Kompyuter grafikasi bilan ishlovchi dastur sinflari.
Hozirgi kunga kelib kompyuter grafikasi av animatsiyasi vositalari kirib
bormagan soxani topish qiyin.
Kompyuter grafikasi av animatsiyasi vositalarini qo’llash soxasiga ko’ra
quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
- poligrafiya ishlari uchun mo’ljallangan kompyuter grafikasi dasturlari;
- ikki o’lchamli rang tasvir kompyuter grafikasi;
- taqdimot ishlari uchun mo’ljallangandasturlar;
- ikki o’lchamli animatsiya dasturlari;
- ikki o’lchamli animatsiya dasturlari;
- uch o’lchamli animatsiya dasturlari;
- ikki o’lchamli va uch o’lchamli animatsiya dasturlari;
- videotasvirlarni qayta ishlovchi koplekslar;
- ilmiy vizuallashtirish ishlarini bajaruvchi dasturlar;
Kompyuter grafikasi va animatsiya dasturlari rassom va dizaynerlar, Poligrafchi
va kinimetografchilar, Kompyuter o’yinlari va o’qitish dasturlari yaratuvchilari,
klipmeyker va olimlar, shuningdek o’z faoliyatida turli formatdagi tasvirlardan
foydalanadigan barcha mutaxxasoslarda ham katta qiziqish uyg’otadi.
Poligrafiya ishlari va rasm chizish uchun mo’ljallangan kompyuter
grafikasi dasturlari matnni turli ko’rinishdagi illyustrasiyalar bilan to’ldirish,
saxifalar dizaynerini yaratish hamda yuqori sifatli poligrafiya maxsulotlarini chop
etish imkoniyatiga egadirlar. Bunday dasturlarga misol qilib tasvirlarni qayta
ishlash imkonini beruvchi Adobe Photoshop rastrli paketini keltirish mumkin .Bu
va shunga o’xshyahsh paketlar rastrli tasvirlarni tahririlash va montaj qilish uchun
zarur bo’lgan vositalardan : skanerlangan tasvirlar rangini korreksiyalash,
fotosuratlarni “tekislash” , maxsus effeklar va maskalardan foydalanishimkonini
beradi. Paketning so’nggi versiyalari tasvirlarining ko’p qatlamli tuzilmasini
qo’llash vektorlari konturlarni yaratish va tahrirlash imloniyatiga ham ega.Paket
tarkibiga turli maskalar, ko’p sonli filtrlardan tashqari rang bilan isjlash va
maxsusu effektlarni yaratishga mo’ljallanga vositalar majmui kiritilgan.
Rastrli paketlardan tashqari poligrafiya ishlari uchun mo’ljallangan vektorli
kompyuter grafikasi dasturlari ham mavjud.Bulardan Windows tizimi uchun
mo’ljallanganAdobr Illusrtarator va Corel Draw dasturlari haqida aytib o’tish
lozim. Illusrtarator Illusrtarasiyalar yaratish , sahifalarning umumiy dizaynini
ishlab chiqish hamda tayyor tasvirni yuqori sifatda chop etishga
mo’ljallangan.Paket ixtiyoriy o’lchamdagi simvolar va figuralar yaratib, so’ng
ularni masshtablsh, aylantirish (o’z o’qi atrifida) va deformasiyalash
imkoniyatridan tashqari matn va ko’p varaqli hujjatlarni qayta ishlash vositalariga
ega.
Corel Draw vektorli paketi rasm chizishdan tashqari turli grafikalrni
tayyorlash av rastrlitasvirlarni tahrirlash ishlarini bajara oladi.Bu dastur fayllarni
boshqarish, kompyuter displeyida slayd-filimlar namoyish etish “qo’lda” chizish
va tasvir qatlamlari bilan ishlash uch o’lchamli maxsus effektlarni qo’llash,
matnni qayta ishlash vositakari bilan ta’minlangan. Bulardan tashqari Windovs
muhitida ishlovchi Adobe PhotoStler, SGI, va Macintosh kompyuterlari uchun
mo’ljallangan Barco Creator, Live Picture, Scitex Blaze, Linotype Da Vinche,
Eclipse, Pixelfx dasturlari ham tarqalgan.
Barco Creator dasturi o’zining ishlash yezligi hamda keng funksional
imkoniyatlari bilan ajralib turadi.
Dostları ilə paylaş: |