O„zbekiston Respublikasi Oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/8
tarix02.01.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#42968
1   2   3   4   5   6   7   8
Arxologiya Asadbek O'ktamov

4-TOPSHIRIQ: 

Mingo’rik  yodgorligi  va  o’rganilishi  jarayonini  yoritib bering. 

 

Mingoʻrik,  Mingoʻriktepa  —  qad.  shahar  harobasi  (1  —13-a.lar).  Mahalliy  aholi 



oʻrtasida  Afrosiyob  tepaligi  nomi  bilan  ham  mashhur  boʻlgan.  Minoraqasr 

(toʻrtburchak arkka yondoshgan) va shahristonning tepalikka aylangan hududidan 

iborat.  Toshkent  t.y.  vokzali  yaqinida,  Salor  kanali  sohilida  joylashgan;  shahar 

harobasi  oʻrnida  19-a.da  katta  oʻrikzor  boʻlganligi  uchun  shunday  atalgan.  Hoz. 

shahar  qurilishi  munosabati  bilan  yodgorlikning  madaniy  qatlami  buzilib  ketishi 

natijasida M.ning bir qismigina saqlangan. Imarta 1896 y. (Ye. T. Smirnov, N. S. 

Likoshin  tomonidan),  keyin  1912  y.  (A.  I.  Dobrosmislov,  Turkiston  arxeologiya 

havaskorlari toʻgaragi aʼzolari tomonidan) qayd qilingan. 20-a.lar M. Ye. Masson 

arxeologik  kuzatish  ishlari  olib  borgan.  1qazish  ishlari  Oʻzbekiston  FA  Tarix  va 

arxeologiya instituti (Yu. F. Buryakov, D. G. Zilper, O. V. Obelchenko) tomonidan 

oʻtkazilgan.  1968  y.dan  Toshkent  arxeologiya  ekspeditsiyasi  davom  ettirmoqda.  

Bu  ishlar  natijasida  shahriston  (15  ga)  va  ark  (0,5  ga)  maydonlari,  shahar 

hayotining  3  asosiy  bosqichi  aniqlangan.  1-bosqich  1—4-a.larga  mansub  boʻlib, 

ichki  turar  joy  kompleksini  muhofaza  qilgan  uzun  yoʻlakli,  qoʻshqator  qalʼa 

devorlari  qoldigʻi  topilgan.  Devor  tashqarisida  unga  yondoshtirilib  qurilgan 

toʻrtburchakli  burj  va  moʻlalar  boʻlib,  ularning  orasi  12  m  ga  teng  boʻlgan.  2-

bosqichda  (5—6-a.lar)  shahar  tez  surʼ-atda  rivojlanib,  aholi  soni  oshib  borishi 

natijasida mustahkam ark va shahristonga, eng yirik shahar markaziga aylangan. 6-

a.  oxirida  shahar  Chochning  poytaxti  boʻlgan.   Arab  manbalarida  tilga  olingan 

"Madinat  ash-Shosh"  shu  yodgorlikning  aynan  oʻzi  deb  hisoblanadi.  3-bosqich 

(7—8-a.lar)  Arab  xalifaligining  Chochga  yurishi  arafasida  shahar  eng  kjsalgan 

davr  boʻlgan.  Barcha  meʼmoriy  qurilish  uslublari  kompleksi,  ichki  bezaklarda 

hashamatli  devoriy  tasvir  va  naqshlardan  foydalanish,  uy-roʻzgʻor  asbob 

uskunalari,  idishlar  M.ning  umumsugʻd  madaniyati  asosida  Sugʻd,  Fargʻona  va 

Oʻrta  Osiyoning  boshqa  joylari  bilan  mu-stahkam  aloqada  rivojlanganligidan 

dalolat  beradi.  Shu  bilan  birga  shahar  turmush  tarzida  koʻchmanchi  qabilalarning 

taʼsiri katta boʻlgan.  



Shahar qurilishi kengayib borgan sari qalʼa devorlari torlik qilib, uning harobalari 

ustiga  shahriston  uylariga  nisbatan  salobatli  saroyqasr  kompleksi  —  Choch 

hukmdorlarining  saroyi  qurilgan.  Saroyda  supa  va  naqshinkor  ustunli  hashamatli 

xonalar  va  ibodatxonalardan  tashqari  qoʻshimcha  xonalar  (xoʻjalik  ehtiyojlari 

uchun)  ham  boʻlgan.  Bu  davrda  Choch  oʻlkasi  Turk  xoqonligiga  tobe  boʻlgan. 

Manbalarda  qayd  qilinishicha,  musiqa  va  raqs  sanʼati  ayniqsa,  yuksak  pogʻonaga 

chiqqan.  8-a.  boshlarida  Choch  poytaxti  arab  xalifaligi  istilochilari  tomonidan 

vayron  qilinib,  harobaga  aylantirilgan.  10-a.da  M.ning  bir  qismidagina  hayot 

tiklangan  va  13-a.  gacha  davom  etgan.  Markaz  yangi  shahar  —  Binkatga 

koʻchirilgan. 



 

 

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin