O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/40
tarix29.12.2021
ölçüsü0,98 Mb.
#48688
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40
boshlangich talimda xalq ogzaki ijodi ustida ishlash usullari.

„Bo'rining  tabib  bo'lgani  haqida  ertak"  (A.Obidjon)  (8.70),  „Ko'zacha  bilan 

tulki"(8.51) kabi ertaklar aniq hayotiy hikoyalar tarzida o'qitiladi va tahlil qilinadi. 

Ertak  matni  ustida  ishlashda  tanlab  o'qish,  savollarga  javob  berish, 

o'quvchilarning  o'zlari  ertak  mazmuniga  oid  savollar  tuzib,  javob  berishlari,  reja 

tuzish, qayta  hikoyalash, ijodiy  davom  ettirish, ertak aytish, qahramonlarni  grafik 

tasvirlash  kabi  ish  turlaridan  foydalaniladi.  Bunday  ertaklarda  hayvonlarning 



63 

 

odatlari  tahlil  qilinadi,  ammo  ularni  kishilar  xarakteriga  taqqoslash  tavsiya 



qilinmaydi. 

Maktab  tajribasidan  ma'lumki,  kichik  yoshdagi  o'quvchilar  ertakdagi 

hayvonlar  gapirmasligini,  tulki  va  turna  bir-birinikiga  mehmonga  bormasligini 

yaxshi  biladilar,  ammo  ertaklar  dunyosini  hayotiy  hikoya  kabi  qabul  qiladilar. 

Ertakni  o'qib  tahlil  qilganda,  barcha  ishlar  matnning  mazmunini  yaxshi  idrok 

etishga,  sujet  rivojini,  qatnashuvchi  personajlarning  xatti-harakati,  o'zaro 

munosabatlarini to'g'ri tasavvur etishga yo'naltiriladi. Bunda tanlab o'qish va qayta 

hikoyalashning ahamiyati katta.  



Masalan,  „Odobli  bo'lish  osonmi?"  (A.  Obidjon)  (8.113)  ertagining 

mazmunini o'zlashtirish uchun quyidagi topshiriqlardan foydalanish mumkin: 

1.  Sichqonchaning  onasi  bilan  qilgan  suhbatini  o'qing.  Sichqonchaning 

„Odobli  bo'lish  uchun  nimalar  qilish  kerak?"  degan  savoliga  onasi  qanday  javob 

qaytarganligini so'zlab bering. 

2.  Sichqonchaning mushuk bilan uchrashgan holati aks ettirilgan o'rinni topib 

o'qing.  Nima uchun „Shum Baroq" ko'zidagi yovuzlik birdaniga so'nadi? 

3.  Echki nima uchun Sichqonchani „Kam bo'lma" deb duo qiladi? Shu o'rinni 

topib o'qing. 

Ertakni tahlil qilishning oxirgi bosqichida „Ertakning sizga juda yoqqan joyini 

topib  o'qing",  „Nima  uchun  aynan  shu  joyi  yoqqanini  ayting",  „Hayotingizda 

ertakdagi  voqealarga  o'xshash  voqealar  bo'lganmi?"  kabi  savol-topshiriqlar 

yordamida o'quvchilarning ertak xulosasini tushunishlariga erishiladi. 

Boshlang'ich  sinf  o'quvchilari  hayvonlar  haqidagi  ertaklardan  tashqari, 

„Davlat"(4-s.49-b),  „Ilm  afzal"(4-s.44-b),  „Hiylagarning  jazosi"(4-s.57-b), 

„Hunarsiz  kishi  o'limga  yaqin"(4-s.61-b)  kabi  maishiy  ertaklarni  ham  o'qiydilar. 

Bunday  ertaklarda  xalq  o'z  hayotini  hikoya  qiladi,  shu  sababli  o'quvchilar  ertakni 

o'qigach, o'tmishdagi xalq hayotini, o'y-fikrlari va orzu-istaklarini bilib oladilar. 

Bunday  ertaklarni  tahlil  qilish  badiiy  hikoya  tarzida  uyushtiriladi.  Bolalar 

o'qituvchi  rahbarligida  ertakda  qatnashuvchilarning  xulq-atvori,  ayrim  hatti-

harakatlarini  baholaydilar, ularning  bir-birlariga  bo'lgan  munosabatlarini  aytadilar 




64 

 

va  Shular  asosida  ayrim  obrazlar  haqida  xulosalar  chiqaradilar,  ertak  rejasini 



tuzadilar, ertakni rollarga bo'lib o'qiydilar. 

„Davlat"  ertagi  (8.49)  oddiy  turmushga  tegishli  hodisalarni  tasvirlovchi 

ertakdir. Ertakni o'qishga tayyorlash uchun ota-bobolarimiz atrofimizdagi tabiatni, 

borliqni  qanday  tasavvur  etishlari  haqida  suhbat  o'tkaziladi.  Bunday  suhbat 

ertakdagi  badiiy  obrazlarni,  ularning  o'zaro  munosabatlarini,  xulq-atvorlari, 

xarakterlarini  to'g'ri  tushunishga  yordam  beradi.  „Davlat"  ertagi  matni  ustida 

ishlash  jarayonida  o'quvchilar  „Dehqonning  xonadoni  qanday  hayot  kechirar 



ekan?", „Nima uchun Davlat dehqonning xonadonidan ketishni istamaydi?" kabi 

savollarga  javob  topish  orqali  ertak  qahramonlarini  baholaydilar,  ahil  va  inoq 

bo'lib, halol mehnat qilish lozim degan xulosaga keladilar. 

Ertak  ustida  ishlashda  bolalarni  ertakni  o'qishgagina  etnas,  balki  uni  aytib 

berishga  o'rgatish  ham  muhimdir.  Ertak  aytish  og'zaki  nutqni  o'stiradi,  bolalar 

nutqini yangi so'z va iboralar bilan boyitadi. 

O'quvchilarni  1-sinfdayoq  ertak  tilidan  erkin  foydalanishga  o'rgatish  uchun 

ertak bilan birinchi tanishtirishda uni o'qituvchi aytib berishi mumkin. 

O'quvchi  ertak  mazmunini  o'zlashtirib  olgandan  so'ng,  uning  tili  ustida 

ishlashga alohida ahamiyat qaratiliShi zarur. Ertak mazmunini qayta hikoyalashda, 

qahramonlarga  tavsif  berishda  o'quvchilarning  o'z  nutqida  til  vositalaridan  o'rinli 

foydalanish  talab  qilinadi.  Til  vositalaridan  foydalanish  uchun  talab  va  vaziyat, 

ehtiyoj yaratish zarur. 

Ertak  tilida  shunday  so'z  va  iboralar  borki,  ular  bolaga  o'zgacha  ta'sir 

ko'rsatadi.  Masalan,  „Yo'lbars,  Tulki  va  Bo'ri"  ertagida  „Tog'  echkisi  siz 

ulug'imizniki  bo'lsin",  „Quyon  siz  podshohimizning  ertalabki  nonushtangiz 

bo'lsin",  „Kiyik  kechqurungi  taomingiz,  qo'y  kunduzgi  xo'ragingiz  bo'lsin"  kabi 

gaplar tarkibidagi ajratib ko'rsatilgan so'zlarga o'quvchilar diqqati qaratilib, ertakni 

so'zlab berayotganda ulardan nutqda foydalanishlariga erishish zarur. 

        Ertaklarda  keltirilgan  maqollar  ustida  ishlash,  ularda  ilgari  surilayotgan 

g'oyalarni  bolalar  ongiga  yetkazish,  yod  oldirish  yo'li  bilan  bog'lanishli  nutqni 

o'stirish,  nutqning  ta'sirchanligini  oshirish  lozim.  Masalan,  „Rostgo"y  bola"  (16. 



65 

 

62)  ertagida  bola  o'z  rostgo'yligi  bilan  podshoga  ma'qul  bo'lganligi  hikoya 



qilingan.  Bu  ertakning  yangi  pedagogik  texnologiya  asosida  o‘tish  namunasini 

quyida keltiramiz:  




Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin