attratsiya, simpatiya.
Ijtimoiy psixologiyada shaxs taraqqiyotining yoshga bog‗liq xususiyatlari nazariy
Psixologiyaning maxsus tarmog‗i hisoblanmish yosh davrlari psixologiyasining
eng asosiy muammolaridan biri shuki, inson psixik taraqqiyotida qanday omillar -
genetik, tug‗ma yoki orttirilgan, ijtimoiy omillar roli yetakdi ekanligi masalasidir. Bir
tomondan, bolaning o‗z ota - onalaridan meros sifatida o‗zlashtirgan sifatlari, masalan,
anatomo - fiziologik xususiyatlar, miya faoliyatining o‗ziga xosligi, tana tuzilishi (qo‗l,
oyoq, yuz tuzilishi va boshq.) albatta psixologik jahatdan odam bolasining muhitga
moslashuvi, unga erkin harakat qilishi, jarayonlarni ongida aks ettirishiga sabab bo‗ladi.
×unki oddiygina anatomik anomaliya xolati (qo‗lning kaltaligi, bo‗yning juda kidikligi
kabi) psixikaga va shaxsning jamiyatda o‗zini tutishiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Lekin
ikkindi tomondan tashqi muhit ta‘sirini ham kamsitib bo‗lmaydi. Masalan, agar bola
maxsus o‗quv maskanlarida o‗qimasa, unga tarbiyaviy ta‘sirlar ko‗rsatilmasa, uning
rivojlanishi qanday bo‗lishini tasavvur qilish qiyin emas.
Dostları ilə paylaş: