O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/40
tarix29.12.2021
ölçüsü0,98 Mb.
#48688
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40
boshlangich talimda xalq ogzaki ijodi ustida ishlash usullari.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


55 

 

II BOB. BOSHLANG’ICH SINF O’QISH DARSLARIDA XALQ 



OG’ZAKI  IJODI ORQALI O’QUVCHILAR NUTQINI O’STIRISH 

YO’LLARI 

2.1 Boshlangich sinflarda xalq og’zaki ijodining tarbiyaviy ahamiyati 

 

Ma’naviyat  qadim  zamonlardan  inson  dunyoqarashini,  xatti-harakatini, 



jamiyatda  tutgan  o‘rnini,  xalqqa,  vatanga,  atrofidagi  odamlarga  bo‘lgan 

munosabatini  boshqaruvchi  omil  hisoblanadi.  Ma’naviy  qashshoq  kimsa  hayotda 

ro‘y  berayotgan  voqealarga  loqayd  bo‘ladi.  Loqaydlik  esa  tuzatib  bo‘lmas 

oqibatlarga  olib  keladi.  Ma’naviy  qashshoq  odam  uchun  Vatan,  xalq,  oila  kabi 

muqaddas  tushunchalar  yot.  Shuning  uchun  keksa  avlod,  avvalo,  farzandning 

ma’naviy  dunyosini  shakllantirish  chorasini  rejalashtirgan.  Aslini  olganda,  xalq 

dostonlari, ertaklari, qo‘shiqlari, maqollari va boshqa o‘nlab janrdagi asarlar yosh 

avlodning ma’naviyatini boyitish, uni haqiqiy inson darajasiga yetishini ta’minlash 

maqsadini  nazarda  tutgan  holda  yaratilgan.  O‘tgan  asrgacha  bugungi  kundagi 

matbuot, o‘quv dargohlari, madaniyat markazlari, radio, televidenie, internet kabi 

ta’lim,  ma’rifat  tizimi  bo‘lmagan.  Bu  vazifalarni  bajarish,  asosan,  xalq  og‘zaki 

ijodi zimmasiga yuklatilgan. Natijada, xalq og‘zaki ijodi xalq pedagogikasi zami-

nini tashkil etgan.  

To‘g‘ri, umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinflarida ham xalq og‘zaki 

ijodidan namunalar beriladi . 

Ma’lum  bo‘ladiki,  madaniyat,  san’at,  til  xalqning  xalq  sifatida  ravnaq 

topishining  bosh  omili  ekan.  Xalq  ijodi  esa  madaniyat,  san’at,  tilning  asosini 

tashkil  etuvchi  tarkibiy  qismdir.  Shuning  uchun  ham  1997-yilda  qabul  qilingan 

O‘zbekiston  Respublikasi  “Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi”da  “Ma’naviy-

axloqiy tarbiya  va ma’rifiy ishlar” alohida bo‘lim sifatida tasdiqlanishi bejiz emas. 

Unda yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy madaniy-

tarixiy  an’analariga,  urf-odatlari  hamda  umumbashariy  qadriyatlarga  asoslangan 

samarali  tashkiliy,  pedagogik  shakl  va  vositalari  ishlab  chiqilib,  amaliyotga  joriy 

etilishi ta’kidlanadi. 




56 

 

      Qadimdan  ota-bobolarimiz    o`z  orzu-umidlarini  turmush  haqiqatlari  bilan 



uyg`unlashtirgan  holda  go`zal  mo`jizakor  manzaraga,  sodda  va  o`ta  teran 

mazmunga  ega  ertaklarni  yaratganlar.  Hayot  haqiqati  va  kishilarning  ruhi, 

psixologiyasini  o`zida  aks  ettirgan  ertaklarning    badiiy  kuchi  hanuzgacha  kattalar 

va  kichiklar  uchun  ham  birday  qiziqarli,  jozibali  xalq  kitobi  sifatida  ta`sir  etib 

kelmoqda.           

Ertaklar  –  yaxshilikka  yetaklar,  deb  xalqimiz  bejizga  aytishmagan.  Ertak-

larning  tarbiyaviy  ahamiyati  katta.  Ertaklarda  voqealar  asosan  mo`jizali  tarzda 

ifodalanadi.  Binobarin,  mo`jiza  yoki  fantaziya  voqea  va  hodisalarni  hayot  bilan 

bog`lab,  haqiqat,  ozodlik,  to`g`rilik,  odamiylik    kabi  didaktik  g`oyalarni  tashviq 

etadi,  syujet  rivojiga  kuch  bag`ishlaydi,  tinglovchi  e`tiborini  o`ziga  jalb  qilib, 

ajoyibotlar olamiga olib kiradi, shirin tuyg`ular dunyosiga g`arq etadi. 

