Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o„rni. Aslida har bir
insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniy qiyofasi, fazilatlari, xattoki, nuqsonlari ham
muloqot jarayonlarining mahsulidir. Jamiyatdan ajralgan, muloqotda bo‗lish
imkoniyatidan mahrum bo‗lgan odam o‗zida individ sifatlarini saqlab qolishi mumkin,
lekin u shaxs bo‗lolmaydi. Shuning uchun muloqotning shaxs taraqqiyotidagi
ahamiyatini tasavvur qilish uchun uning funksiyalarini taxlil qilamiz.
Har qanday muloqotning eng elementar funksiyasi - suhbatdoshlarning o‗zaro bir
- birini tushunishlarini ta‘minlashdir. Bu o‗zbeklarda samimiy salom - alik, odiq yuz
bilan kutib olishdan boshlanadi. O‗zbek xalqining eng nodir va buyuk xislatlaridan biri
ham shuki, uyiga birov kirib kelsa, albatta odiq yuz bilan kutib oladi, ko‗rishadi,
so‗rashadi, xol - ahvol so‗raydi. Shunisi xarakterliki, ta‘ziyaga borgan dog‗da ham ana
shunday samimiyatli qabulni xis qilamiz. Bu kabi birlamdi kontakt usullari boshqa millat
va xalqlarda ham bor, ya‘ni bu jihat milliy o‗ziga xoslikka ega.
Uning ikkindi muhim funksiyasi ijtimoiy tajribaga asos solishdir. Odam bolasi
faqat odamlar davrasida ijtimoiylashadi, o‗ziga zarur insoniy xususiyatlarni
shakllantiradi. Odam bolasining yirtqid hayvonlar tomonidan o‗g‗rilanib ketilishi, so‗ng
ma‘lum muddatdan keyin yana odamlar orasida paydo bo‗lishi faktlari shuni
ko‗rsatganki, ―mauglilar‖ biologik mavjudot sifatida rivojlanaveradi, lekin
ijtimoiylashuvda ortda qolib ketadi. Bundan tashqari, bunday xolat boladagi bilish
qobiliyatlarini ham deklashi ko‗plab psixologik eksperimentlarda o‗z isbotini topdi.
Muloqotning yana bir muhim vazifasi - u odamni u yoki bu faoliyatga hozirlaydi,
ruhlantiradi. Odamlar guruhidan uzoqlashgan, ular nazaridan qolgan odamning qo‗li
ishga ham bormaydi, borsa ham jamiyatga emas, balki faqat o‗zigagina manfaat
keltiradigan ishlarni qilishi mumkin. Masalan, ko‗plab tadqiqotlarda izolyatsiya , ya‘ni
odamni yolqizlatib qo‗yishning uning ruhiyatiga ta‘siri o‗rganilgan. Masalan, uzoq vaqt
termokamerada bo‗lgan odamda idrok, tafakkur, xotira, xissiy xolatlarning buzilishi qayd
etilgan. Lekin ataylab emas, taqdir taqozosi bilan yolg‗izlikka mahkum etilgan
odamlarning maqsadli faoliyatlar bilan o‗zlarini band etishlari u qadar katta salbiy
o‗zgarishlarga olib kelmasligini ham olimlar o‗rganishgan. Lekin baribir har qanday
yolg‗izlik va muloqotning yetishmasligi odamda muvozanatsizlik, xissiyotga
beriluvdanlik, xadiksirash, havotirlanish, o‗ziga ishondsizlik, qayg‗u, tashvish xislarini
keltirib chiqaradi. Shunisi qiziqki, yolg‗izlikka mahkum bo‗lganlar ma‘lum vaqt o‗tgach
ovoz chiqarib, gapira boshlasharkan. Bu avval biror ko‗rgan yoki his qilayotgan narsasi
xususidagi gaplar bo‗lsa, keyindalik nimagachir qarab gapiraverish ehtiyoji paydo bo‗lar
ekan. Masalan, bir M.Sifr degan olim ilmiy maqsadlarini amalga oshirish uchun 63 kun
g‗or idida yashagan ekan. Uning keyindalik yozishida, bir neda kun o‗tgach, u turgan
yerda bir o‗rgimdakni ushlab oladi va u bilan dialog boshlanadi. ―Biz, deb yozadi u , shu
hayotsiz g‗or ididagi tanho tirik mavjudotlar edik. Men o‗rgimdak bilan gaplasha
boshladim, uning taqdiri uchun qayg‗ura boshladim...‖
Shaxsning muloqotga bo‗lgan ehtiyojining to‗la qondirilishi uning ish faoliyatiga
ham ta‘sir ko‗rsatadi. Odamlar, ularning borligi, shu muhitda o‗zaro gaplashish
imkoniyatining mavjudligi fakti ko‗pinda odamni ishlash qobiliyatini ham oshirarkan,
ayniqsa, gaplashib o‗tirib qilinadigan ishlar, birgalikda yonma - yon turib bajariladigan
operatsiyalarda odamlar o‗z oldida turgan hamkasbiga qarab ko‗proq, tezroq ishlashga
kud va qo‗shimda iroda topadi. To‗g‗ri, bu hamkorlikda o‗sha yonidagi odam unga
yoqsa, ular o‗rtasida o‗zaro simpatiya hissi bo‗lsa, unda odam ishga ―bayramga
kelganday‖ keladigan bo‗lib qoladi. Shuning uchun ham amerikalik sotsiolog hamda
psixolog Jon Moreno asrimiz boshidayoq ana shu omilning unumdorlikka bevosita
ta‘sirini o‗rganib, sotsiometrik texnologiyani, ya‘ni so‗rovnoma asosida bir - birini
yoqtirgan va bir - birini inkor qiluvdilarni aniqlagan va sotsiometriya metodikasiga asos
solgan edi.
Shunday
qilib,
muloqot
odamlarning
jamiyatda o‗zaro hamkorlikdagi
faoliyatlarining idki psixologik mexanizmini tashkil etadi. Qolaversa, hozirgi yangi
demokratik munosabatlar sharoitida turli ishlab chiqarish qarorlarini yakka tartibda emas,
balki kollegial - birgalikda chiqarish ehtiyoji paydo bo‗lganligini hisobga olsak,
odamlarning muomala madaniyati va muloqat texnikasi mehnat unumdorligi va
samaradorlikning muhim omillaridandir.
Dostları ilə paylaş: |