O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta-Maxsus Ta’lim Vazirligi


Modellashtirish. 2 o’lchovli va 3 o’lchovli (2D va 3D)



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix02.01.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#43797
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Maruza “Kompyuter grafikasining tasnifi”

Modellashtirish. 2 o’lchovli va 3 o’lchovli (2D va 3D). 

2  o’lchovli  va  3  o’lchovli  modellashtirish  dasturlari  dizaynerlik  va 

muxandislik ishlanmalari uchun qo’l keladi. Bulardan tashqari bu dasturlarni uch 

o’lchovli animasiya, poligrafik, taqdimot paketlari bilan to’ldirish mumkin. 

Modellashtirish  dasturlari  ichida  WINDOWS  muxitida  ishlatiluvchi  eng 

kuchli avtomatlashtirilgan loyixalash tizimi sifatida Autodesk firmasining AutoCad 

dasturini  olish  mumkin.  Odatda,  AutoCad  ni  avtomatlashtirilgan  loyixalash 

tizimi(SAPR)ning  grafik  yadrosi  sifatida  qabul  qiladilar.  Dastur  yordamida  turli 

chiziq,  yoy,  matnlar  xosil  qilish,  taxrirlash,  2D  va  3D  modellarni  yaratish, 

loyixalash  jarayonida  vujudga  keladigan  ko’pgipa  muammolarning  yechimini 

avtomatlashtirish,  xususiy  ssenariy  va  makrokomandalar  yaratib,  aniq(konkret) 

masala va ilovalarga tizimni sozlash, adaptasiya qilish mumkin. 

AutoCad  paketi  Auto  LISP  ichki  dasturlash  tiliga  ega  bo’lib,  uning 

yordamida foydalanuvchi yangi buyruqlarni xosil qilishi va xatto yuqori darajadagi 

dasturlash tillaridan foydalanishi mumkin. 

IBM  va  Macintosh  muxitlarida  uch  o’lchovli  modellashtirish  uchun 

ko’pincha  Alias/  Wavefront  firmasining  splaynli  modellashtirish  dasturi  Sketch! 

Ishlatiladi. 

Bu 


dastur 

yuqori 


sifatli 

vizuallashtirish 

imkonini 

beradi. 


RayDreamDesigner  dasturi  esa  maxsus  modellashtirish  vositalari  to’plamiga  ega 

bo’lib,  tasvirning  fotorealistik  sifatiga  erishish  imkonini  beradi.Macromedia 




 

firmasining  MacroModel  paketi  va  Auto.des.sys  firmasining  Form.Z  dasturi  uch 

o’lchovli ob’ektlarni modellashtirish va deformasiyalash vositalariga ega. 

IBM  ga  mos  kompyuterlarda  yana  CrystalGraphics  firmasining  Crystal  3D 

Designer  dasturidan  foydalanish  mumkin.  Bu  dastur  vizuallashtirish,  soyali 

effektlar  hosil  qilish,  yuzalarga  materiallarni  joylashtirish  (nalojeniematerialov  na 

poverxnosti)  vositalariga  ega  .  SiliconGraphicsning  ishchi  stansiyalarida 

ishlatiluvchi  eng  kuchli  modellashtirish  va  dizayn  dasturlari  qatoriga  Alias/ 

Wavefront  firmasining  Designer,  Studio  va  AutoStudio  dasturlarini  kiritish 

mumkin.  Bu  dasturlar  yordamida  bir  vaqtning  o’zida  2D  va  3D  modellar  bilan 

ishlash 

hamda 


mavjud 

avtomatlashtirilgan 

loyixalash 

tizimlari 

bilan 

mujassamlashish masalasining yechimini topish mumkin. 



Designer dasturi splaynlar asosida yuqori darajada modellashtirishni qo’llash 

bilan  birga  geometric  ob’ektlar  xususiyatlarini  baxolashning  yetarli  vositalariga, 

animasiyaning qulay uskunalariga hamda renderingning sifatli moduliga ega. 

Designer  imkoniyatlarini  to’ldirib,  kengaytirib  Studioga  aylantirish  mumkin. 

Studio  dasturi  modellashtirish  imkonining  yuqoriligi,  yo’zalar  va  egri  chiziqlar 

bilan  ishlash  tizimining  mukammalligi,  geometrikob’ekt,  rendering  va  rasm 

chizishni  baxolashning  qo’shimcha  imkoniyatlari  bilan  Designerdan  farq  qiladi. 

AutoStudio  esa  Studio  dasturiga  avtomobil  dizaynerlari  uchun  maxsus  ishlab 

chiqilgan,  modellar  va  animasiyanitaxrirlovchi  maxsus  vositalar  qo’shilishi 

natijasida  vujudga  kelgan.  Shuningdek,  bu  dasturlar  Silicon  Graphicsning  ko’p 

prosessorli  modellarida  ishlatilishi  uchun  qo’shimcha  vositalar  va  imkoniyatlar 

bilan 


to’ldirilishi, 

kengaytirilishi 

mumkin. 

SGI 


muxitida 

ishlovchi 

avtomatlashtirilgan  loyixalash  tizimlari  ichida  yana  Engineering  Animation 

firmasining Vislab dasturini aytib o’tish mumkin. Bu dastur dizayn va muxandislik 

masalalarining vizual yechimini yaratish(xosil qilish) imkonini beradi. 

 

Kompyuter grafikasida 2 va 3 o’lchovli grafikaning ahamiyati. 



 

2  o’lchovli  va  3  o’lchovli  modellashtirish  dasturlari  dizaynerlik  va 

muxandislik ishlanmalari uchun qo’l keladi. Bulardan tashqari bu dasturlarni uch 

o’lchovli animasiya, poligrafik, taqdimot paketlari bilan to’ldirish mumkin. 

2  o’lchovli  va  3  o’lchovli  grafikaning    turli  hil  kasblarda  ishlatiladi  va 

ulardan ko’plab kino yaratuvchilar keng foydalanishadi. 

 


Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin