1. Kompyuter tarmog’i haqida tushuncha
Kompyuterlardan turli xil masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin.
Axborot almashinish uchun magnit va kompakt disklardan foydalanish yoki
boshqa kompyuterlar bilan umumiy tarmoqqa ulanish kerak bo‗ladi.
Kompyuterlarning o‗zaro axborot almashinish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar
majmuyiga
kompyuter tarmoqlari
deyiladi. Tarmoqning asosiy imkoniyatlari
tarmoqqa ulangan kompyuterlar va axborot ashyolariga bog‗liq bo‗ladi. Axborot
ashyolari deganda arxiv, kutubxona, fondlar, ma‘lumotlar ombori va boshqa
axborot tizimlaridagi hujjatlar yig‗indisi tushuniladi. Tarmoqdagi kompyuterlarda
saqlanayotgan axborot ashyolariga ushbu tarmoqqa ulangan boshqa kompyuterlar
yordamida kirish mumkin.
Kompyuterlar uchun tarmoqqa biriktirilgan holda foydalanish juda kup
afzalliklarga ega. Masalan, kompyuter tarmog‗iga ulangan bir printerni barcha
foydalanuvchilar birgalikda ishlatishi, biror tashkilot miqyosida hisobotni tez
tayyorlash uchun uni bo‗limlarga bo‗lib, xar bir bo‗lagini alohida tarmoq
kompyuterida tayyorlash mumkin. Fayllar, katologlar, printer, disklardan
birgalikda foydalanish mumkin. Bu esa o‗z navbatida tejamkorliklarga olib keladi.
Shuning uchun kompyuterlar tarmoqqa birlashtiriladi. Tarmoqlarning fizik
jihatdan biriktirilishi (simlar yoki boshqa yo‗llar bilan) tarmoq o‗zidan o‗zi
ishlayveradi, degan gap emas. Tarmoqdagi kompyuterlar tarmoq operasion
sistemasida ishlaydi. Hozirda ko‗p ishlatilayotgan Windows 95 tarkibida lokal
tarmoqda ishlash imkoniyatini beruvchi dasturlar mavjud.
Lokal kompyuter tarmog‗i tushunchasi nisbiydir. Bunday deyishimizga sabab,
kompyuterlar bir xona (sinf xonasi), bino, tashkilot yoki bir qancha filiallardan
iborat bo‗lgan tashkilot doirasida kompyuter tarmoqlari tashkil etish
mumkinligidadir. Shuning uchun xam 500 metrgacha bo‗lgan masofada
26
birlashtirilgan kompyuterlar ham lokal tarmoqqa birlashtirilishi mumkin. Lokal
tarmoq maxsus simlar bilan birlashtirilgan kompyuterlar, kommunikatsiya,
pereferiya (tashqi ulanadigan) qurilmalarning birgalikda foydalanish maqsadida
biriktirilishidir.
Dostları ilə paylaş: |