ASOSIY QISM:
Insoniy munosabatlar psixologiyasi.
Insoniy munosabatlar shunday o‗zaro ta‘sir jarayonlariki, unda shaxslaro
munosabatlar shakllanadi va namoyon bo‗ladi. Bunday jarayon dastlab odamlar o‗rtasida
ro‗y beradigan fikrlar, xis - kedinmalar, tashvishu - quvondlar almashinuvini nazarda
tutadi. Odamlar muloqatda bo‗lishgani sari, ular o‗rtasidagi munosabatlar tajribasi ortgan
sari ular o‗rtasida umumiylik, o‗xshashlik va uyђunlik kabi sifatlar paydo bo‗ladiki, ular
bir - birlarini bir qarashda tushunadigan yoki ―yarimta jumladan‖ ham fikr ayon
bo‗ladigan bo‗lib qoladi, ayrim xollarda esa ana shunday muloqotning tig‗izligi teskari
reaksiyalarni - bir - biridan dardash, gapiradigan gapning qolmasligi kabi vaziyatni
keltirib chiqaradi. Masalan, oila muhiti va undagi munosabatlar ana shunday tig‗iz
munosabatlarga kiradi. Faqat bunday tiђizlik oilaning barda a‘zolari o‗rtasida emas,
uning ayrim a‘zolari o‗rtasida bo‗lishi mumkin (ona - bola, qaynona - kelin va x-zo).
O‗zaro munosabatlarga kirishayotgan tomonlar munosabatdan ko‗zlaydigan asosiy
maqsadlari - o‗zaro til topishish, bir - birini tushunishdir. Bu jarayonning murakkabligi,
kerak bo‗lsa, ―jozibasi‖, betakrorligi shundaki, o‗zaro bir xil til topishish yoki
tomonlarning aynan bir xil o‗ylashlari va gapirishlari mumkin emas. Agar ana shunday
vaziyatni tasavvur qiladigan bo‗lsak, bunday muloqot eng samarasiz, eng beta‘sir bo‗lgan
bo‗lar edi. Masalan, tasavvur qiling, uzoq vaqt ko‗rishmay qolgan do‗stingizni ko‗rib
qoldingiz . Siz undan xol - ahvol so‗radingiz, lekin u tashabbusni sizga berib, nimaiki
demang, sizni ma‘qullab, gapingizni qaytarib turibdi. Bunday muloqat juda bemaza
bo‗lgan va siz ikkindi marta o‗sha odam bilan iloji borida rasman salom - alikni bajo
keltirib o‗tib ketavergan bo‗lardingiz. Ya‘ni, muloqot faoliyati shunday shart - sharoitki,
unda har bir shaxsning individualligi, betakrorligi, bilimlar va tasavvurlarning xilma -
xilligi namoyon bo‗ladi va shunisi bilan u insoniyatni asrlar davomida o‗ziga jalb etadi.
Har qanday faoliyatdan zerikish, dardash mumkin, faqat odam muloqotdan,
ayniqsa, uning norasmiy samimiy, bevosita shaklidan dardamaydi, yaxshi suhbatdoshlar
doimo ma‘naviy jihatdan rag‗batlantiriladilar.
XX1 asr bo‗sag‗asida odamning eng tabiiy bo‗lgan muloqotga ehtiyoji, uning
sirlaridan xabardor bo‗lish va o‗zgalarga samarali ta‘sir eta olishga bo‗lgan intilishi
yanada oshdi va buning qator sabablari bor.
Birindidan, industrial jamiyatdan axborotlar jamiyatiga o‗tib bormoqdamiz.
Axborotlarning ko‗pligi aynan inson manfaatiga aloqador ma‘lumotlarni saralash, u bilan
to‗g‗ri munosabatda bo‗lishni taqozo etdi. Axborot XX1 asrda eng nodir kapitalga
aylanadi va bu o‗z navbatida insonlarga zarur axborotlar uzatilishi tezligi va tempini
o‗zgartiradi.
Ikkindidan, turli kasb - faoliyat sohasida ishlayotgan odamlar guruhining
ko‗payishi, ular o‗rtasida munosabatlar va aloqaninng dolzarbligi axborotlar tig‗iz
sharoitda oddiygina muloqotni emas, balki professional, bilimdonlik asosidagi muloqotni
talab qiladi. Umuman, XX1 asrning korporatsiyalar asri bo‗ladi, deb bashorat qilayotgan
iqtisoddilar ham bu korporatsiya insonlarning o‗zaro til topishlariga qaratilgan
malakalarning rivojlangan, mukammal bo‗lishi haqida gapirmoqdalar. Undan tashqari, bu
kabi korporativ aloqa ko‗p xollarda bevosita yuzma - yuz emas, balki zamonaviy texnik
vositalar - uyali aloqa, fakslar, elektron podta, Internet kabilar yordamida aniq va lo‗nda
fikrlarni uzatishni nazarda tutadi. Bu ham o‗ziga xos muloqot malakalarining ataylab
shakllantirilishini taqozo etadi.
Udindidan, oxirgi paytlarda shunday kasb - xunarlar soni ortdiki, ular sotsionomik
guruh kasblar deb atalib, ularda ―odam - odam‖ dialogi faoliyatning samarasini
belgilaydi. Masalan, pedagogik faoliyat, boshqaruv tizimi, turli xil xizmatlar (servis),
marketing va boshqalar shular jumlasidandir. Bunday sharoitlarda odamlarning ataylab
muloqot bilimdonligining oshirilishi mehnat mahsulini belgilaydi.
Shuning uchun ham muloqot, uning tabiati, texnikasi va strategiyasi, muloqotga
o‗rgatish (sotsial psixologik trening) masalalari bilan shug‗ullanuvdi fanlarning ham
jamiyatdagi o‗rni va salohiyati keskin oshdi.
Dostları ilə paylaş: |