Taqdimot ishlari dasturlari.
Makintosh av Windows muhitlarida ishlatiluvchi taqdimot dasturlari paketidan
anchadan buyon mavjud dasturlar guruhini ajratib ko’rsatish mumkin.Bu guruhga
Lotus firmasining Freelanse Graphics, Softvare Publishing firmasining harvard
Graphiks , Microsoft kompaniyasining Power Point dasturlari kiradi. Bu
dasturlarni ishlab chiqaruvxhilari har bir yangi versiyasi (rusumi)da ishlatiladigan
vositalarini ko’paytirib imkoniyatlarini kengaytiradilar.
Makintosh av Windovs muhitlaridagi yangi turdagi taqdimot dasturlar qatoriga
Makromedia firmasining Astoung dasturlar paketi (to’plami) kiradi.
Piwer Point dasturi MS OFFISE dasturlar to’plami tarkibiga kiradi.Undan
foydalanish oson, qulay. Dasturda o’rgatuvchi o’quv dasturlari, tayyor taqdimot
namunalari, matn bilan ishlash vositalari, boshlovchilar uchun foydali yordam
tizimi mavjud.Power Point dasturida yordamchi ichki multimedia vositalari
bo’lmasada, bu vositalarni OLE-2 (objekt Linking and Embedding) texnologiyasi
yordamida kengaytirish av to’ldirish mumkin.
Astound dasturi (paketi) yangi taqdimot dasturlari ichida eng
yaxshilaridandir.U ishlatilishi soddaligi bilan ajralib turadi. Tovushli kliplar,
harakatli tasvirlar va miltimedianing boshqa elementlaridan bir vaqtning o’zida
baravar (sinxron) ishlatishga imkon beradi.
Taqdimot dasturlari ichidan OS/2 va Macintosh muxitida ishlovchi
komponovka (ihchamlashtirish, birlashtirish) va dizayn vositalariga ega Adobe
Persuasion dasturini ,Windovs muhitida ishlovchi kuchli rasm chizish vositalari
qulay boshqaruviga ega Novell Presentations dasturini hamda slayd ko’rgazmalar
uchun Lifeboat Publishers firmasining Demo-it dasturini taqdimotlar
imkoniyatlarini kengaytirish uchun mp’ljallangan Macromedia firmasining
Director dasturlarini alohida e’tiborga olish kerak bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |