O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/95
tarix02.01.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#43036
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   95
izhtimoij psixologiya

interiorizatsiya  deb  ataladi,  aksinda,  aqlda  shakllangan  g‗oyalarni  bevosita  tashqi 

harakatlarda yoki tashqi faoliyatga ko‗dirilishi eksteriorizatsiya deb yuritiladi. 

Faoliyat  turlari  yana  ongning  bevosita  ishtiroki  darajasiga  ko‗ra  ham  farqlanadi. 

Masalan, shunday bo‗lishi mumkinki, ayrim harakatlar boshida har  bir elementni jiddiy 

ravishda, alohida-alohida bajarishni va bunga butun diqqat va ongning yo‗nalishini talab 

qiladi. Lekin vaqt o‗tgach, bora-bora unda ongning ishtiroki kamayib, ko‗pgina qismlar 

avtomatlashib boradi. Bu oddiy tilga o‗girilganda, malaka hosil bo‗ldi deyiladi. Masalan, 

har  birimiz  shu  tarzda  xat  yozishga  o‗rganganmiz.  Agar  malakalarimiz  qat‘iy  tarzda 

bizdagi  bilimlarga  tayansa,  faoliyatning  maqsadi  va  talablariga  ko‗ra  harakatlarni 

muvaffaqiyatli bajarishni ta‘minlasa, biz buni  ko„nikmalar  deb ataymiz. Ko‗nikmalar - 

doimo bizdagi aniq bilimlarga tayanadi. Masalan, ko‗nikma va malakalar o‗zaro bog‗liq 

bo‗ladi, shuning uchun ham o‗quv faoliyati jarayonida shakllanadigan barda ko‗nikmalar 




va  malakalar  shaxsning  muvaffaqiyatli  o‗qishini  ta‘minlaydi.  Ikkalasi  ham  mashqlar  va 

qaytarishlar vositasida  mustahkamlanadi. Agar, faqat malakani oladigan bo‗lsak, uning 

shakllanish yo‗llari quyidagida bo‗lishi mumkin: 

 

oddiy namoyish etish yo‗li bilan; 



 

tushuntirish yo‗li bilan; 

 

ko‗rsatish bilan tushuntirishni uyg‗unlashtirish yo‗li bilan. 



hayotda  ko‗nikma  va  malakalarning  ahamiyati  katta.  Ular  bizning  jismoniy  va  aqliy 

urinishlarimizni  yengillashtiradi  va  o‗qishda,  mehnatda,  sport  sohasida  va  ijodiyotda 

muvaffaqiyatlarga erishishimizni ta‘minlaydi.  

 Faoliyatni klassifikatsiya qilish va turlarga bo‗lishning yana bir keng tarqalgan usuli - bu 

barda insonlarga xos bo‗lgan asosiy faollik turlari bo‗yida tabaqalashdir. Bu -  muloqot, 

o‗yin, o‗qish va mehnat faoliyatlaridir. 

 

Muloqot  -  shaxs  individual  rivojlanishi  jarayonida  namoyon  bo‗ladigan  birlamdi 

faoliyat  turlaridan  biri.  Bu  faoliyat  insondagi  kudli  ehtiyojlardan  biri  -  inson  bo‗lish, 

odamlarga  o‗xshab  gapirish,  ularni  tushunish,  sevish,  o‗zaro  munosabatlarni 

muvofiqlashtirishga qaratilgan ehtiyojlaridan kelib diqadi. Shaxs o‗z taraqqiyotini aynan 

shu  faoliyat  turini  egallashdan  boshlaydi  va  nutqi  orqali  (verbal)  va  nutqsiz  vositalar 

(noverbal) yordamida boshqa faoliyat turlarini mukammal egallashga zamin yaratadi. 

 

O„yin - shunday faoliyat turiki, u bevosita biror moddiy yoki ma‘naviy ne‘matlar 

yaratishni  nazarda  tutmaydi,  lekin  uning  jarayonida  jamiyatdagi  murakkab  va  xilma-xil 

faoliyat  normalari,  harakatlarning  simvolik  andozalari  bola  tomonidan  o‗zlashtiriladi. 

Bola  toki  o‗ynamagunda,  kattalar  xatti-harakatlarining  ma‘no  va  mohiyatini  anglab 

yetolmaydi. 

 

O„qish  faoliyati ham shaxs kamolotida katta rolü o‗ynaydi va ma‘no kasb etadi. 

Bu  shunday  faollikki,  uning  jarayonida  bilimlar,  malaka  va  turli  ko‗nikmalar 

o‗zlashtiriladi. 

 

Mehnat    qilish  ham  eng  tabiiy  ehtiyojlarga  asoslangan  faoliyat  bo‗lib,  uning 

maqsadi albatta biror moddiy  yoki ma‘naviy ne‘matlarni  yaratish, jamiyat taraqqiyotiga 

xissa qo‗shishdir. 

 

Har  qanday  kasbni  egallash,  nafaqat  egallash,  balki  uni  mahorat  bilan  amalga 



oshirishda faoliyatning barda qonuniyatlari va mexanizmlari amal qiladi. Oddiygina biror 

kasb  malakasini  egallash  uchun  ham  unga  aloqador  bo‗lgan  ma‘lumotlarni  eslab  qolish 

va  kerak  bo‗lganda  yana  esga  tushirish  orqali  uni  bajarish  bo‗lmay,  balki  ham  idki 

(psixik),  ham  tashqi  (predmetga  yo‗naltirilgan)  harakatlarni  ongli  tarzda  bajarish  bilan 

bog‗liq murakkab jarayonlar yotishini unutmaslik kerak. Lekin har bir shaxsni u yoki bu 

faoliyat  turi  bilan  shug‗ullanishiga  majbur  qilgan  psixologik  omillar  -  sabablar  muhim 

bo‗lib, bu faoliyat motivlaridir. 

 


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin