O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


Shaxslararo  muomalaning  shaxs  taraqqiyotidagi  o„rni



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/95
tarix02.01.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#43036
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   95
izhtimoij psixologiya

 

Shaxslararo  muomalaning  shaxs  taraqqiyotidagi  o„rni.  Aslida  har  bir 

insonning  ijtimoiy  tajribasi,  uning  insoniy  qiyofasi,  fazilatlari,  xattoki,  nuqsonlari  ham 

muloqot  jarayonlarining  mahsulidir.  Jamiyatdan  ajralgan,  muloqotda  bo‗lish 

imkoniyatidan  mahrum  bo‗lgan  odam  o‗zida  individ  sifatlarini  saqlab  qolishi  mumkin, 

lekin  u  shaxs  bo‗lolmaydi.  Shuning  uchun  muloqotning  shaxs  taraqqiyotidagi 

ahamiyatini tasavvur qilish uchun uning funksiyalarini taxlil qilamiz. 

Har qanday muloqotning eng elementar funksiyasi - suhbatdoshlarning o‗zaro bir 

-  birini  tushunishlarini  ta‘minlashdir.  Bu  o‗zbeklarda  samimiy  salom  -  alik,  odiq  yuz 

bilan kutib olishdan boshlanadi. O‗zbek xalqining eng nodir va buyuk xislatlaridan biri 

ham  shuki,  uyiga  birov  kirib  kelsa,  albatta  odiq  yuz  bilan  kutib  oladi,  ko‗rishadi, 

so‗rashadi,  xol  -  ahvol  so‗raydi.  Shunisi  xarakterliki,  ta‘ziyaga  borgan  dog‗da  ham  ana 

shunday samimiyatli qabulni xis qilamiz. Bu kabi birlamdi kontakt usullari boshqa millat 

va xalqlarda ham bor, ya‘ni bu jihat milliy o‗ziga xoslikka ega. 

Uning  ikkindi  muhim  funksiyasi  ijtimoiy  tajribaga  asos  solishdir.  Odam  bolasi 

faqat  odamlar  davrasida  ijtimoiylashadi,  o‗ziga  zarur  insoniy  xususiyatlarni 

shakllantiradi. Odam bolasining yirtqid hayvonlar tomonidan o‗g‗rilanib ketilishi, so‗ng 

ma‘lum  muddatdan  keyin  yana  odamlar  orasida  paydo  bo‗lishi  faktlari  shuni 

ko‗rsatganki,  ―mauglilar‖  biologik  mavjudot  sifatida  rivojlanaveradi,  lekin 

ijtimoiylashuvda  ortda  qolib  ketadi.  Bundan  tashqari,  bunday  xolat  boladagi  bilish 

qobiliyatlarini ham deklashi ko‗plab psixologik eksperimentlarda o‗z isbotini topdi. 

Muloqotning yana bir muhim vazifasi - u odamni u yoki bu faoliyatga hozirlaydi, 

ruhlantiradi.  Odamlar  guruhidan  uzoqlashgan,  ular  nazaridan  qolgan  odamning  qo‗li 

ishga  ham  bormaydi,  borsa  ham  jamiyatga  emas,  balki  faqat  o‗zigagina  manfaat 

keltiradigan  ishlarni  qilishi  mumkin.  Masalan,  ko‗plab  tadqiqotlarda  izolyatsiya  ,  ya‘ni 

odamni yolqizlatib qo‗yishning uning ruhiyatiga ta‘siri o‗rganilgan. Masalan, uzoq vaqt 

termokamerada bo‗lgan odamda idrok, tafakkur, xotira, xissiy xolatlarning buzilishi qayd 

etilgan.  Lekin  ataylab  emas,  taqdir  taqozosi  bilan  yolg‗izlikka  mahkum  etilgan 

odamlarning  maqsadli  faoliyatlar  bilan  o‗zlarini  band  etishlari  u  qadar  katta  salbiy 

o‗zgarishlarga  olib  kelmasligini  ham  olimlar  o‗rganishgan.  Lekin  baribir  har  qanday 

yolg‗izlik  va  muloqotning  yetishmasligi  odamda  muvozanatsizlik,  xissiyotga 

beriluvdanlik,  xadiksirash,  havotirlanish,  o‗ziga  ishondsizlik,  qayg‗u,  tashvish  xislarini 

keltirib chiqaradi. Shunisi qiziqki, yolg‗izlikka mahkum bo‗lganlar ma‘lum vaqt o‗tgach 

ovoz chiqarib, gapira boshlasharkan. Bu avval biror ko‗rgan  yoki his qilayotgan narsasi 




xususidagi gaplar bo‗lsa, keyindalik  nimagachir qarab gapiraverish ehtiyoji paydo bo‗lar 

ekan. Masalan, bir M.Sifr degan olim ilmiy  maqsadlarini amalga oshirish uchun  63 kun 

g‗or  idida  yashagan  ekan.  Uning  keyindalik  yozishida,  bir  neda  kun  o‗tgach,  u  turgan 

yerda bir o‗rgimdakni ushlab oladi va u bilan dialog boshlanadi. ―Biz, deb yozadi u , shu 

hayotsiz  g‗or  ididagi  tanho  tirik  mavjudotlar  edik.  Men  o‗rgimdak  bilan  gaplasha 

boshladim, uning taqdiri uchun qayg‗ura boshladim...‖ 

Shaxsning muloqotga bo‗lgan ehtiyojining to‗la qondirilishi uning ish faoliyatiga 

ham  ta‘sir  ko‗rsatadi.  Odamlar,  ularning  borligi,  shu  muhitda  o‗zaro  gaplashish 

imkoniyatining  mavjudligi  fakti  ko‗pinda  odamni  ishlash  qobiliyatini  ham  oshirarkan, 

ayniqsa,  gaplashib  o‗tirib  qilinadigan  ishlar,  birgalikda  yonma  -  yon  turib  bajariladigan 

operatsiyalarda  odamlar  o‗z  oldida  turgan  hamkasbiga  qarab  ko‗proq,  tezroq  ishlashga 

kud  va  qo‗shimda  iroda  topadi.  To‗g‗ri,  bu  hamkorlikda  o‗sha  yonidagi  odam  unga 

yoqsa,  ular  o‗rtasida  o‗zaro  simpatiya  hissi  bo‗lsa,  unda  odam  ishga  ―bayramga 

kelganday‖  keladigan  bo‗lib  qoladi.  Shuning  uchun  ham  amerikalik  sotsiolog  hamda 

psixolog  Jon  Moreno  asrimiz  boshidayoq  ana  shu  omilning  unumdorlikka  bevosita 

ta‘sirini  o‗rganib,  sotsiometrik  texnologiyani,  ya‘ni  so‗rovnoma  asosida  bir  -  birini 

yoqtirgan va bir - birini inkor qiluvdilarni aniqlagan va sotsiometriya metodikasiga asos 

solgan edi. 

Shunday 

qilib, 


muloqot 

odamlarning 

jamiyatda  o‗zaro  hamkorlikdagi 

faoliyatlarining  idki  psixologik  mexanizmini  tashkil  etadi.  Qolaversa,  hozirgi  yangi 

demokratik munosabatlar sharoitida turli ishlab chiqarish qarorlarini yakka tartibda emas, 

balki  kollegial  -  birgalikda  chiqarish  ehtiyoji  paydo  bo‗lganligini  hisobga  olsak, 

odamlarning  muomala  madaniyati  va  muloqat  texnikasi  mehnat  unumdorligi  va 

samaradorlikning muhim omillaridandir. 




Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin