O„spirinlik davri. Yuqori sinfga o‗tgan o‗spirin psixologiyasi-ning o‗ziga
xosligi shundaki, u hozirgi paytini, buguni va ertasini kelajak nuqtai nazaridan, istiqbolga
nazar bilan qabul qiladi. Aynan shu davrga kelib, o‗spirin turli kasblarga qiziqa
boshlaydi, o‗zining kelajakda kim bo‗lishini tasavvur qila boshlaydi. Demak, o‗z - o‗zini
professional nuqtai nazardan ajratish, tasavvur qilish - o‗spirinlikning eng muhim
yangiligidir. Professional taraqqiyotning asosiy bosqichlarini ajratar ekan, Ye.A. Klimov
(1996), alohida “optatsiya” (lotinda so‗z : optatio - xohish, tanlov) bosqichini ajratadi va
uning xarakterli tomoni - odam tomonidan professional taraqqiyotning bosqichi
tanlanishidir, deb e‘tirof etadi. Optatsiya bosqichi 11 - 12 yoshdan 14 - 18 yoshgacha
bo‗lgan taraqqiyot davrini o‗z idiga oladi.
Biror aniq kasb - xunarni tanlash va o‗z faoliyatini shunga yo‗naltirish o‗spirin
shaxsi uchun juda katta ahamiyatga ega. Ana shunday tanlovning adekvat va to‗g‗ri
bo‗lishi o‗spirindagi bilish bilan bog‗liq qiziqishlar va professional yo‗nalishning
shakllanganligiga bog‗liq bo‗ladi. Professional qiziqishlarning
shakllanishining o‗zi olimlar tomonidan to‗rt bosqichli jarayon sifatida qaraladi. Uning
Dostları ilə paylaş: |