Umumlashtirilgan holda ertakka xos quyidagicha ta`rif e`tirof etilgan: “Hayot 

haqiqati bilan bog`liq bo`lib, fantastik hamda hayotiy uydirmalar asosiga qurilgan, 

didaktik g`oya tashuvchi og`zaki hikoyalar ertak deb ataladi.” 

Darhaqiqat,  ertaklar  bolalarga  mo`ljallangan  ijod  turi  bo`lib,  ularni  tuzilishi 

jihatidan bolalarning yosh xususiyatiga ko`ra quyidagicha tasniflash mumkin:  

Kichik yoshdagi bolalar ertaklari (2  yoshdan 6 yoshgacha); 

O`rta yoshdagi bolalar ertaklari    ( 7 yoshdan 11 yoshgacha); 

O`smir yoshdagi bolalar ertaklari  ( 12 yoshdan  16 yoshgacha). 

Kichik yoshdagi (2 yoshdan 6 yoshgacha)  bolalarga aytiladigan  ertaklarning 

voqeasi juda sodda, ishtirok etuvchi  ertak qahramonlari va personajlarining  ham 

soni  3-4  nafardan  oshmaydi.  Ularning  ham  aksariyati  bolalarga  tanish  uy 

hayvonlari,  parrandalari,  qushlar  yoki  o`rmon  hayvonlari,  Shuningdek,  oila 

a`zolariga  o`xshagan  nomlari  tanish  (ota-ona,  bobo-buvi,  tog`a  va  shu  kabi) 

kishilardan iborat. Bunday ertaklar xususan, bolalarni ovutish, fikrini biror narsaga 

jalb  qilish,  biror  foydali  odatga  o`rgatish,  ularga  notanish  hayvonlarning  o`zini, 

xarakterini tanishtirish maqsadida aytiladi. Masalan, “Qarg’avoy”, “ Ur, to’qmoq”, 

“Oltin  tarvuz”  kabi  ertaklarda  go`dakning  olamdagi  mavjudotni  ongli  ravishda 

anglab  borishiga  yordam  beradi.  Chunki  bola  atrof-muhit  bilan  tanisha  boshlashi 




57 

 

mobaynida  dastlab  hayvonlarga  juda  qiziqib,  sinchkov  nazar  tashlaydi,  ko`rgan 



hayvonlaru  parrandalarni  ushlab  ko`rishga  intiladi.  Sababi,  bolaning  aksariyat 

o`yinchoqlari  hayvonlar  shaklidan  iborat.  Bu  yoshdagi  bolalarga  ertak  voqeasi   

tovush tembriga ko`ra ohang yordamida, ko`z, qo`l, gavda harakatlari orqali hikoya 

qilinadi.  Shuningdek,  ertak  aytuvchi    bolalarning  diqqatini  bir  joyga  to`plash, 

qiziqtirish va tinglashga tayyorlash uchun  ertak oldi deb atalmish an`anaviy qolip 

jumlalardan  foydalanishi  zarur.  An`anaviy  qoliplardan  biri  bu  boshlamadir. 

Boshlanma ertakning dastlabki qismini ta`riflaydi. Ertaklarda an`anaviy  boshlama 

voqeaning  qay  vaqt  bo`lib  o`tganini  bildirmaydi,  noaniq,  umumiy  tarzda 

ifodalaydi.  Ertak  aytuvchi  kichik  va  o`rta  yoshdagi  bolalarga  mo`ljallangan  har 

qanday  ertaklarni  tinglovchi  diqqatini  tezda  o`ziga  jalb  qilishi  uchun    “Bir  bor 

ekan, bir  yo`q  ekan, och  ekan, to`q  ekan, bo`ri bakovul  ekan, tulki  yasovul  ekan, 

qarg`a  qaqimchi  ekan,  chumchuq  chaqimchi  ekan,  g`oz  karnaychi  ekan,  o`rdak 

surnaychi  ekan,  tovuq  qoq  etdi,  bilmadim  qaqqa  ketdi”  –  tarzida  an`anaviy 

boshlama qolipdan foydalanishi maqsadga muvofiqdir.  

      O`rta  yoshdagi    (7  yoshdan  11  yoshgacha)  bolalar  ertaklari.  Bu  yoshdagi 

bolalarning  xotirasi,  fikrlash  doirasi    ancha  takomillashgan  bo`lib,  ular  oila, 

turmush  haqida  qisman  tushunchaga  ega  bo`ladilar.  Ularga  yanada  fikran 

chuqurroq, biroz bo`lsa-da o`ylab, xulosa chiqarishga undaydigan ertaklar tavsiya 

etiladi.  Bu yoshdagi bolalar ertaklarining hajmi ham kattalashib boradi, mazmun-

mohiyati  kengayadi,  sodda  fikrlar  sekin-asta  chuqurlashadi,  bolalar  voqea-

hodisalarning  ikkinchi  -  ko`chma  ma`nolarini  ham  anglay  boshlaydilar.  Bu 

yoshdagi  bolalar  majoz  asosiga  qurilgan  hayvonlar  haqidagi  ertaklar  va    ixcham 

syujet  asosiga  qurilgan  sehrli    ertaklarga  juda  qiziqadilar.  Masalan,  “Maymun  va 

duradgor”(16. 60) ertagida o’ziga aloqador bo’lmagan ishga aralashishning oqibati 

nima  bo’lishi  aytilsa,  “Rostgo’y    bola”  (16.  62)  “Uch  o’g’il”  (16.66)  ertagida 

to’g’risozlik, rostgo’ylik  g’oyasi ilgari surilgan.  

     Bunday ertaklar bolalarga qorong`i va yorug`lik, sovuqlik va issiqlik, yomonlik 

va yaxshilik, yolg`on so`z va to`g`ri  so`z, zulm va adolat haqidagi tushunchalarni 

anglatish bilan birga, yaxshi va yomon kishilar obrazlarini  ham yaqqol tasvirlaydi. 



58 

 

Tashqi  dunyo  bolalarning  ko`z  o`ngida  kengayib,  oddiy  tasvirlar,  voqea  – 



hodisalarning sodda holatlari murakkablashib boradi. 

       Ertaklar, avvalo, bolalarning jonivor hayvonlarga, parrandalarga bo`lgan qizi-

qishi, mehrini oshirsa, ikkinchidan,mehnat orqali farovon, tinch, osoyishta turmush 

kechirish  mumkinligi  uqtiriladi.  Ertaklarning  yakuni  qissadan  hissa  chiqarishga 

undaydi. Ya`ni, “ Yaxshilik qilsang – yaxshilik topasan, yomonlik qilsang – jazo 

olasan”, “Mehnat qilsang-rohat ko`rasan”,“Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo`lar 

chiroylik”  kabi  maqollarning  ma`nosi  izohlansa,  bolalar  har  bir  o`qigan  ertak-

larining  xulosasini  maqollar  bilan  izohlashga  harakat  qiladilar.  Bu  bolalarning 

tafakkurini  charxlash  bilan  birga,  ko`proq  maqollar  yod  olishiga  ham  yordam 

beradi.  

  O`smir  yoshdagi  (  12  yoshdan    16  yoshgacha)  bolalar  ertaklari.  Bu  davr 

yoshidagi  bolalarda  katta  ishlarni  amalga  oshirish,  qahramonliklarga  intilish, 

fantaziyaga qiziqish yuqori bo`ladi. Ular ko`proq aql va tafakkurni charxlaydigan, 

bahodirlik, afsonaviy, sarguzasht  xarakterdagi ertaklarni qiziqib, sevib o`qiydilar. 

Ertak qahramoni aql bilan ish tutib, qiyin jumboqlarni yechadi, tadbir bilan ish 

tutib,  dahshatli  kuchlarni  yengadi.  Masalan,  “Susambil”,  “Uch  og’a-ini  botirlar” 

ertaklarida  sujet  tuzilishi  ixcham  voqea  va  hodisalardan  iboratligi,  sodda 

ifodalanishi o`qimishlilikni ta`minlaydi. Ma’lum  bo‘ladiki, qahramon  ismi  berilsa 

ham,  berilmasa  ham  asosiy  maqsad  ertakdagi  hikoya  qilinayotgan  voqea  oddiy 

maishiy  turmush  sharoitida  kechganini  ta’kidlashdan  iborat  bo‘ladi.  Keyingi 

maqsad  asar  ishtirokchilari  boshidan  kechirgan  turmush  lavhalari  vositasida  yosh 

avlodning  barkamol  inson  bo‘lib  etishuvi  uchun  tarbiyaviy  zamin  hozirlashdan 

iboratdir. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida mo‘ysafid ota o‘z o‘g‘illarini qo‘rqmas, 

jasur  qilib  o‘stiradi.  O‘z  farzandlarini  baxt  topish  safariga  otlantirar  ekan,  ularga 

uchta maslahat beradi: «To‘g‘ri bo‘ling, bexavotir bo‘lasiz. Maqtanchoq bo‘lmang, 

uyatga  qolmaysiz.  Dangasa  bo‘lmang,  baxtsiz  bo‘lmaysiz».  Bu  pand  mohiyatini 

tahlil  qilsak,  hayotga  tayyorlanishi  lozim  insonning  haqiqiy  amal  qilishi  kerak 

hisoblangan fazilatlar aks etganiga ishonch hosil qilamiz. 




