MAVZU. INTERNETDA MA‘LUM QIDIRUV SERVERLARI BILAN
ISHLASH.
Ishdan maqsad: Internet tarmog‘ida ishlash, serverlardan kerakli axborotlarni
topish, kompyuter xotirasiga olish va saqlashni o‘ rganish.
Vazifa. Internetga bog‘lanishni, serverlardan axborotlarni topishni,
malumotlarni topib kompyuter xotirasiga olishni o‘rganing.
Nazariy qism
Internetdagi ― Xalqaro axborot tarmog‘i ‖ ( WWW ) – biror bir tuzilishga
keltirilmagan matnli ( shu jumladan, grafikli, audio va vidio axborotlardan tashkil
topgan, millionlab xujjatlar kiradi. Kerakli axborotlarni topish uchun yuzlab Web
– saxifalarni ko‘rib chiqishga to‘gri keladi. Bunda qanchadan qancha kuch va
asablar sarflanadi.
Asrimizning 90 – yillaridan boshlab, Interenetning ma‘lumot beruvchi
xizmatlari rivojlana boshlandi. Bu xizmatlar foydalanuvchiga kerakli bo‘lgan
axborotni topishga yordam berardilar. Bu xizmatlarni ikkiga bo‘lish mumkin:
universal va ixtisoslashgan.
Universal xizmatlarda xujjatlarni qidirishninig odatdagi prinsipi qo‘llaniladi,
― Asosiy ‖ so‘zlar yordamida qidirish.
Xujjatlarni ― Asosiy ‖ so‘zi deb, berilgan xujjatlarning mazmunini aks ettiruvchi
so‘zga yoki so‘z birikmasiga aytiladi.
Masalan, dasturlash xarakteridagi adabiyotlarga xos ― Asosiy ‖ so‘zlar bu
―shartli o‘tish‖, ― Makro buyruq ‖, ― Uzilishlarni qayta ishlash ‖ va xokozo.
Universal qidiruv xizmati – bu quyidagi vazifalarni bajaruvchi, qudratli
dasturlar va dasturlar yigindisidan iborat:
1. Maxsus dastur mavjud bo‘lib, u WWWni tinimsiz ko‘rib chiqadi va ular
orasida so‘zlarni tanlab olib, indekslarning ma‘lumotlar bazasini tuzib chiqadi. Bu
bazaga xujjatlarning ― Asosiy ‖so‘zlari va adreslari kiritiladi. ( Eslatib o‘tishimiz
kerakki, indeks – bu ― Asosiy ‖ so‘zlar bo‘yicha tartibga solingan ko‘rsatkichlar
39
to‘plami ).Web – server foydalanuvchi tomonidan qidiruv uchun buyruq oladi, uni
qayta ishlaydi va maxsus dastur – qidiruv mashinasiga uzatadi.
2.Qidiruv mashinasi indekslarning ma‘lumotlar bazasini ko‘rib chiqadi va buyruq
shartlariga mos keluvchi saxifalar ro‘yxatini tuzadi va Web ser - verga qaytarib
beradi.
3.Web – server natijalarni foydalanuvchi uchun qulay bo‘lgan shaklga keltirib,
mijoz mashinaga uzatadi
.
7-rasm.Rossiya qiduruv sayti
Mashxur va qudratli qidiruv tizimlari orasida: Alta Vista ( WWW. Alta-
vista.com ), Infoseek ( WWW. inforseek.com ), Lycos (WWW.lycos.com) va
boshqalarni ko‘rishimiz mumkin.
Eslatma. Grafikli axborotni qidirish kompyuterli texnologiyalarning yechib
bo‘lmas masalalaridan biri.
Ixtisoslashtirilgan xizmatlar – bu u yoki bu mavzu bo‘yicha server adreslari
to‘grisidagi ma‘lumotlarni o‘zida mujassamlashtirilgan mavzuli kataloglar
hisoblanadi.
Universal bazalardan farqli ravishda mavzuli kataloglar mutaxasislar
tomonidan tuziladi va u foydalanuvchini ishonchli axborot bilan ta‘minlaydi.
Undan tashqari, internet saytlari shaxsiy qidiruv mexanizmiga ega. Birinchidan bu
kontekst qidiruv mexanizmi, hamda familiyalar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan
40
qidiruv. ( Shu jumladan: tovarlar bo‘yicha, firmalar bo‘yicha va xokazo ).
Internet butun dunyoni qamrab olgan global kompyuter tarmog‘idir. Bu
global tarmoqqa ulanishi uchun kompyuter, modem va aloqa tarmog‘i bo‘lishi
kerak.
Modem – bu kompyuterlarga halqaro tarmoqqa ulanish imkonini beruvchi
standart qurilmadir.
Modemning bir tomoni kompyuterga, ikkinchi tomoni aloqa tarmog‘iga
ulanadi. Internetga ulanishi uchun provayder bilan shartnoma tuzib, muloqat
o‘rnatiladi.
Kompyuterlar axborot almashinishi paytida ma‘lumotni shakllantirish va
uzatishda yagona kelishuvdan foydalanishi kerak. Bayonnoma bu abonentlar
o‘rtasida axborot almashinishi va Internet ma‘lumotlarini shakllantirish qonun
qoidalari va formatlari kelushuvlar to‘plamidir.
Bayonnomalarni 2 turga ajratish mumkin.
1.
Bazisli
bayonnomalar.
Bu
bayonnomalar
axborotlarni
fizik
uzatilishiga javob beradi. (TCP/IP)
2.
Amaliy bayonnomalar. Internetdan ixtisoslashgan xizmatlarining
ishlashini nazorat qiladi. M: NTRR (gipermatnli ma‘lumotlarini uzatish) FTP
(fayllarni uzatish) SMTP (elektron pochta).
WWW ma‘lumot saxifalari WWW- serverlarda saqlanadi. Bu serverlar
kompyuterlarga xizmat ko‘rsatadi. Mijozlar o‘z talablarini serverlarga jo‘natadi.
WWW asosida gipermatnli xabarlarni uzatuvchi baennoma NTTR yotadi, saxifalar
esa xujjatlarni tasvirlovchi maxsus gipermatnli til HTML yordamida shakllanadi.
WWW bilan ishlash uchun maxsus brouzerlar ishlab chiqilgan. M: Internet
Explorer, Netscape Navigator, Operalar.
8-rasm. Internet Explorer brauzeri
41
Bu brouzerlar yordamida tarmoqda axborotlarni qidirish navigasiya, WEB
saxifalarini xotiraga olish, pechat, elektron pochtaga xizmat ko‘rsatish, adreslar
bo‘yicha saxifalar ochish, o‘qish, saxifalarni qidirish kabi imkoniyatlarni beradi.
Agar siz qidiruv olib bormoqchi bo‘lsangiz ma‘lum qidiruv serverini adresini
kiritib (
www.google.uz
,
www.rambler.ru
,
www.altavista.ru
,
www.yandex.ru
),
qidiruv (Iskat) maydoniga asosiy so‘z matnini kiriting va Nayti buyrug‘ini
ko‘rsating.
9-rasm. Rambler qiduruv sayti
Qidiruvda quyidagi kelishuvlar ishlab chiqilgan.
1. Agar buyurtma so‘zi bitta bo‘lsa, u holda shu so‘z bor bo‘lgan saxifalar
tanlab olinadi. Agar so‘z bir nechta bo‘lsa, so‘zlar orasida probel ko‘rsatilib
yoziladi. M: Amaliy mexanika xaqida axborotlarni ko‘rmoqchisiz. U holda yo
«amaliy» yo «mexanika» yoki ikkala so‘z bor bo‘lgan saxifalar tanlab olinadi.
2. Agar buyurtma so‘zi bir necha so‘zdan tashkil topgan bo‘lsa, u xolda
so‘zlar qo‘shtirnoq ichida yoziladi. Bu so‘zlar bir butun so‘z sifatida qabul qilinib
va shu so‘z birikmasi mavjud bo‘lgan xujjatlar ro‘yxatini ko‘rsatadi. M: ― Amaliy
mexanika ‖.
3. ―+‖ belgisi. Agar so‘zlar orasiga + belgisi ko‘rsatilib, qidiruv berilsa, u
xolda shu so‘zlar mavjud bo‘lgan xujjatlar ro‘yxati ko‘rsatiladi. Bu so‘zlar
xujjatning turli burchaklarida joylashgan bo‘lishi mumkin. M: Amaliy + mexanika
Malumotlar qidirishning samaradorligi foydalanuvchi tajribasi va fikrlash
doirasiga xam bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: |