Kuzatish metodi va unga qo„yilgan shartlar
Kuzatish metodi ijtimoiy psixologiyada o‗ziga xos ijtimoiy sharoitlarda, o‗ziga
xos vaziyatlarda va ma‘lum guruhlarda ishlatiladi. Bunda tadqiqotchi eng avvalo nimani
kuzataman, qanday yo‗l bilan kuzataman, kuzatuv birligi qilib nimani olaman, kuzatuvni
qancha vaqt mobaynida davom etgiraman degan qator savollarga javob topgandan
keyingina ilmiy tadqiqotini boshlaydi. Demak, kuzatish metodi yordamida aniq ishlab
chiqilgan reja asosida kuzatuvchini qiziqtirgan u yoki bu ijtimoiy xulq-atvor shakllari
qayd etiladi. Bu uslub qo‗llanilganda tadkiqotchi bir qancha qoidalarga rioya qilishi
lozim. Chunonchi, kuzatish maqsadining aniq bo‗lishi va uning ilmiy maqsadlarga mos
kelishi; kuzatish shaklini tanlash va kuzatish natijalarini qayd etish usullarini ishlab
chiqish; ma‘lum reja — sxema asosida muttasil kuzatuv olib borish; olingan natijalarning
asosliligi va ishonchliligini boshqa usullar yordamida tekshirib ko‗rish. Kuzatish
kuzatuvchi tomonidan kuzatish ob‘ekti bo‗lmish odamlar guruhi bilan birga yashab,
ularga qo‗shilib ish tutib, tabiiy sharoitlarda ma‘lumot to‗plansa, bunday kuzatish turini
"birgalikdagi kuzatuv" deb ataladi. Bunday kuzatishning klassik misoliga amerikalik
ijtimoiy psixolog U. Uaytning o‗smirlar psixologiyasi, ular guruhidagi ijtimoiy
psixologik hodisalarni o‗rganishga qaratilgan mashhur tadqiqotini kiritish mumkin.
Boshqa xollarda esa kuzatuvchi o‗z ob‘ektini chetdan kuzatadi, shuning uchun ham
bunday kuzatuv turi "chetdan kuzatuv" yoki "ob‟ektiv kuzatish" deb ataladi. Bu usul
xuddi umumiy psixologiyada bo‗lgani kabi tashqi xulq-atvorni qayd qilish natijasida
ma‘lumot to‗plashga asoslanadi. Bunday yo‗l bilan ilmiy faktlarni isbot qilish qiyin, lekin
baribir, u ham ijtimoiy psixologiyada yordamchi usul sifatida ishlatiladi. Bizning
fikrimizcha, ijtimoiy psixologik treninglar sharoitida har bir shaxsning xulq-atvorini
kuzatish muhim ma‘lumotlar to‗plashga yordam beradi, chunki bunda kuzatish metodiga
xos bo‗lgan eng qimmatli narsa — sharoitlarning tabiiyliligi saqlab qolinadi.
Dostları ilə paylaş: |