59 

 

Bu  ertaklarda  tarbiyaviylik,  ma`naviy  yetuklik,  komillik,  odamiylik,  fikran 



teranlik ustivor darajada tavsiflanadi.  

Rivoyatlar  mazmun  yo‘nalishiga  ko‘ra  tarixiy  voqelar,  ularda  ishtirok  etgan 

shaxslar  jasorati  yoki  xiyonati  asosida  yoki  yurtimiz  viloyatlaridagi  o‘rin-

joylarning  nomlanishini  izohlash  maqsadida  yaratilgan  turlarga  bo‘linadi.  Tarixiy 

rivoyatlarda To‘maris, Shiroq, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Amir Temur 

kabi  yurti  ozodligi  va  mustaqilligi  uchun  jonini  qurbon  qilgan  el  farzandlari 

mardligi,  shu  bilan  birga  o‘zining  o‘tkinchi  hirsiy  nafsi  yo‘lida  vataniga  xiyonat 

qilgan  Dalvarzin,  Guldursunga o‘xshagan  xiyonatkor shaxslar kirdikorlari hikoya 

qilinadi.  Mard,  jasurlarning  ishlari  ham,  xoinlarning  xiyonati  ham  unutilmaydi. 

O‘zbekiston  –  dunyoda  o‘zining  ilmiy  kashfiyotlari,  fan  rivojiga  qo‘shgan 

hissalari,  badiiy  ijodda  yaratgan  asarlari  bilan  mashhur  farzandlar  yurti.  Imom 

Buxoriy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug‘bek, Navoiy, Behzod, Boburdek ulug‘ insonlar 

nomini sharaflovchi o‘nlab rivoyatlar xalq qalbida saqlanib kelmoqda. Masalan, 3-

o’qish darsligidagi “Ibn Sinoning shogirdlari” (12.128) rivoyatida bilimdonligi va 

donoligi,  “Bobur  va  kabutar”  (12.60)  rivoyatida    Boburning    ziyrakligi  alohida 

ta’kidlab ko’rsatilgan. 

        Maqol  va  topishmoq  -  bu  ikki  tushuncha  inson  tafakkurining  shakllanishida 

katta  ahamiyatga  ega.  Maqollar  insonni  axloq-odobga  o‘rgatsa,  topishmoqlar  uni 

mantiqiy  fikrlashga,  topqirlikka,  hozirjavoblikka  undaydi.  Maqol  inson  nutqini 

bezaydi  (xalqimizda  «So‘z  ko‘rki  maqol»,  deb  bejiz  aytilmagan),  uning  ta’sir 

kuchini  oshiradi.  Biror-bir  fikrni  uqtiriShda  ishlatilgan  maqol  uni  chuqur 

o‘zlashtirishga  xizmat  qiladi.  Maqollar  pand-nasihatlar,  tarbiyaviy  suhbatlarda 

o‘git sifatida ham keladi. Shuning uchun uni «Otalar so‘zi» ham deyishadi. Buning 

boisi,  har  bir  maqol  ota-bobolarimiz  tomonidan  yaratilib,  bir  necha  mingyilliklar 

davomida  sayqal  topib  kelayotgani,  yaxshilik,  ezgu  ishlarga  undaydigan  bebaho 

ma’naviy  boyligimiz  ekanidir.  Maqolda  mazmun  aniq,  xulosa  tugal,  ifoda  ravon 

bo’lib,  unda  ibratli  fikr  aytiladi.  Bu  fikr  rad  etib  bo‘lmaydigan  hukm  shaklida 

keltiriladi.  Masalan,  “Ona  yurting  omon  bo’lsa,  rangi  ro’ying  somon  bo’lmas”, 

«Ona  yurting  -  oltin  beshiging»,  «Kishi  yurtida  shoh  bo’lguncha,  o‘z  yurtingda 




60 

 

gado  bo‘l»,  “Bulbul  chamanni  sevar,  odam  -  vatanni”  kabi  maqollarni  hech  bir 



e’tirozsiz  qabul  qilamiz.  Chunki  bu  maqollarda  bolalarni  ona-Vatanni  sevishga, 

Vatanga  muhabbat  Onaga  muhabbat  kabi  muqaddas  va  yuksak  tuyg’uligini 

uqdirishga qaratilgan. 

       Ma’lumki,  ko‘plab  maqollardagi  yana  bir  xususiyat  ularda  so‘zlarning 

qofiyadosh bo‘lib kelishidir. Masalan, «Yuz ko‘rki soqol, so‘z ko‘rki maqol», «Aql 

-  yoshdan,  odob  -  boshdan».  Shu  xislati  bilan  maqollar  topishmoqlarga  o‘xshab 

ketadi.  «Bir  parcha  patir,  olamga  tatir»  (oy)  topishmog’idagi  «patir»  va  «tatir» 

so‘zlaridek, maqoldagi «yoshdan» va «boshdan» so‘zlari bir-biriga qofiyadoshdir. 

Biroq  bu  o‘xshashlik  tashqi  shaklda  ko‘rinadi.  Mazmunan  ular  o‘zida  boshqa-

boshqa  ma’nolarni  tashiydi.  Maqol  ibratli  fikrni  anglatsa,  topishmoq  kishini 

jumboqda yashiringan ma’noni topishga undaydi, idrokini sinaydi. 

Xalq  maqollari  -  boyligimiz.  Ota-bobolarimizning  siz  bilan  bizga  qoldirgan 

xazinalaridan biridir. Ulardan kerak o‘rinlarda foydalanishni odat qilishimiz kerak. 

Shunda  ular  butun  umrimiz  davomida  hamrohimiz  bo‘ladi.  Har  bir  gapirgan 

gapning salmog‘i oshadi. Sermazmun, ta’sirchan, keskir bo‘ladi.  

Topishmoqlar  kishining  tasavvuri  va  tafakkurini  o‘stiradi,  ayniqsa,  bolalarni 

topag‘on bo’lishga, hozirjavoblikka o‘rgatadi. Topishmoqlar xalq og‘zaki ijodining 

boshqa janrlari, jumladan, doston va ertaklar ichida ham uchraydi. Ular doston va 

ertaklar mazmunini boyitib, ularning qiziqarliligini, o‘qishliligini ta’minlaydi. Xalq 

og’zaki ijodidagi doston yoki ertak qahramonlari bir-birlarining aqli va farosatini 

topishmoqlar orqali sinaydilar. Bu hodisa ko‘proq ertaklarda uchraydi. 

     Topishmoqlar  mavzu  jihatdan  rang-barang  bo

lib,  ular  olam  va  odam  bilan 



bog‘liq barcha narsa va hodisalarni qamrab oladi. 

Maqol va topishmoqlar, o‘zlarining o‘xshash va farqli jihatlaridan qat’i nazar, 

inson tarbiyasiga xizmat qiladi, uni ziyraklik va zukkolikka unday di. 

      Yoshligimizda  o‘ynagan  quvlashmachoq,  bekinmachoq  va  boshqa  o‘yinlarda 

kimdir  xizmatda  qolishi  kerak  bo‘lgan.  Guruh  ikkiga  bo‘linganda,  xolislik  talab 

qilingan.  Shuningdek, sanashni o’rganayotganda sanamalarga murojaat qilganmiz. 




61 

 

Sanamalar va tez aytishlar bola nutqining  sofligiga, so’zlarni to’g’ri  talaffuz 



qilishga yordam bersa, qo’shiqlarda xalqning orzu-umidlari, zavq-shavqi, quvonch 

va iztiroblari mujassamlashgan. 

Shunday  qilib,  o‘zbekning  butun  fazilati,  falsafasi,  donoligi,  dunyoqarashi, 

oliy  himmatliligi,  turli  hayotiy  vaziyatlarga  munosabati  maqollarda  aks  etgan. 

Insondagi  mehnatga  muhabbat,  ishq  tuyg‘ulari  qo‘shiqlarda  eng  go‘zal  ichki 

kechinmalar  sifatida ifodalangan. Ertaklarda xalqimizning eng oliy  orzu-havaslari 

namoyon bo‘ladi. Ular bilan tanishgan yosh avlod o‘zbek uchun vatan, xalq, oila, 

mehnat, ilm, g‘urur naqadar muqaddas tushunchalar ekanini anglab etadi. 




Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin