35
aloqa, xamkorlik ishlaridagi qulaylik, hammaning ishlashi uchun imkon beruvchi
dastur hamda ma‘lumotlarning noyob bazasi o‘ziga tortmoqda.
Internet
ning erkin kiriladigan arxivida insoniyat faoliyatining barcha
jabhalarini qamrab oladigan axborotlarga, yangi ilmiy yangiliklardan tortib, to
ertangi kungi ob-havo ma‘lumotgacha bilib olish mumkin. Ayniqsa,
kommunikatsiyaga muxtoj shaxslar, tashkilotlar, muassasalar uchun ko‗pincha
telefon orqali to‘gridan to‘gri aloqaga nisbatan
Internet
infrastrukturasidan
foydalanish ancha arzon tushadi. Bu ayniqsa, chet ellarda filiallari mavjud bo‗lgan
firmalari mavjud bo‗lgan firmalar uchun juda qulaydir, chunki
Internet
ning
konfidetsial noyob aloqalari butun dunyo bo‗yicha imkoniyatga ega. [15]
Shu bilan birga yana bir narsani aytish lozimki, yaqindan boshlab bosma
nashrlarni kompyuter tarmog‗i kanali orqali tarqatish boshlandi. Tez-tez biz
yoqtirgan gazeta va jurnallarimizning oxirgi ma‘lumotlarini WWW so‗zlaridan
boshlangan manzilda ko‗rish va shu manzildan nusxasini ko‗rib olish mumkin
degan so‗zlar ko‗proq uchrab turibdi. Shu bilan birga elektron nashrlar
tushunchalarining qamrovi oyma-oy kengayib bormoqda. Yangi – yangi elektron
usulda chop etilgan jurnallar paydo bo‗lmoqda.
2.Internetning yaratilish tarixi.
Shu yerda internetning paydo bo‗lish tarixiga qisqacha to‗xtalib o‗tamiz.
1969 yilda AQSh mudofaa vazirligining istiqbolli tadqiqotlar agentligiga
mamlakatdagi barcha harbiy muassasalardagi kompyuterlarni birlashtiruvchi
yagona tarmoq yaratish topshirilgan edi. Bu tarmoq xarbiy mutaxasislarga axborot
almashishga yordam ko‗rsatishga mo‗ljallangan edi. Uni yaratishda
foydalanuvchilarning tizimga kirish imkoniyati, boshqa kompyuterlardagi
dasturlarni ishlatish(ulardan foydalanish), fayl va habarlarni elektron aloqa orqali
uzatish va boshqalar nazarda tutilgan. Eng asosiysi, tizimni ishlab chiqaruvchilar
oldiga ishonchli ayrim kompyuter yoki aloqa kanallari ishlab chiqganda xam o‘sish
36
qobiliyatini saqlab qoluvchi, «o‗ta chidamli» tarmoqni yaratish masalasi qo‗yilgan
edi.
3.Internetga bog‗lanish turlari.
Internet bilan ishlash uchun biz ishlayotgan kompyuter avvalom bor internet
tarmog‗iga ulangan bo‗lishi kerak. Ushbu bo‗limda internetga ulanish usullari
ko‗riladi.
Internetga telefon orqali ulanish. Internetga ulanish usullari ko‗p va ular
takomillashib turadi. Telefon orqali internet bilan ishlashni ikki yo‘li bor.
Kommutatsiya qilinuvchi kanalga terminal kirish va internet qaydnomasiga
kommutatsiya orqali kirish.
Terminal kirishda foydalanuvchi kompyuteri go‗yoki terminaldek
(ma‘lumotni komputerga kirituvchi qurilma) bo‗lib, uzoqdagi kompyuter (internet
orqali ulangan) bo‗lsa, sizning kompyuteringizday bo‗ladi. Internet qaydnomasiga
qo‗shimcha imkoniyatidan foydalaniladi. Internetga ulanishning ikala usuli
birgalikda ishlasa, u albatta yaxshi natija beradi.
Terminal kirishda foydalanuvchi o‗z kompyuteridagi modem va
kommunikatsiya dasturlari yordamida o‗z provayderiga uy telefonidan qo‗ngiroq
qilinadi va uzoqlashgan kompyuter modemi javobidan so‗ng u bilan ulanadi. Bu
holda foydalanuvchi kompyuteri endi uzoqlashgan kompyuterga ulangan
terminaldek ishlaydi va uzoqdagi komyuter bilan bog‗lanib, o‗z nomingiz (log
bilan) va parolingizni kiritasiz. Internetga kirgandan so‗ng undan dunyo bo‗ylab
sizni qiziqtirgan barcha masalalar bo‗yicha sayohat qilish imkoniyati paydo
bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: