ASOSIY QISM:
Shaxs taraqqiyotidagi ijtimoiy va genotipik omillar. Shaxs individual
taraqqiyotining muhim omillaridan yana biri uning yoshiga bog‗liq bo‗lgan
xususiyatlaridir. ×unki taraqqiyotning har bir yosh bosqichi o‗zining rivojlanish
omillariga, qonuniyatlariga, yangiliklari va o‗zgarishlariga ega bo‗lib, ular shaxsning
xarakteri, temperamenti, iqtidori, bilish jarayonlariga bevosita ta‘sirini o‗tkazadi.
Yosh taraqqiyoti davrlarining ham sifat , ham miqdor o‗zgarishlariga ega bo‗lgan
ko‗rsatgidlari borki, amaliy psixologiya har bir yosh xususiyatlarini ana shu ikkala
ko‗rsatgid nuqtai nazaridan o‗rganishi va shaxs xulqini boshqarish va ta‘sir ko‗rsatishda
ularga tayanmog‗i lozim. Umuman psixologiyada isbot qilingan faktlardan biri shuki,
turli davrlardagi inson taraqqiyoti o‗ta murakkab jarayon bo‗lib, har bir davrning o‗z
qonuniyatlari mavjud. Har bir bosqichda shaxsning biror bir xususiyatlari o‗zining
yetuklik fazasiga erishadi. Masalan, olamni sensor jihatdan bilishning yetuklik fazasi 18 -
25 yoshlarda (Lazarev ma‘lumotlariga ko‗ra), intellektual, ijodiy yetuklik - 35 yoshlarda
(Leman ma‘lumotlari), shaxsning yetukligi 50 - 60 yoshlarga kelib eng yuqori nuqtasiga
erishadi. Shunga o‗xshash xususiyatlar insonning butun umri mobaynida muttasil
kamolga yetib, rivojlanib borishini ta‘minlaydi. Shunisi xarakterliki, har bir yoshda biror
funksiyalarning rivojlanishi boshqa bir funksiyalarning susayishi hisobiga ro‗y beradi.
Masalan, bolalikning ilk bog‗da yoshida fazoga moslashuv juda kudaysa, keyindalik
uning o‗rnini vaqtni adekvat idrok qilish kudayadi. Qariyalarning biror narsalar xususida
bilimdonligi, ma‘lumotlar dunyosidagi yaxshi orientatsiyasi, psixomotorik funksiyalar va
bevosita bilish jarayonlarining susayishi hisobiga ro‗y beradi. Xuddi shunday bolaning 3-
5 yosh davri tilni, uning lug‗aviy va strukturaviy xususiyatlarini o‗zlashtirishga juda
maqbul bo‗lsa, yetuklik davri bo‗lmish 45-55 yoshlarga kelib ayni shu sifat deyarli o‗zini
yo‗qotadi (―til qotib qoladi‖).
Bu muammolar ustida bosh qotirgan olimlar (L. Vigotskiy,
J. Piaje, S. Rubinshteyn, A. Leontüev va ko‗plab boshqa psixologlar) ikkala omil
rolini ham inkor qilmagan xolda ijtimoiy muhitning yetakdi ta‘siri to‗g‗risidagi fikrni
baravar yoqlaganlar. ×unki to‗g‗ri tashkil etilgan ta‘lim-tarbiya, oila va undagi o‗zaro
munosabatlarning xarakteri, shaxs muloqotda bo‗ladigan ijtimoiy guruhlar, u tanlagan
kasb va kasbdoshlari muhiti, nikoh va ma‘lumot masalalarining qanday xal qilinganligi
kabi qator ijtimoiy omillar shaxsning rivojlanishi, uning o‗z - o‗zini anglashi va
o‗zgalarga munosabati, bilish jarayonlari hamda intellektual taraqqiyotida katta
ahamiyatga egaligiga shubha yo‗q. Respublikamiz Prezidenti I. Karimov boshdiligida
mutaqilligimizning dastlabki yillaridayoq boshlangan ―Sog‗lom avlod uchun‖ shiorini
amalga oshirish siyosati farzandlarimizning ham jismonan, ham ruhan, ham aqlan yetuk
bo‗lishlariga qaratilgan. Jismonan sog‗lom tanada sog‗lom ruh bo‗lishi tabiiy.
Dostları ilə paylaş: |