Do„stlik. O‗smirlik va o‗spirinlik yoshida paydo bo‗ladigan barda muammolarni
yedish va u bilan o‗rtoqlashish uchun bolaga do‗st kerak. Psixolog tili bilan aytganda,
do‗st - bu ―alter - Ego‖, ya‘ni ikkindi ―Men‖ bo‗lib, u o‗sha paytdagi ―Men‖ning bir
qismi sifatida idrok qilinadi. Bu shunday odamki, shaxs u bilan barda dardu - xasratlarini
muhokama qiladi, muammolarini uning oldiga to‗kib soladi. Do‗stlikning boshqa intim ,
emotsional xissiyotlardan farqi shuki, u odatda bir jins vakillari o‗rtasida bo‗ladi va
do‗stlar odatda 2 kishi, ayrim xollarda 3-4 kishi bo‗lishi mumkin.
Do‗stlikning ham ko‗zlagan maqsadlari bo‗ladi : u amaliy, ish - faoliyat bilan
bog‗liq, sof emotsional (ya‘ni, muloqot ehtiyojlarini qondirish), rasional (intellektual
muammolarni xal qilishga asoslangan), ahloqiy (o‗zaro insoniy sifatlarni
takomillashtirishga xizmat qiluvdi) bo‗lishi mumkin. Do‗stlikning asosiy sharti - o‗zaro
bir - birini tushunish. Shu shart bo‗lmasa, do‗stlik haqida gap bo‗lishi mumkin emas.
Agar ana shunday tushunish bo‗lsa, do‗stlar gap - so‗zsiz ham qiliqlar, yuz ifodasi, yurish
- turishga qarab ham bir - birlarini tushunib olaveradilar.
Ikki jins vakillari o‗rtasida ham do‗stlik bo‗lishi mumkin, faqat u ko‗pinda
tanishuv bilan sevgi - muhabbat o‗rtasidagi oraliqni to‗ldirishga xizmat qiladi.
Do‗stlarga xos bo‗lgan sifatlarga bir - birini ayash, g‗amhurlik qilish, ishond, shaxsiy
muammolarga befarq bo‗lmaslik, qo‗llab - quvvatlash, mehr kabilar kiradi. Ularning
ardoqlanishi do‗stlikning uzoq davom etishi va ikkala tomon manfaatiga mos ishlarni
amalga oshirishga undaydi. Do‗sti yo‗q o‗smir yoki o‗spirin o‗zini juda baxtsiz, nodor
hisoblaydi. Ayniqsa, agar do‗sti xoinlik qilsa, uning kutishlariga zid ish qilsa, bu xolat
juda qattiq ruhiy iztiroblarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham har bir yosh o‗z
do‗stini hafa qilib qo‗ymaslik, uning ko‗ngliga qarab ish qilishga xarakat qiladi. Agar ilk
o‗spirinlikda do‗stlik mazmunan anda yuzaki, bevosita muloqot maqsadlari asosida
tashkil etilgan bo‗lsa, yosh o‗tgan sari u hayot mazmuni va yuksak qadriyatiga aylanib
boradi.
Sevgi. Agar do‗stlik attraksiya namoyon bo‗lishining birindi ko‗rinishi bo‗lsa,
sevgi qalblar yaqinlashuvining muhim alomatidir. Sevgi - bu nafaqat hissiyot, balki
boshqalarni seva olish qobiliyati hamda sevimli bo‗la olishdir. Shuning uchun ham
o‗smirlar va o‗spirinlar uchun bu xissiyotning borligi juda katta ahamiyatga egachir.
Aynan o‗smirlir va ilk o‗spirinlikdagi sevgi beg‗ubor, tiniq, samimiy bo‗lib, yosh o‗tgan
sari uning mazmuni boyib, boshqa qadriyatlar ham o‗rin egallay boshlaydi. To‗g‗ri,
o‗smir bilan o‗spirin sevgisida ham sifat farqlari bor. Masalan, o‗smirlar bir - birlariga
mehr qo‗yishganda ko‗proq sheriklarning tashqi qiyofalari, intellektual imkoniyatlari va
ijtimoiy mavqalariga e‘tibor beradilar. haqiqiy sevgi o‗spirinlik yillaring oxirlarida paydo
bo‗lib, uning asosiy mezoni endi tashqi belgi va afzalliklar emas, balki insoniy fazilatlar
bo‗lib xizmat qiladi.
Sevgi - bu shunday tuyg‗uki, u bir shaxsning ikkindi shaxs ustidan mutloq
ustunligi yoki afzalligini inkor etadi. Bunday hissiyot esa sevgi bo‗lmaydi. Shuning
uchun ham o‗spirinlik yoshidagi yigit va qizlar guruhda muloqotda bo‗lishni va bunda
teng xuquqli munosabatlar bo‗lishini xoxlaydilar. Bu talab sevishganlar uchun ham
qonun hisoblanadi. Do‗stlikdan farqli, bu yerda turli ko‗rinishlar yoki turlarni ajratish
mumkin emas. Bu xissiyot shundayki, u tomonlarni faqat ahloqan va ma‘naviy jihatdan
yaqin bo‗lishini taqozo etadi. Sevgan yurak ma‘naviy jihatdan yaxshi, ulug‗ va ijtimoiy
jihatdan manfaatli ishlarni qilishga qodir bo‗ladi. To‗g‗ri, ko‗pdilik ota - onalar
o‗quvchilik yillarida paydo bo‗lgan sevgi xissidan biroz do‗diydilar, uni deklashga,
xattoki, qizlarga ta‘qiqlashni ham afzal ko‗radilar. Lekin aynan shu hisning borligi
yoshlarni ulug‗vorroq, samimiyroq, har narsaga qodir va kudliroq qiladi. Sevgida ―ishi
yurishmaganlarning‖ esa boshqa sohalarda ham ishi yurishmaydi. Ular o‗zlarini tushkun,
baxtsiz, omadsiz hisoblaydilar.
Olimlar sevgining yoshlarda namoyon bo‗lishi va uning psixologik tahlilini
o‗rganishgan. Ma‘lum bo‗lishida, sevgining dastlabki bosqichi - o‗zaro yoqtirib qolish -
Dostları ilə paylaş: |