O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/40
tarix29.12.2021
ölçüsü0,98 Mb.
#48688
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40
boshlangich talimda xalq ogzaki ijodi ustida ishlash usullari.

Sanamalar.  Yosh  yigit-qizlar  o‘rtasida  sanamalarni  bilmaydiganlar  bo‘lmasa 

kerak.  Yoshligimizda  o‘ynagan  quvlashmachoq,  bekinmachoq  va  boshqa 

o‘yinlarda  kimdir  xizmatda  qolishi  kerak  bo‘lgan.  Guruh  ikkiga  bo‘linganda, 

xolislik talab qilingan. Ana shunday vaziyatlarda sanamalarga murojaat qilganmiz. 

Sanamalar  matnlarida  esa  biz  e’tibor  qilmaganimiz  holda  bir  necha  maqsadlar 

nazarda  tutilgan.  Avvalo,  kichikroq  yoshda  ekanimizda  sanashni  o‘rganganmiz. 

Undan  tashqari  qofiyalar,  istioralar,  sifatlashlar  yodimizda  saqlanib  qolgan. 

Olimlarning  ma’lumot  berishicha,  sanamalar  turli  xalqlar  og‘zaki  ijodida  keng 

tarqalgan  janrdir.  Ruslarda  “schitalka”,  tojiklarda  “Shumurak”,  turkmanlarda 

“sanavoch”,  tatarlarda  “sanashu”  deb  ataladi.  Ulardagi  umumiylik  sanash  bilan 

bog‘liqlikda  va  matndagi  qofiyaga  rioya  qilishda  namoyon  bo‘ladi.  Bu  xususiyat 

ularni yodlashda qo‘l keladi: Qovun palak, 

 Guvak otdi. 

Guvak emas, 

Chuvak otdi. 

Chuvak qovun  

Shirin ekan,  

Safdan chiqsin  

Qo‘lim tekkan.  

      O‘zbek  bolalari  folklori  tadqiqotchisi  O.Safarov  ma’lumotiga  qaraganda,  800 

misraga  yaqin  hajmda  150  dan  ortiq  sanamalar  aniqlangan.  Yuqoridagi 

raqamlardan  o‘zbek  folklorining  bu  turi  ham  naqadar  boy  va  rang-barang  ekani 

ma’lum bo‘ladi. 

     Tez aytishlar olimlar fikricha, bolalar folkloriga nisbatan keyin qo‘shilgan janr 

hisoblanadi. Ular avval “tutal”, “chalg‘ituv”, “chalish”, “adashish” atamalari bilan 

mashhur  bo‘lgan.  “Tez  aytish”  esa  keyin  qo‘llangan.  Vaqt  o‘tgani  sari  bu  janr 

kattalardan  bolalar  folkloriga  o‘tgan.  Qadimgi  qoidalarga  binoan  tez  aytishni  bir 

nafas  olish  bilan  aytish  talab  qilingan.  Qadimgi  tez  aytishlarda  esa  talaffuz  qilish 




52 

 

oson bo‘lmagan so‘zlar soni ko‘p bo‘lgan. Shuning uchun ularni avvallari kattalar 



folkloriga  mansub  beradilar.  Yosh  bola  ularni  bir  nafasda  ayta  olmagan.  Hozirgi 

kunda  bunday  namunalar  bolalardagi  ayrim  tovushlarni  talaffuz  qilish  qiyin 

ekaniga ko‘ra tanlanadi. Masalan, “r”, “l”, “s”, “Sh”, “ch” tovushlarini aniq aytish 

mo‘ljallangan tez aytishlardan ko‘proq foydalaniladi: 

 Charxim chakalak, Tanobi charxim chakalak, charximda gunoh yo‘g‘u, O‘zim 

hakalak.  “R”  tovushi  talaffuziga  bag‘ishlangan  quyidagi  tez  aytishga  e’tibor 

bering:“Bir tup tut. Bir tup turp. Bir tup tut, bir tup  tutning tagida bir tup turp.Bir 

tup tut bir tup turpning tomirini turtib turibdi.Bir tup turp bir tup tutning tomirini 

turtib turibdi. Bir tup tutning tomirini turtib turgan bir tup turpning tomirini bir tup 

tutning tomiri turtib turibdi. Bir tup turpning tomirini turtib turgan bir tup tutning 

tomirini  bir  tup  turpning  tomiri  turtib  turibdi”.  Biz  yuqorida  tez  aytish  kattalar 

folkloriga  mansub  bo‘lgan  deganimizda  ana  shu  matnni  nazarda  tutgan  edik.  Bu 

janr ko‘proq bolalar o‘rtasida aytiladigan bo‘lganidan so‘ng matn hajmi qisqargan. 

Xususan, quyidagi ko‘rinishlarga ega bo‘lgan: 

Oq choynakka ko‘k qopqoq, 

 Ko‘k choynakka oq qopqoq.  

Qishda kishmish pishmasmish, 

Pishsa kishmish, qishmasmish. 

Ba’zan  tez  aytishlarda  o‘ziga  xos  shirin  kulgili  vaziyatlar  ham  aks  etishi 

mumkin: “Namanganda bor ekan bir usta Musa puch pistapurush. O‘sha usta Musa 

puch pistapurushning  oltmish qop puch pistasi bor ekan. Oltmish qop puch pistasi 

bo‘lsa ham o‘sha usta Musa puch pistapurush. Oltmish qop puch pistasi bo‘lmasa 

ham  o‘Sha  usta  Musa  puch  pistapurush”.  Aytish  mumkinki,  xalq  ijodidagi  tez 

aytish shoirlarimizga ham ta’sir qildi. Ko‘p shoirlarning tez aytishlari televidenie, 

radio, kichik sinflar uchun tuzilgan darslik va qo‘llanmalardan o‘rin olmoqda.  

  Bolalar  qo‘shiqlari  ko‘pincha  o‘yin  va  jismoniy  harakatlar  bilan  aytiladi. 

“Boychechak”,  “Oftob  chiqdi  olamga”,  “Oq  terakmi,  ko‘k  terak”,  “Chittigul”, 

“Laylak  keldi,  yoz  bo‘ldi”,  “Yomg‘ir  yog‘aloq”  kabi  o‘nlab  qo‘shiqlar  bolalar 

ijrosi  repertuarini  tashkil  etadi.  E’tibor  bergan  bo‘lsangiz,  ularning  deyarli 




53 

 

hammasi yil fasllari bilan bog‘liqdir. Ular mazmuniga ko‘ra bahor va yoz kunlari 



aytiladi.  Xususan,  “Boychechak”  qish  bo‘yi  qora  qor  ostida  sovuqdan  zerikkan 

yerning  quyosh  nurlaridan  bahra  olib  bag‘ridan  chiqargan  birinchi  chechakka 

bag‘ishlanadi.  Uni  bitta  yakkaxon  qo‘shiqchi  boshlaydi,  bolalar  naqarotga 

qo‘shiladilar:  

         Boychechagim boylandi, 

         Qozon to‘la ayrondi. 

         Ayroningdan bermasang,  

         Qozon-tovog‘ing vayrondi.  

Naqarot:    Qattiq  yerdan qaqalab chiqqan boychechak, 

                   Yumshoq  yerdan yumalab chiqqan boychechak. 

 Professor  O.Safarov  bolalar  folklorining taniqli  mutaxassisi  sifatida  juda  ko‘p 

qo‘shiq  namunalarini  yozib  olgan.  Ana  shu  yozilgan  asarlar  qatorida  quyidagilar 

qayd etilgan: 

 Shaftoli pishdi, 

Tagiga tushdi. 

Xomini uzdim 

Dadam urishdi.  

                                Yoki: 

               Laylak keldi, yoz bo‘ldi, 

               Qanoti qog‘oz bo‘ldi. 

               Laylak boradi toqqa

               Quloqlarida halqa. 

               Halqani op qochaylik, 

               El boshiga sochaylik. 

              Elning murodi kulsin

             Laylak balandroq uchsin.  

 Nisbatan  kam  bo‘lsa-da,  qish  fasli  bilan  bog‘liq  qo‘shiqlar  ham 

uchraydi:    Qor yog‘di gupillatib,  

              Qor buva to‘qqillatib,  



54 

 

              Kirib keldi maktabga 



              Soqolin  selkillatib.  Bolalar  qo‘shiqlari  bulbul,  chumchuq,  qirg‘iy, 

qarg‘a, kaklik, musicha kabi qushlarga va echki, qo‘zi, quyon, it kabi hayvonlarga 

atab to‘qilgan lirik parchalardan iboratdir: 

        Ag‘am-bag‘am tishini ko‘rdim, 

        Yugurganda tilini ko‘rdim. 

        U chopardi dukur-dukur, 

        Quyon  ekan harom  o‘lgur. 

Shunday  qilib,  og‘zaki  ijodimizdagi  xalq  qo‘shiqlarining  tarkibiy  qismini 

tashkil qiluvchi  bolalar  qo‘shiqlari ko‘pincha  yil  fasllariga, qush va hayvonlarga, 

tabiatdagi  o‘zgarishlarga  bag‘ishlangan  bo‘lib,  mazkur  narsa-predmetlar  va  vatan 

manzaralariga nisbatan munosabatlarning badiiy ifodasi sifatida baholanadi.  

Xulosa  qilib  aytganda,  boshlang’ich  ta’limda  xalq  o’g’zaki  ijodi  janri 

namunalari o‘zlarining o‘xshash va farqli jihatlaridan qat’i nazar, inson tarbiyasiga 

xizmat qiladi,  uni ziyraklik va zukkolikka  undaydi. 




Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin