muayyan shakli bo‘lib, u o‘quvchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu)lar xususida
19
erkin, ochiq o‘ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit
yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g‘oyalar o‘rtasidagi aloqalar
o‘rtasida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. Ushbu
metod aniq bir ob‘ektga yo‘naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan
foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog‘liq ravishda
amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning o‘quvchilar tomonidan chuqur
hamda puxta o‘zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda
ta‘minlashga xizmat qiladi.
Stil va Stil g‘oyasiga muvofiq ishlab chiqilgan ―Klaster‖ metodi puxta
o‘ylangan strategiya bo‘lib, undan o‘quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh
asosida tashkil etiladigan mashg‘ulotlar jarayonida foydalanish mumkin. Metod
guruh asosida tashkil etilayotgan mashg‘ulotlarda o‘quvchilar tomonidan
bildirilayotgan g‘oyalarning majmui tarzida namoyon bo‘ladi. Bu esa ilgari
surilgan g‘oyalarni umumlashtirish va ular o‘rtasidagi aloqalarni topish
imkoniyatini yaratadi.
―Klaster‖ metodidan foydalanishda quyidagi shartlarga rioya qilish talab
etiladi:
nima o‘ylangan bo‘lsa, shu narsa qog‘ozga tushiriladi. Fikrlarning
sifati to‘g‘risida o‘ylab o‘tirmay, ularni shunchaki yozib qo‘yiladi;
yozuvning orfografiyasi yoki boshqa jihatlar e‘tiborga olinmaydi;
belgilangan vaqt nihoyasiga yetmaguncha, yozishdan to‘xtamaslik
lozim. Agar ma‘lum muddat biror bir g‘oya o‘ylab olinmasa, u holda qog‘ozga
biror narsaning rasmi chiziladi. Bu harakat g‘oya tug‘ilguniga qadar davom
ettiriladi.
Muayyan tushuncha doirasida imkon qadar ko‘proq yangi g‘oyalarni
ilgari surish hamda mazkur g‘oyalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik, bog‘liqlikni
ko‘rsatishga harakat qilinadi. G‘oyalar yig‘indisining sifati va ular o‘rtasidagi
aloqalarni ko‘rsatishni cheklamaslik darkor.
20
―Klaster‖ metodi o‘quvchilarning biron – bir mavzuni chuqur
o‘zlashtirishiga yordam beradi, mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin
va ochiq ravishda ketma – ketlik bilan uzviy bog‘langan xolda tamoqlarga
bo‘lishga o‘rgatadi.
Bu metod biron mavzuni chuqur o‘zlashtirishda avval o‘qituvchilarning
fikrlash faoliyatini jadallashtirish xamda kengaytirish uchun xizmat qilishi
mumkin. Shuningdek o‘tilgan mavzuni mustaxkamlash, yaxshi o‘zlashtirish
umumlashtirish xamda o‘quvchilarni shu mavzu bo‘yicha tasavvurlarini chizma
shaklda ifodalashga undaydi.[7]
«BLIS-O‘YIN»- informatika va axborot texnologityalari algortim asosida ishga
olib borganligi uchun bu metod ham yaxshi natija beradi. Chunki unda
ma‘lumotlarni tartiblash, ketma ketlikda joy-joyiga qo‘yish ishlari bajariladi
T sxema metodi. Bu metodda o‘quvchilar mantiqiy javob berishga qaratilgan
bo‘lib. O‘quvchilardan ha yoki yo‘q ustuniga kerakli belgini qo‘yish talab etiladi.
Bunda o‘quvchilar bilimini baholashda ham qo‘llash mumkin.
Dostları ilə paylaş: