O„zbekiston Respublikasi
Oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi
Nizomiy nomidagi
Toshkent davlat
pedagogika universiteti
Maxsus sirtqi bo„lim
Toshkent 2021-yil
ASADBEK O’KTAMOV
1-TOPSHIRIQ:
O’zingiz yashayotgan joyda (shahar, qishloq, viloyatda) qanday
arxeologik yodgorliklar bor va ularning o’rganilish tarixini bilasizmi?
Farg’ona vodiysida Yu.A.Zadneprovskiy, G.Abulg’ozieva, A.Anorbaev,
B.Matbabaev, N.G.Gorbunova rahbarligidagi arxeologik guruhlar tarixiy
obidalarda arxeologik qazish ishlarini olib bordilar.
Antik davrga oid 20 ga yaqin yodgorlik qayd etilgan, Xitoy yozma manbalaridagi
ma’lumotlarga qaraganda, Farg’ona vodiysida 70 dan ortiq shaharlar bo’lgan.
Eylatan – rejalashtirilishi to’g’ri bo’lgan shaklda, ikki qatorli devor bilan o’rab
olingan, umumiy maydoni – 200 ga. Ark mil.av IV – III asrlarga oid.
Mingtepa – rejalashtirilishi to’g’ri burchak shaklda, umumiy maydoni – 40 ga.
Mingtepa yoki Marhamat shahri ikki qatorli devor bilan o’rab olingan, devor o’z
navbatida to’rt burchakli kungurlar bilan kuchaytirilgan, ular o’rtasidagi oraliq 30
– 40 m. Shaharni Ershiga o’xshatishadi.
Ko’rgantepa – rejalashtirilishi to’g’riburchak shaklda (250x230 m), 5,7 ga,
qadimda devor bilan o’rab olingan.