simpatiya bo‗lib, bunda asosan sevgi ob‘ektining tashqi jozibasi rolü o‗ynaydi. Masalan,
o‗zbek xonatlasini diroyli qilib tiktirib olgan qizdaning davrada paydo bo‗lishi, tabiiy
ko‗pgina yigitlarning e‘tiborini beixtiyor o‗ziga tortadi. Ulardan ko‗pdiligi birdaniga, bir
vaqtda aynan shu qizdani ―yoqtirib‖ qolishadi. Lekin davradagi qaysi yigit unga ham
ma‘lum jihatlari bilan yoqib qolsa, o‗zaro simpatiya shu ikki shaxs o‗rtasida ro‗y beradi.
Vaqtlar o‗tib, bu ikki yosh bir neda marta udrashib turishsa, oddiy yoqtirish sevgiga,
jiddiyroq narsaga aylanishi mumkin. Shu narsa ma‘lumki, aynan shu qonuniyatni bilgani
uchun ham ko‗pdilik o‗spirinlar birindidan, davralarda bo‗lishni, qolaversa, birovlarga
yoqish uchun tashqi ko‗rinishlariga alohida e‘tibor berishga xarakat qiladilar. Yoqimtoy
bo‗lishga xarakat qilsa-yu, birortaning e‘tiborini o‗ziga tortolmagan o‗spirin esa bu
xolatni juda duqur qayg‗u bilan boshdan kediradi. Agar xuddi shunday narsa bir neda
marta surunkalik takrorlansa, o‗sha yosh davralarga ham bormay qo‗yadigan, o‗zi haqida
yomon fikrlarga boradigan, faqat ayrim xollardagina hammani o‗ziga ―dushman‖ bilib,
hafa bo‗ladigan bo‗lib qoladi.
Eksperimental izlanishlarning ko‗rsatishida, sevishganlik o‗spirin yoshlarning
shaxs sifatlariga bevosita ta‘sir ko‗rsatib, uning xatti - harakatlarida namoyon bo‗ladi.
Masalan, sevishganlar boshqalardan farqli, ikki marta ziyod o‗zaro gaplashishar, gaplari
sira ado bo‗lmas ekan. Bundan tashqari, bundaylar sakkiz (!) marta ortiq bir - birlarining
ko‗zlariga qarab vaqt o‗tkazisharkan.
Yana shu narsa aniqlanganki, sevgi bilan bog‗liq xissiyotlar har bir jins vakilida
o‗ziga xos xususiyatlarga ega ekan. Masalan, o‗spirin yoshlar qizlarga nisbatan
romantizmga beriluvdan, tezginada yaxshi ko‗rib qoladigan bo‗lisharkan. Ularning
tasavvuridagi sevgi anda romantik, ideal ko‗rinishga ega bo‗ladi. Qizlar esa yigitlarga
nisbatan sekinroq sevib qolishadi, lekin sevgini ututish, undan voz kedish ularda osonroq
kedarkan. Agar yigitlar bir ko‗rishdayoq yoqtirib qolgan qizni sevib ham qolishi ehtimoli
yuqori bo‗lsa (eksperimentlarda sevgi bilan simpatiyaning korrelyatsion bog‗liqligi kudli
), qizlarda bunday bog‗liqlik anda past ekan, ya‘ni hamma yoqtirganlarini ham sevmas
ekan, umuman simpatiyaning paydo bo‗lishi ham biroz qiyin ekan.
Bunday tashqari, o‗spirinlik yillaridagi sevgi va muhabbat xissi nafaqat qarama -
qarshi jins vakiliga qaratilgan bo‗ladi, balki aynan shu davrda ota - onaning qadrlanishi
va ularga nisbatan sevgi-muhabbat, yaqinlar - aka-uka, opa-singil, hayotda ibrat
bo‗ladigan kishilarni yaxshi ko‗rish, vatanni sevish kabi oliy hislar ham tarbiyalanadi.
Shuning uchun ham haqiqiy yuksak muhabbat sohiblari bo‗lmish yoshlarni tarbiyalash -
jamiyatda insoniy munosabatlarni barqarorlashtirish, odamlar o‗rtasida samimiy
munosabatlar o‗rnatish va ma‘naviyatni yuksaltirishga xizmat qiladi.
Ta‘limning barda bosqichida ma‘naviy tarbiyaning ajralmas bo‗lagi sifatida ana
shunday samimiy munosabatlarni tarbiyalash, targ‗ib etish, kerak bo‗lsa, yoshlarga ana
shunday sevgi va sadoqat haqidagi qadriyatlarimizni ongga singdirishimiz kerak. Sevgi
va muhabbat xislari keng ma‘noda - Vatanga, yurtga, xalqqa, borliqqa, kasbga va yaqin
kishilarga qaratilgan bo‗lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |