O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi


  Kompyuter  tarmog’i  haqida tushuncha



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/49
tarix02.01.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#47145
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   49
544a35cac5f05

1.  Kompyuter  tarmog’i  haqida tushuncha 

Kompyuterlardan  turli  xil  masalalarni  hal    qilishda  foydalanish  mumkin. 

Axborot  almashinish  uchun  magnit  va  kompakt  disklardan  foydalanish  yoki 

boshqa    kompyuterlar  bilan  umumiy  tarmoqqa  ulanish  kerak  bo‗ladi. 

Kompyuterlarning  o‗zaro axborot almashinish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar 

majmuyiga 

kompyuter  tarmoqlari

  deyiladi.  Tarmoqning  asosiy  imkoniyatlari 

tarmoqqa  ulangan  kompyuterlar  va  axborot  ashyolariga  bog‗liq  bo‗ladi.  Axborot 

ashyolari  deganda  arxiv,  kutubxona,  fondlar,  ma‘lumotlar  ombori  va  boshqa 

axborot tizimlaridagi hujjatlar yig‗indisi tushuniladi. Tarmoqdagi kompyuterlarda 

saqlanayotgan axborot ashyolariga ushbu tarmoqqa ulangan  boshqa kompyuterlar 

yordamida kirish mumkin.  

Kompyuterlar  uchun  tarmoqqa  biriktirilgan  holda  foydalanish  juda  kup 

afzalliklarga  ega.  Masalan,  kompyuter  tarmog‗iga  ulangan  bir  printerni  barcha 

foydalanuvchilar  birgalikda  ishlatishi,  biror  tashkilot  miqyosida  hisobotni  tez 

tayyorlash  uchun  uni  bo‗limlarga  bo‗lib,  xar  bir  bo‗lagini  alohida  tarmoq 

kompyuterida  tayyorlash  mumkin.  Fayllar,  katologlar,  printer,  disklardan 

birgalikda foydalanish mumkin. Bu esa o‗z navbatida tejamkorliklarga olib keladi. 

Shuning  uchun  kompyuterlar  tarmoqqa    birlashtiriladi.  Tarmoqlarning  fizik 

jihatdan  biriktirilishi  (simlar  yoki  boshqa  yo‗llar  bilan)  tarmoq  o‗zidan  o‗zi 

ishlayveradi,  degan  gap  emas.  Tarmoqdagi  kompyuterlar  tarmoq  operasion 

sistemasida  ishlaydi.  Hozirda  ko‗p  ishlatilayotgan  Windows  95    tarkibida  lokal 

tarmoqda ishlash imkoniyatini beruvchi dasturlar mavjud.  

Lokal kompyuter tarmog‗i tushunchasi nisbiydir. Bunday deyishimizga sabab, 

kompyuterlar  bir  xona  (sinf  xonasi),  bino,  tashkilot  yoki  bir  qancha  filiallardan 

iborat  bo‗lgan  tashkilot  doirasida  kompyuter  tarmoqlari  tashkil  etish 

mumkinligidadir.  Shuning  uchun  xam    500  metrgacha  bo‗lgan  masofada 




26 

 

birlashtirilgan  kompyuterlar  ham  lokal  tarmoqqa  birlashtirilishi  mumkin.  Lokal 



tarmoq  maxsus  simlar  bilan  birlashtirilgan  kompyuterlar,  kommunikatsiya, 

pereferiya  (tashqi  ulanadigan)  qurilmalarning  birgalikda  foydalanish  maqsadida 

biriktirilishidir.  


Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin