  undagi  asar  voqealari  topishmoq  asosida 

qurilgan bo‘ladi. 

Topishmoqlar  mavzu  jihatdan  rang-barang  bo’lib,  ular  olam  va  odam  bilan 

bog‘liq  barcha  narsa  va  hodisalami  qamrab  oladi.  Masalan,  tabiat  hodisalari,  yil 

fasli  va  mavsumlar, hayvonot  dunyosi, odam,  uning  a’zolari  va  xislatlari, mehnat 

va  o‘quv  qurollari,  cholg‘u  asboblari,  turar  joy,  uy-xo‘jalik  asboblari,  qurol-

yarog‘lar  haqida  bo‘liShi  mumkin.  Bundan  tashqari  topishmoqlar  o‘zining 

yaratilish davriga ko‘ra an’anaviy topishmoqlar va yangi, zamonaviy topishmoqlar 

sifatida  bir-biridan  farqlanadi.  An’anaviy  topishmoqlar  zamirida  xalqimizning 

tarixi,  qadriyatlari  aks  etgan  bo’lsa,  zamonaviy  topishmoqlarda  kundalik 

turmushimizdagi  o‘zgarishlar,  fan  va  texnika  yutuqlari  o‘z  ifodasini  topgan. 

Masalan:   Bir parcha patir, Olamga tatir. (Oy); Zar gilam, zar-zar gilam, Ko‘taray 

desam,  og‘ir  gilam.  (Yer);  Teg  desam,  tegmaydi,  Tegma  desam,  tegadi.  Kel,  kel 

desam, kelmaydi.  Kelma desam, keladi. (Lab);,  Yer tagida oltin qoziq.(Sabzi) 




51 

 

       Maqol va topishmoqlar, o‘zlarining o‘xshash va farqli jihatlaridan qat’i nazar, 

inson tarbiyasiga xizmat qiladi. 


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin