O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/95
tarix02.01.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#43036
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   95
izhtimoij psixologiya

Motivlarning turlari. Turli 

kasb  egalari  faoliyati  motivlarini  o‗rganishda 

motivlar  xarakterini  bilish  va  ularni  o‗zgartirish  muammosi  ahamiyatga  ega.  Shunday 

motivlardan  biri  turli  xil  faoliyat  sohalarida  muvaffaqiyatga  erishish  motivi  bo‗lib, 

bunday nazariyaning asosdilari amerikalik olimlar D. Makklelland,    

D. Atkinson va nemis olimi X. Xekxauzenlar hisoblanadi.  Ularning fikrida, odamda turli 

ishlarni bajarishini ta‘minlovdi asosan ikki turdagi motiv bor:  muvaffaqiyatga erishish 

motivi  hamda  muvaffaqiyatsizliklardan  qodish  motivi.  Odamlar  ham  u  yoki  bu  turli 

faoliyatlarni kirishishda qaysi motivga mo‗ljal qilishlariga qarab farq qiladilar. Masalan, 

faqat  muvaffaqiyat  motivi  bilan  ishlaydiganlar  oldindan  ishond  bilan  shunday  ish 

boshlaydilarki, nima qilib bo‗lsa  ham  yutuqqa  erishish ular  uchun  oliy  maqsad bo‗ladi. 

Ular  hali  ishni  boshlamay  turib,  yutuqni  kutadilar  va  shunday  ishni  amalga  oshirishsa, 

odamlar  ularning  barda  xarakatlarini  ma‘qullashlarini  biladilar.  Bu  yo‗lda  ular  nafaqat 

o‗z  kud va  imkoniyatlarini, balki barda  tashqi imkoniyatlar  -  tanish  -  bilishlar, mablag‗ 

kabi omillardan ham foydalanadilar. 




Boshqada xulq - atvorni muvaffiqiyatsizlikdan qodish motiviga tayangan shaxslarda 

kuzatish mumkin. Masalan, ular birindilardan farqli, ishni boshlashdan avval nima bo‗lsa 

ham  muvafiqiyatsizlikka  dudor  bo‗lmaslikni  o‗ylaydilar.  Shu  tufayli  ularda  ko‗proq 

ishondsizlik,  yutuqqa  erishishga  ishonmaslik,  pessimizmga  o‗xshash  xolat  kuzatiladi. 

Shuning uchun bo‗lsa kerak, oxir - oqibat ular baribir muvaffiqiyatsizlikka udrab, ―O‗zi 

sira omadim yurishmaydigan odamman-da‖ degan xulosaga keladilar. Agar birindi toifali 

shaxslar bir ishni muvaffiqiyatli tugatgach, ko‗tarinki ruh bilan ikkindi ishga kirishishsa, 

ikkindi  toifa  vakillari,  har  qanday  ishni  yakunlagandan  so‗ng,  uning  natijasidan  qat‘iy 

nazar, ruhan tushkunlikka tushadilar va og‗rinish hissi bilan boshqa ishga kirishadilar. Bu 

o‗rinda  talabdanlik  degan  sifatning  roli  katta.  Agar  muvaffiqiyatga  yo‗nalgan 

shaxslarning o‗zlariga nisbatan qo‗ygan talablari darajasi ham yuqori bo‗lsa, ikkindi toifa 

vakillarining talablari aksinda, past bo‗ladi. Bunday tashqari har birimizdagi o‗zimizdagi 

real  qobiliyatlar  to‗g‗risidagi  tasavvurlarimiz  ham  ushbu  motivlarning  faoliyatdagi 

o‗rniga  ta‘sir  ko‗rsatadi.  Masalan,  o‗zidagi  qobiliyatlarga  ishongan  shaxs  xattoki, 

mag‗lubiyatga  udrasa  ham,  undalik  qayg‗urmaydi,  keyingi  safar  hammasi  yaxshi 

bo‗lishiga ishonadi. Ishondsiz shaxs esa kidkina berilgan tanbeh yoki tanqidni ham juda 

katta ruhiy azob bilan qayg‗urib boshdan kediradi. Uning uchun ham shaxsning u yoki bu 

vaziyatlarda qayg‗urish sifati ham ma‘lum ma‘noda motivlar xarakterini belgilaydi. 

Shunday  qilib,  motivlar  tizimi  bevosita  shaxsning  mehnatga,  odamlarga  va  o‗z  - 

o‗ziga munosabatlaridan kelib diqadi va undagi xarakter xususiyatlarini ham belgilaydi. 

Ularning  har  birimizda  real  shart-sharoitlarda  namoyon  bo‗lishini  biror  mas‘uliyatli  ish 

oldidan  o‗zimizni tutishimiz va  muvaffaqiyatlarga  erishishimiz bilan baholasak  bo‗ladi. 

Masalan,  mas‘uliyatli  imtihon  topshirish  jarayonini  olaylik.  Ba‘zi  talabalar  imtihon 

oldidan juda qayg‗uradilar, xattoki, qo‗rqadilar ham. Ular uchun imtixon topshirish juda 

katta  tashvishday.  Boshqalar  esa  bu  jarayonni  bosiqlik  bilan  boshdan  kedirib,  ididan 

hayajonlanayotgan  bo‗lsalar  ham,  buni  boshqalarga  bildirmaydilar.  Yana  udindi  toifa 

kishilari umuman beg‗am bo‗lib, sira koyimaydilar. Tabiiy, shunga  muvofiq tarzda, har 

bir toifa vakillari ishining muvaffaqiyati va  faoliyatning samarasi turlida bo‗ladi. Bunga 

har  bir  shaxsdagi  da‘vogarlik  darajasi  ham  ta‘sir  qiladi.  Da‘vogarlik  darajasi  yuqoriroq 

bo‗lganlar bilgan - bilmaganini isbot qilishga urinsalar, ana shunday darajasi pastlar bor 

bilganini ham yaxshi aytib berolmay, yana o‗qituvchi bilan tortishmaydilar ham.   

Shuning  uchun  ham  har  birimiz  ijtimoiy  faoliyat  motivlaridan  tashqari,  shaxsiy 

xislatlarimizni ham bilishimiz va ongli tarzda xulqimizni boshqara olishimiz kerak.  


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin