Ovozli o'qishning ham, ovozsiz ichda o'qishning ham, shivirlab o'qishning
ham o'z qo'tlanish o'rni va afzalliklari hamda kamchiliklari bor. Masalan, 2-sinf
22
Psixologik izlanishlar shuni ko'rsatadiki, o'qishni endi o'rganayotgan
o'quvchilar o'qilayotgan matnni tushunib borishlari uchun eshitish sezgisiga ham
e'tibor qaratganlar. Ikkinchidan, 2-sinf o'quvchilarida o'qish ko'nikmalari yaxshi
shakllanmagani uchun ichda o'qish jarayonida ayrim so'zlarni noto'g'ri o'qish
natijasida uning ma'nosini tushunmaganlar. Shularni nazarda tutgan holda, 1-2-
sinflarda ovozli va shivirlab o'qishdan foydalaniladi.
3 – 4 – sinflarda ovozli o'qish bilan birga ichda o'qishdan ham foydalaniladi. Bu
sinflarda ichda o'qish ancha samarali bo'ladi, lekin bunda ichda o'qish mexanik
o'qishga aylanmasligi kerak. Ichda o'qish biror maqsadga yo'naltirilishi, ya'ni
quyidagicha turli topshiriqlar asosida ichda o'qitilishi lozim:
- She'rni ichingizda o'qib, ifodali o'qishga tayyorlaning.
- Ichda o'qing, ma'nosi tushunarsiz so'zlarni aniqlab, lug'at daftaringizga
yozing. Lug'atdan foydalanib, ularning ma'nosini izohlashga harakat qiling.
- Hikoyani ichingizda o'qib, uni qismlarga bo'ling.
- Ichingizda o'qib, ovoz chiqarib to'g'ri o'qishga tayyorlaning.
- Ichingizda o'qing. Tabiatning ko'rinishi tasvirlangan o'rinni toping.
Bu kabi topshiriqlar sinfdan sinfga o'tgan sari murakkablashib boradi. Bunda
o'quvchilarning asarni qanchalik idrok etganliklari tekshirilib borilishi zarur.
Dostları ilə paylaş: